Dimetilgidrazin
Dimetilgidrazin, C2H8N2 -oʻtkir hidli, rangsiz tiniq suyuklik. Mol. m. 60,10. Ikkita izomeri maʼlum: simmetrik D. — CH,NH—NHCH va asimmetrik D. (CH,)2N—NHr Amaliy ahamiyatlisi — asimmetrik D. suyuqlanish temperaturasi —57,2°, kaynash temperaturasi 63°, zichligi 791,1 kg/m3, gigroskopik, kuchli asos. Suv va organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Havoda sekin oksidlanadi, 270° da oʻz-oʻzidan alangalanadi; juda zaharli.
D. dimetilaminni kislotali muhitda ishqoriy metallar nitritlari bilan nitrolab, xreil boʻlgan dimetilnitrozoaminni palladiy yoki platina katalizatorligida vodorod bilan qaytarib yoki dimetilaminga ishqor ishtirokida monoxloramin taʼsir ettirib olinadi. Asimmetrik D. raketa yoqilgʻilari komponenta sifatida qoʻllanadi.
Simmetrik D.ning qaynash temperaturasi 81°, zichligi 827,4 kg/m3. Gidrazinni atsillab, hosil boʻlgan diatsil-gidrazidni dimetilsulfat bilan me-tillab olinadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |