Byudjet yili — qonuniy ravishda tasdiklangan davlat byudjeti rejasining bajarilishi belgilangan muayyan davr, muddat (toʻliq bir yilni oʻz ichiga oladi). Asosan Byudjet yili davlatlarda kalendar yili bilan boshlanadi va tugaydi. Ayrim mamlakatlarda esa boshqa muddatlar amal qiladi (masalan, Buyuk Britaniya, Yaponiyada Byudjet yili kalendar yilining 1-apreldan boshlanib kelgusi yilning 31-martigacha, Kanadada 1-iyuldan kelgusi yilning 30-iyunigacha, AQShda 1 oktabrdan kelgusi yilning 30-sentabrgacha, Turkiyada 1-martdan kelgusi yilning 28-fevralgacha davom etadi). Keyingi vaqtda koʻpchilik davlatlar hisobkitoblarni osonlashtirish maqsadida kalendar yili bilan boshlanadigan Byudjet yili ga oʻtmoqdalar, jumladan Oʻzbekistonda ham Byudjet yili kalendar yiliga muvofiq keladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil