Kembrij universiteti
Kembrij universiteti (inglizcha: University of Cambridge; lotincha: Universitas Cantabrigiensis) — Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy universitetlardan biri boʻlib eng qadimgi universitetlar boʻyicha 3-oʻrinda turadi. Kembrij universiteti 13-asrning 1209-yilda ochilgan bo'lib hozirgacha J.K.Maksvell, P. Dirak, J. Tomson, E. Rezerford va boshqa atoqli buyuk olimlar ishlagan. Filologiya, musiqa, sharqshunoslik, iqtisod va siyosat, tarix, huquq, falsafa, injenerlik geoleogiyasi va geografiya, matematika, fizika, kimyo, arxeologiya, biologiya, tibbiyot, pedagogika, antropologiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Fitsuilyama muzeyi, klassik arxeologiya, arxeologiya va etnografiya, zoologiya, geologiya, fan tarixi muzeylari, rasadxona, botanika bogʻi, qishloq xoʻjaligi stansiyasi va boshqalar bor. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 milliondan ortiq asar saqlanadi.[1]Universitet ma'lumotlariga ko'ra, Kembrij bitiruvchilari va o'qituvchilari 121 ta Nobel mukofotini qo'lga kiritdilar, bu dunyodagi barcha universitetlar orasida eng koʻp.
![]() | |
Shiori | lotincha: Hinc lucem et pocula sacra |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1209-yil |
Talabalari | 24,450 (2020) |
Veb-sayti | www.cam.ac.uk |
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiomborda Kembrij universiteti haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- Kembrij universiteti talabalari birlashmasi
- Kembrij universiteti bitiruvchilari birlashmasi
Oliy oʻquv yurti haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |