Cecil Frank Powell (talaffuzi: Sesil Frank Pauell) (1903.5.12, Tonbrij, Kent — 1969.9.8, Milan) — ingliz fizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1949-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1925). 1928-yildan Bristol universitetida ishlagan (1948-yildan professor). Kosmik nurlarni tadqiq qilish maqsadida uchirilgan zond-sharlar boʻyicha tuzilgan Yevropa ekspeditsiyalari direktori (Italiya, 1952—61). Yevropa yadro tadqiqotlari markazit tuzish tashabbuskorlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, kosmik nurlar va elementar zarralar fizikasiga oid. Xodimlari bilan hamkorlikda kosmik nurlardagi k -mezonlarni kashf etgan (1947). P. — faol jamo-at arbobi. 1967—69 yillarda Paguosh qoʻmitasi raisi boʻlgan. Nobel mukofoti laureata (1950).[1][2][3]

Cecil Frank Powell

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil