Byulleten (frans. bulletin — kichik yorliq, eʼlon) — 1) rasmiy hujjat, qaror, koʻrsatmalar va sharhi toʻplami; 2) keng jamoatchilik uchun muhim boʻlgan voqea, hodisa haqidagi eʼlon (masalan, urush harakatlari, yirik davlat arbobining sihat salomatligi toʻgʻrisida va hokazo); 3) muayyan bir masalaga oid nashrlarning nomi (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi "Byulleten"lari va boshqalar); 4) maʼlum shakldagi saylov varaqasi, unda deputatlikka nomzodi qoʻyilgan shaxsning ismfamiliyasi, tugʻilgan yili va boshqa baʼzi asosiy maʼlumotlar koʻrsatiladi; 5) ishchi yoki xizmatchi mehnatga vaqtincha yaroqsiz boʻlganda tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan kasallik haqidagi hujjat.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil