C (dasturlash tili)

dasturlash tili

C (talaffuzi: si)[4] — kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili boʻlib, 1969—1973-yillarda Bell laboratoriyasi xodimi Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan[5]. Ushbu dasturlash tili B tilining takomillashgan koʻrinishi sifatida yaratilgan. Dastlab UNIX operatsion tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan, keyinchalik esa boshqa koʻplab platformalar bilan ishlashga ham moslashtirilgan. Dizayni hamda strukturasiga koʻra, ushbu til quyi darajadagi dasturlash tillariga yaqin. Baʼzi xususiyatlari bilan assembler tiliga ham oʻxshab ketadi. C dasturlash tili dasturiy taʼminot industriyasining rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazgan. Uning sintaksisi esa C++, C#, Java, Objective-C va boshqa koʻplab dasturlash tillari uchun asos boʻlib xizmat qildi.

C
Muallifi Dennis Ritchie
Tuzilgan yili 1972 (52 yil avval) (1972)[1]
Operatsion tizim Kross-platformali
Fayl kengaytmalari .c, .h
Vebsayt iso.org/standard/74528.html
open-std.org/jtc1/sc22/wg14/
Dialektlari
Cyclone, Unified Parallel C, Split-C, Cilk, C*
Bunga asos boʻlgan tillar
B (BCPL, CPL), ALGOL 68,[2] PL/I, FORTRAN
Buning asosida tuzilgan tillar
AMPL, AWK, csh, C++, C--, C#, Objective-C, D, Go, Java, JavaScript, JS++, Julia, Limbo, LPC, Perl, PHP, Pike, Processing, Python, Rust, Seed7, ValaVala, Verilog (HDL),[3] Nim, Zig

Kalit soʻzlari

tahrir

Kalit soʻzla — kompilyatsiya vaqtida u yoki bu vazifani bajarish yoki kompilyatorga koʻrsatmalar berishga xizmat qiladigan identifikator soʻzlar.

C dasturlash tilining kalit soʻzlari
Kalit soʻzlar Vazifasi Standart
sizeof Obyekt oʻlchami haqidagi maʼlumotni olish C89
typedef Oʻzgaruvchi turiga alternativ nom berish
auto, register Kompilyatorga oʻzgaruvchilarning xotirada joylashgan oʻrnini koʻrsatish
extern Kompilyatorga obyektni tashqi fayldan izlash kerakligini koʻrsatish
static Statik obyektni eʼlon qilish
void Qiymatga ega boʻlmagan kattalik; koʻrsatkichlarda ixtiyoriy maʼlumotlarni bildiradi
char, short,int, long Butun sonli oʻzgaruvchilar va ularning oʻlchamlari
signed, unsigned Butun sonli oʻzgaruvchilar modifikatorlari, ularning oldidagi ishorasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi
float, double Haqiqiy sonli oʻzgaruvchilar
const Oʻzgarmas miqdorlar, kompilyatsiya vaqtida ularning dastlabki berilgan qiymati oʻzgarmaydi
volatile Ushbu tipdagi oʻzgaruvchining qiymati kompilyatsiya vaqtida oʻzgarishi mumkin
enum Butun sonli oʻzgaruvchilar toʻplamidan olingan bitta qiymat
do, for, while Sikl operatorlari
if, else Shartli operator
switch, case, default Tanlash operatori
break, continue Siklni toʻxtatish operatorlari
goto Shartsiz oʻtish operatori
return Funksiyadan qiymat qaytarish
inline Funksiyani eʼlon qilish C99
restrict Xotira blokiga murojaat qilishni bildiraadi. Ushbu murojaat unikal xarakterga ega
_Bool Mantiqiy turdagi qiymatlar
_Complex Kompleks sonlar ustida hisoblashlar bajarish uchun foydalaniladi
_Atomic Tipni atomar koʻrinishga oʻtkazuvchi modifikator C11

Manbalar

tahrir
  1. Ritchie (1993): "Thompson had made a brief attempt to produce a system coded in an early version of C—before structures—in 1972, but gave up the effort."
  2. Ritchie (1993): "The scheme of type composition adopted by C owes considerable debt to Algol 68, although it did not, perhaps, emerge in a form that Algol's adherents would approve of."
  3. „Verilog HDL (and C)“. The Research School of Computer Science at the Australian National University (2010-yil 3-iyun). — „1980s: ; Verilog first introduced ; Verilog inspired by the C programming language“. 2013-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2013-yil.
  4. „The name is based on, and pronounced like the letter C in the English alphabet“ (inglizcha). the c programming language sound. English Chinese Dictionary. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  5. Prinz, Peter; Crawford, Tony. C in a Nutshell (inglizcha). O'Reilly Media, Inc., 16-dekabr 2005-yil — 3-bet. ISBN 9780596550714. 

Oʻqish uchun

tahrir