Carlo Weis (1958-yil, 4-dekabrda tugʻilgan) — lyuksemburglik nafaqadagi futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Carlo Weis
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carlo Weis
Tavallud sanasi 4-dekabr 1958-yil (1958-12-04) (65 yosh)
Tavallud joyi Luxembourg City, Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1977-1979 Spora Luxembourg
1979-1982 F. C. Winterslag 87 (5)
1982-1983 Reims 12 (2)
1983-1988 Spora 26 (7)
1988-1989 Thionville
1989-1995 Avenir Beggen 138 (27)
1995-1997 Sporting Mertzig 36 (2)
1997-2000 Avenir 27 (1)
Milliy terma jamoa
1978-1998 Luxembourg 87 (1)
Boshqargan klublari
1995-1997 Sporting Mertzig
1997-2000 Avenir
2000-2004 F91 Dudelange
2004-2005 Swift Hesperange
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

U 1995-yilning noyabridan 2008-yilda Jeff Strasser oʻz hisobini ortda qoldirgunga qadar Lyuksemburgning barcha vaqtlardagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchisi edi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Markaziy himoyachi Weis faoliyatini Lyuksemburgning Spora jamoasida boshlagan, 20 yoshida Belgiyaning Winterslag jamoasiga oʻtgan. Winterslag safida u 1981-1982-yilgi UEFA kubogida 1/8 finalga chiqdi va oldingi turda Arsenal klubini jamoasi bilan magʻlub etdi. U Genk libosida 3 mavsum oʻynadi va keyin Stade Reimsga qoʻshilish uchun chegarani kesib oʻtdi. U Fransiyadagi bir mavsumdan soʻng Spora safiga qaytdi va ular safida yana 5 mavsum oʻynadi. Thionvilleda bir yil oʻtgach, u Avenir Beggenga oʻtdi, Avenir safida 8 mavsum oʻynadi, 2 mavsum Sporting Mertzig klubidagi faoliyatidan kegin futbolchilik faoliyatini yakunlab, Sporting Mertzig klubining bosh murabbiy lavozimini egalladi. Avenir bilan birga u 1990-yilda Lyuksemburgda yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga daʼvogarlik qilgan.

Weis 1999-2000-yilgi mavsum oxirida 41 yoshida futbolchi sifatida nafaqaga chiqdi.

Xalqaro faoliyati tahrir

Weis Lyuksemburg terma jamoasi safida 1978-yilning mart oyida Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. 20 yildan ortiq davom etgan terma jamoadagi faoliyati davomida u 87 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urib, rekord o‘rnatgan[1]. Jahon chempionati saralash bosqichida 30 ta o‘yinda maydonga tushgan[2].

U oʻzining soʻnggi xalqaro oʻyinini 1998-yil may oyida Kamerunga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Xalqaro statistika tahrir

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Lyuksemburgning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1991-yil, 12-oktyabr Stade Municipal, Lyuksemburg (shahar), Lyuksemburg   Portugaliya 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari tahrir

  • Lyuksemburg milliy divizioni: 1993, 1994
  • Lyuksemburg kubogi: 1992, 1993, 1994
  • Lyuksemburgda yilning eng yaxshi futbolchisi: 1990-yil

Manbalar tahrir