C5+1 diplomatik sammiti boʻlib, 2015-yildan beri har yili Markaziy Osiyoning beshta davlati Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida AQSh Davlat kotibi bilan hamkorlikda oʻtkazilib kelinadi. Sammitda AQShning Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan munosabatlarini yaxshilash va mustahkamlashni, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlar bilan bogʻliq muammolariga yechim topishga, jumladan, Afgʻonistondagi urush, Suriyadagi fuqarolar urushi, terrorga qarshi kurash, giyohvand moddalar va odam savdosiga qarshi kurash, savdo munosabatlariga oid iqtisodiy masalalar, mintaqadagi ish oʻrinlarining oʻsishi va atrof-muhit muammolariga qarshi kurash kabi mintaqaviy muammolarni muhokama qilish maqsad qilingan.

C5+1
Official languages
Membership AQSH bayrogʻi AQSh
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
John Kerry (chap tomondan birinchida) 2015-yil 26-sentabr kuni Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 70-navbatiy sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan.

C5+1 AQSh — Rossiya munosabatlari 2014-yilda yomonlashgandan soʻng Markaziy Osiyo davlatlarida Rossiyaga qarshi taʼsir oʻtkazishga qaratilgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining urinishi sifatida qaraladi[1]. AQSh esa bu harakatlarni Rossiyaning Sovet Ittifoqini tiklashiga qarshi ambitsiya deb biladi[2].

Tarixi

tahrir

Olti davlat oʻrtasidagi birinchi uchrashuv 2015-yil 26-sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yetmishinchi sessiyasida boʻlib oʻtdi. Oʻsha paytdagi AQSh davlat kotibi John Kerry yangi koʻp tomonlama muloqot platformasini yaratish maqsadida besh davlat tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi.[3]. BMTdagi uchrashuvdan soʻng, oktyabrdan noyabrgacha Kerry besh davlatning har biriga tashrif buyurdi, bu AQSh davlat kotiblarining 1992-yildagi James Baker tashrifidan keyingi ilk tashrifi edi[4][5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „What Central Asia Means to the United States“. The Diplomat (2016-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  2. „Pluses and minuses of the C5+1 format“. Central Asia-Caucasus Analyst (2015-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  3. „New Format of Dialogue between the U.S. and Central Asian States: C5+1 Initiative“. Eurasian Research Institute. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  4. „John Kerry lobbying Central Asian republics“. DW (2015-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  5. „John Kerry Confronts Human Rights as He Zips Through Central Asia“. The New York Times (2015-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.