Carlos Mario Carbonero Mancilla (talaffuzi: Karlos Mario Karbonero Mansilla; 1990-yil 25-iyulda Kolumbiyaning Bogota shahrida tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Deportivo Cali“ jamoasida yarim himoyachi. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Carlos Carbonero
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carlos Mario Carbonero Mancilla
Tavallud sanasi 25-iyul 1990-yil (1990-07-25) (34 yosh)
Tavallud joyi Bogotá, Columbiya
Boʻyi 1.78
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ferro Carril Oeste
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Academia 23 (3)
2009—2011 Atlético Huila 41 (9)
2011 → Once Caldas (ijara) 18 (4)
2011—2015 Estudiantes 10 (0)
2012 → Arsenal de Sarandí (ijara) 15 (1)
2012—2013 → Arsenal de Sarandí (ijara) 36 (4)
2013—2014 → River Plate (ijara) 36 (8)
2014—2015 → Cesena (ijara) 22 (3)
2015—2017 Fénix 0 (0)
2015—2016 → Sampdoria (ijara) 14 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2014 Columbiya 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Carlos Carbonero oʻz faoliyatini Kolumbiyaning „Academia“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik futbolchi „Atlético Huila“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2010-yil 30-yanvarda „América“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlos Carbonero Kolumbiya A seriyasida debyut qildi[1]. 21-fevral kuni „Deportivo Pereira“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u dubl qayd etib, yangi jamoasi safidagi ilk gollarini kiritgan[2]. 2011-yil boshida Carlos Carbonero „Once Caldas“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va ushbu futbol klubda yozgacha oʻynagan. Oʻsha yili u Argentinaning „Estudiantes“ futbol klubiga oʻtgan. Shuningdek, 16-avgust kuni „San Lorenzo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlos Carbonero „Estudiantes“ futbol klubi tarkibida debyut qilgan[3]. Yuqori raqobat tufayli u asosan zaxiradan maydonga tushgan va 2012-yilda „Arsenal“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 14-fevral kuni „Colón“ futbol klubiga qarshi bahsda Carlos Carbonero yangi klub safida debyut qilgan[4]. 11-may kuni „San Martín“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda Carlos Carbonero „Arsenal“ safidagi ilk golini urgan[5].

Carlos Carbonero 2011-2012-yilgi mavsumda Klausura va keyingi yil Argentina Superkubogini qoʻlga kiritgan.

2013-yilning yozida Carlos Carbonero „River Plate“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 5-avgust kuni „Gimnasia La Plata“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan[6]. 24-sentyabr kuni „All Boys“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlos Carbonero oʻzining birinchi golini urgan[7]. „River Plate“ futbol klubi bilan Carlos Carbonero ikkinchi marta Argentina chempioniga aylangan.

Oʻsha yili u „Cesena“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 2014-yil 24-sentyabrda „Juventus“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Carlos Carbonero debyut qilgan[8]. 2015-yil 4-aprel kuni „Hellas Verona“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Carlos Carbonero „Chesena“ darvozasiga ilk golini urgan[9]. 2015-yilning yozida urugvayning „Fénix“ futbol klubi Carlos Carboneroni sotib olgan[10]. 28-sentyabr kuni „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[11].

2017-yil boshida Carlos Carbonero „Cortuluá“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. 7-may kuni „Atlético Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qilgan[12]. 2018-yilning yozida Carlos Carbonero „Deportivo Cali“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 7-oktyabr kuni „Patriotas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan[13].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2011-yil 26-martda Ekvador terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Carlos Carbonero Kolumbiya terma jamoasi safida debyut qilgan[14].

2014-yilda Carlos Carbonero Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga qoʻshilgan edi. Turnirda u guruh bosqichida Yaponiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[15].

Statistikasi

tahrir
Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Academia  Kolumbiya 2008—2009 50 13 8 2 - - 58 15
Jami 50 13 8 2 - - 58 15
Atlético Huila  Kolumbiya 2010 41 9 7 3 4 1 52 13
Jami 41 9 7 3 4 1 52 13
Once Caldas  Kolumbiya 2011 18 4 2 0 9 0 29 4
Jami 18 4 2 0 9 0 29 4
Estudiantes (L. P.)  Argentina 2011 10 0 0 0 2 0 12 0
Jami 10 0 0 0 2 0 12 0
Arsenal  Argentina 2012 15 1 0 0 5 1 20 2
2012—2013 36 4 4 1 6 0 46 5
Jami 51 5 4 1 11 1 66 7
River Plate  Argentina 2013—20-14 29 8 1 0 6 0 36 8
Jami 29 8 1 0 6 0 36 8
Cesena  Italiya 2014—2015 22 3 0 0 - - 22 3
Jami 22 3 0 0 - - 22 3
Sampdoria  Italiya 2015—2016 14 0 1 0 0 0 15 0
Jami 14 0 1 0 0 0 15 0
Cortuluá  Kolumbiya 2017 4 0 2 0 0 0 6 0
Jami 4 0 2 0 0 0 6 0
Deportivo Cali  Kolumbiya 2018 6 0 0 0 0 0 6 0
2019 8 0 0 0 0 0 8 0
Jami 14 0 0 0 0 0 14 0
Ferro Carril Oeste  Argentina 2019—2020 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Llaneros  Kolumbiya 2020 6 0 0 0 0 0 6 0
Jami 6 0 0 0 0 0 6 0
Delfines del Este  Dominikan Respublikasi 2021 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy faoliyatida 259 42 30 6 26 2 315 48

Manbalar

tahrir
  1. „Америка Кали VS. Атлетико Уила 2:2“ (ru). soccerway.com (2010-yil 30-yanvar).
  2. „Депортиво Перейра VS. Атлетико Уила 1:3“ (ru). soccerway.com (2010-yil 21-fevral).
  3. „Эстудиантес VS. Сан-Лоренсо 0:2“ (ru). soccerway.com (2010-yil 21-fevral).
  4. „Колон VS. Арсенал Саранди 0:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 14-fevral).
  5. „Сан-Мартин VS. Арсенал Саранди 1:4“ (ru). soccerway.com (2012-yil 11-may).
  6. „Химнасия Ла-Плата VS. Ривер Плейт 1:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 5-avgust).
  7. „Ривер Плейт VS. Олл Бойз 1:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 24-sentyabr).
  8. „Ювентус VS. Чезена 3:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 24-sentyabr).
  9. „Эллас Верона VS. Чезена 3:3“ (ru). soccerway.com (2015-yil 4-aprel).
  10. „«Сампдория» арендовала полузащитника «Феникса» Карбонеро“ (ru). sports.ru (2015-yil 28-avgust).
  11. „Аталанта VS. Сампдория 2:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 28-sentyabr).
  12. „Кортулуа VS. Атлетико Насьональ 0:1“ (ru). soccerway.com (2017-yil 7-may).
  13. „Депортиво Кали VS. Патриотас 0:1“ (ru). soccerway.com (2018-yil 7-oktyabr).
  14. „Эквадор VS. Колумбия 0:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 26-mart).
  15. „Япония VS. Колумбия 1:4“ (ru). soccerway.com (2014-yil 24-iyun).