Anilidlar, C6H5NHCOR — ani-lin va turli radikalli karbon kislotalarning hosilalari. Bu moddalar ani-linning amin guruhidagi bitta vodorod atomi kislota qoldigʻi (atsil guruhi) bilan almashinishi natijasida hosil boʻladi, mas:C6H5NHCOCH3 — atsetani-lid C6H5NHCOC6H5 — benzanilid C6H5NHCHO — formanilid A. suyul-tirilgan kislota yoki ishqor taʼsirida anilin va karbon kislotaga parchala-nadi. Koʻp A. tibbiyotda dori sifatida, qishloq xoʻjaligida esa begona oʻtlarga qarshi kurashda (karsil, solan va boshqalar) ishlatiladi. Ay-rim A. azoboʻyoqlarning komponenti si-fatida va kinofotomateriallar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil