Piridin, C5H5N — rangsiz, oʻziga xos xidli organik suyuklik. Mol. m. 79,1, suyuqlanish temperaturasi —42,7°, kaynash temperaturasi 115,3°, zichligi 981,9 kg/m3 (20° da). Suv va koʻpchilik organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Kuchsiz asos, kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Toshkoʻmir smolasidan olinadi. Boʻyagichlar sintezida, dorivor moddalar va insektitsidlar olishda, erituvchi sifatida ishlatiladi. Hosilalari, mas, 2-metil 5-vin il piridin vinilpiridin kauchuklar tayyorlashda qoʻllanadi. P. zaharli.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil