Calvin Stengs (1998-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, 1-Liganing „Nice“ klubi va Gollandiya terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Calvin Stengs
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Calvin Stengs
Tavallud sanasi 18-dekabr 1998-yil (1998-12-18) (25 yosh)
Tavallud joyi Nieuw-Vennep, Niderlandiya
Boʻyi 1.82 m[1]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nice
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SV DIOS
HFC Haarlem
2010—2016 AZ
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2019 Jong AZ 24 (6)
2017—2021 AZ 78 (15)
2021- Nice 24 (1)
Milliy terma jamoa
2019—2021 Niderlandiya U21 6 (3)
2019- Niderlandiya 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-may uchun)

AZ akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlgan Stengs 2017—2018-yilgi mavsumda asosiy jamoaga qoʻshildi. U 2021-yilda Fransiyaning „Nice“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Xalqaro miqyosda Stengs Niderlandiya vakili boʻlib, 2019-yil noyabr oyida kattalar jamoasida debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati tahrir

AZ tahrir

Shimoliy Gollandiyaning Nieu-Vennep shahrida tugʻilgan Stengs 12 yoshida AZning yoshlar akademiyasiga qoʻshiladi. U ilgari mahalliy SV DIOS va HFC Haarlem jamoalarida oʻynagan edi[2]. U 2016—2017-yilgi mavsumda uchinchi divizionda oʻynab, AZ zaxirasigacha koʻtarildi. Oʻsha mavsumda u 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi[3]. Uning zaxiradan maydonga tushib koʻrsatgan kuchli oʻyinlarini jamoa bosh murabbiyi Jon van den Brom payqab qoldi va 2017-yil 5-mart kuni Stengs Erediviziyada „Excelsior“ga qarshi oʻz uyida boʻlib oʻtgan oʻyinda AZ safida professional debyut qildi[4].

Stengs 2017—2018-yilgi mavsum oldidan AZ asosiy jamoasiga qoʻshildi va u klubdagi ilk oʻyinini 12-avgust kuni PSV Eyndxovenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[5]. Uchrashuvning 7-daqiqasida u tizzasini jarohat olib maydonni tark etdi va jarohati tufayli u uchun mavsum ertaroq oʻz yakuniga yetdi[6].

Stengs 2018-yil noyabr oyida jarohatidan 15 oy oʻtgach asosiy jamoa safiga qaytdi. 2019-yilning 16-yanvarida u „Utrext“ ga qarshi oʻyinda (3:0) „AZ“ safidagi birinchi golini kiritdi[7]. Stengs 2018—2019-yilgi mavsumni 21 oʻyindagi 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan yakunladi. 

2019-yilning 25-iyulida Shvetsiyaning BK Hacken klubiga qarshi oʻz uyida b`olib oʻtgan oʻyinda Stengs Yevropa ligasidagi debyutini qildi. U Yevropadagi ilk golini Shvetsiyadagi javob oʻyinida kiritdi va AZ 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqada oldinga chiqib oldi[8].

Nice tahrir

2021-yil 14-iyul kuni 1-Liganing „Nice“ klubi Stengs bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[9][10][11]. 2021-yil 28-avgustda u klubdagi debyutini ligada „Bordo“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U 36-daqiqada jarohat olgan Jastin Klyuyvertning oʻrniga maydonga tushdi[12]. 25-sentabr kuni u oʻzining birinchi golini „Sent-Etyen“ga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[13][14].

Xalqaro faoliyati tahrir

Gollandiyada tugʻilgan Stengs asli surinamlik[15]. Stengs Gollandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida 2019-yilning 24-mart kuni AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[16]. 2019-yil 19-noyabr kuni Stengs Gollandiya terma jamoasi safida Estoniyaga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinida debyut qildi va 5:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[17].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Jong AZ 2016-2017 Tweede Divisie 22 6 22 6
2017-2018 Eerste Divisie 0 0 0 0
2018-2019 Eerste Divisie 2 0 2 0
Jami 24 6 24 6
AZ 2016-2017 Eredivisie 1 0 1 0 0 0 4 2 6 2
2017-2018 Eredivisie 1 0 0 0 1 0
2018-2019 Eredivisie 21 3 4 2 0 0 25 5
2019-2020 Eredivisie 25 5 3 0 14 5 42 10
2020-2021 Eredivisie 30 7 1 0 8 0 39 7
Jami 78 15 9 2 22 5 4 2 113 24
Nice 2021-2022 Ligue 1 24 1 2 0 26 1
2022-2023 Ligue 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 24 1 2 0 0 0 0 0 26 1
Faoliyatidagi jami 126 22 11 2 22 5 4 2 163 31

Manbalar tahrir

  1. „Calvin Stengs“. OGC Nice. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
  2. „Voormaalig DIOS-speler Stengs debuteert in AZ 1“. 433magazine.nl. 433Magazine (5-mart 2017-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2019-yil.
  3. „C. Stengs - Profiel - Voetbal International“. vi.nl. Voetbal International. Qaraldi: 28-sentabr 2019-yil.
  4. „Spelerspagina AZ - Calvin Stengs“. az.nl. AZ. 28-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2019-yil.
  5. „PSV 3 - 2 AZ Alkmaar - Match Report & Highlights“. skysports.com. Sky Sports (12-avgust 2017-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2019-yil.
  6. Freezer, David. „No Dutch recall for Norwich City ace Tim Krul“ (inglizcha). Qaraldi: 14-noyabr 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
  7. „AZ Alkmaar 3 - 0 FC Utrecht - Match Report & Highlights“. skysports.com. Sky Sports (19-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2019-yil.
  8. „Nollat och utslaget efter nybörjarmissen“. aftonbladet.se. Aftonbladet (1-avgust 2019-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2019-yil.
  9. „Calvin Stengs signs for Nice“. ogcnice.com. OGC Nice (14-iyul 2021-yil). 19-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.
  10. „Official – Calvin Stengs joins OGC Nice“. www.getfootballnewsfrance.com (2021-yil 14-iyul). Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.
  11. „Στενγκς πενταετίας στη Νις!“ (grekcha). www.sport-fm.gr (2021-yil 15-iyul). Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.
  12. „Eerste goal Justin Kluivert voor OGC Nice, debuut Calvin Stengs“ (niderlandcha). Telegraaf (28-avgust 2021-yil). 28-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.
  13. „Stengs helpt Nice met eerste doelpunt in Frankrijk aan zege op Saint-Étienne“ (niderlandcha). NU (25-sentabr 2021-yil).
  14. „Stengs makes it 0-2 for Nice as Saint-Etienne defense keeps struggling“ (en-us). beIN SPORTS USA (25-sentabr 2021-yil).
  15. „Profvoetballers van Surinaamse afkomst“. Natio Suriname | Voetbal. 24-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.
  16. „Jong Oranje - Jong Verenigde Staten“. onsoranje.nl. OnsOranje (24-mart 2019-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2019-yil.
  17. „Nederland - Estland“. onsoranje.nl. OnsOranje (19-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2019-yil.