Burak Özdemir — (1995-yil 24-martda tugʻilgan) — CZN Burak turk oshpazi[1][2][3]. "CZN" Burak Özdemirning taxallusi. Otasining Lalelidagi toʻqimachilik doʻkonining nomi Cinzano boʻlgan va bu soʻzning tez-tez notoʻgʻri talaffuz qilinishidan "CZN" kelib chiqqan[4] . Oilada 5 kishi boʻlgan. Otasi İsmail Özdemir, onasi Didem Bozbura, singillari Uğur va Aylin.

CZN Burak
Tavalludi
Burak Özdemir

24-mart, 1995-yil (27 yosh)
Yayladağı, Turkey
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Oshpaz
Veb-sayti cznburak.com

Ish faoliyati tahrir

Burak Özdemir 2010-yildan 2014-yilgacha Dogus Holding kompaniyasida menejer boʻlib ishlagan. Burak 2015-yil sentyabrdaTurkiyadagi Hilton Garden restoranida ovqatlar va ichimliklar menejeri sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u Hatay Medeniyetler Sofrasga egalik qiladi, bu besh boʻlimdan iborat boʻlgan restoranlar tarmogʻi: Taksim, Aksaray, Etiler va Dubay va Tojikistondagi xorijdagi filiallari[5][6].

Mashhurligi tahrir

Uning deyarli har doim kameraga tabassum qilgan holda koʻrishimiz mumkin. Turk taomlarini tayyorlashi va ularni mehmonlarga taqdim etishi Burak Özdemirni Instagram va TikTok kabi platformalarda Internet yulduziga aylantirdi[7][8]. Burakni instagram sahifasida 37.6 million kuzatuvchilari bor. Uni yana mashhur qilib turadigan narsalardan biri bu muhtojlarga yordam qoʻlini choʻzishi. Burak Özdemir daromadi $2-$3 million dollar atrofida.

Sogʻligi tahrir

2022-yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda „Burak uchun duo“ postlari tarqaldi, chunki Burak Özdemir miya shishi bilan kasallangani haqida mish-mishlar tarqaldi [9]. Buning sababi, Burak Özdemir Instagramda kasalxona karavotida tushgan suratini joylashtirdi, u operatsiya holatida tekshiruvga kirgani haqida edi. Unda oʻsimta borligi haqidagi mish-mishni Burak Özdemirga yaqin manbalar ham, oʻzi ham inkor etdi [10].

Manbalar tahrir

  1. „CZN Burak kimdir? CZN ne demek? CZN Burak Özdemir'in hayatı…“ (tr). www.sozcu.com.tr. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  2. Özdemir. „CZN Burak: Hamallıktan geldim şımarmaktan korkuyorum“ (tr). Milliyet. 2021-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  3. „CZN Burak Özdemir kimdir? CZN ne demek?“ (tr). www.hurriyet.com.tr. 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  4. „CZN Burak: Hamallıktan geldim şımarmaktan korkuyorum“ (tr). Milliyet. 2021-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  5. Czn Burak Tajikistan Opening on 27 January (inglizcha), qaraldi: 2022-02-02
  6. „Hatay Medeniyetler Sofrası“. www.hataymedeniyetlersofrasi.com.tr. 2020-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  7. Sah. „Sosyal medya paylaşımlarıyla çok konuşulan Hatay Medeniyetler Sofrası'nın sahibi Czn Burak yine çok konuşuldu.“. Onedio (2019-yil 17-iyul). 2020-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  8. PASIYA. „This Kurdish chef makes giant edible creations“. IOL (2019-yil 22-avgust). 2019-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  9. Turkish celebrity chef CZN Burak hospitalized MM News
  10. Famous Turkish Chef Burak Rumored to Have Brain Tumor by By Darlene Regis from Qatarday.com