Cassandra De Pecol
Cassandra De Pecol (1989-yil 23-iyunda tugʻilgan) — amerikalik yozuvchi, sayohatchi, faol jamoatchi va notiq[1][2]. 2017-yilda u Guinness rekordlar kitobini ikki toifa bo‘yicha o‘rnatdi: „Barcha suveren mamlakatlarga eng qisqa vaqtda tashrif buyurish“ va „Barcha suveren mamlakatlargaeng qisqa vaqtda tashrif buyurish — ayollar orasida“[3]. Oʻshandan beri ikkala rekord ham yangilandi[4]. U, shuningdek, Naked and Afraid (Kiyimsiz va Qoʻrqqan) hayotiy serialida rol oʻynagan.
Cassandra De Pecol | |
---|---|
Tavalludi |
23-iyun 1989-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Muallif, faol jamoatchi, sayohatchi, notiq, ijtimoiy tarmoqdagi inflyuenser |
Faoliyat yillari | 2014-yildan hozirga qadar |
Veb-sayti | cassiedepecol.com |
Dunyo boʻylab sayohatlari
tahrir2015-yil 24-iyuldan 2017-yil 2-fevralgacha De Pecol dunyodagi har bir suveren davlatga sayohat qildi[5]. 2017-yilda De Pecol ikki marta Guinness rekordlar kitobiga kirdi: „Barcha suveren mamlakatlarga eng qisqa vaqtda tashrif buyurish“ va „Barcha suveren mamlakatlarga eng qisqa vaqtda tashrif buyurish — ayollar orasida“[6][7][8]. Oʻshandan beri ikkala rekord ham Taylor Demonbreun tomonidan yangilangan[4][9][10].
Sayohat paytida u 40 mamlakatdagi 16 000 dan ortiq universitet talabalari bilan suhbatlashdi va Turizm orqali tinchlik xalqaro institutida „tinchlik elchisi“ sifatida ishladi[11]. U uglerod oʻrnini qoplash uchun koʻp daraxtlar ekganiga qaramay, koʻp sonli reyslarni amalga oshirgani va har bir mamlakatda ozgina vaqt oʻtkazgani uchun tanqid qilingan[11]. Butun dunyo boʻylab sayohat taxminan 111 000 AQSh dollarini tashkil etdi va De Pecol ekspeditsiya davomida qoʻlga kiritgan homiylari tomonidan moliyaviy taʼminlangan[12][13]. De Pecol hujjatli film yaratish uchun oʻz sayohatlarini suratga olgan[14].
Daʼvo
tahrirTravellers United (Birlashgan Sayohatchilar) DePecolni sudga berdi. Ular DePecol haqida reklama bilan bogʻliq „adolatsiz va yolgʻon“ daʼvolarni bildirganini aytishgan[15][16]. Vashington Post muxbiri Taylor Lorenzning yozishicha, Travellers United "daʼvo sohada muhim voqea boʻlib, sayohat mazmunini yaratuvchilari daʼvolariga koʻproq javobgarlikni keltirib chiqarishiga umid qilayotganini taʼkidlagan edi. „Umid qilamizki, boshqa notijorat tashkilotlar ham shunga oʻxshash daʼvolarni qoʻzgʻatish uchun shijoatliroq boʻladilar“, dedi Travellers United maslahatchisi Lauren Wolfe[17]. Travellers Unitedtashkiloti De Pekol oʻzini „har bir mamlakatga sayohat qilgan birinchi ayol“ ekani hamda Virgin Galactic tomonidan ilk homiylik qilgan kosmonavt boʻlishi haqidagi gaplarining yolgʻon ekanini aytdi. Virgin Galactic ularning De Pecol bilan hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidladi[18][19].
Turli qiyofada
tahrir2013-yil 8-dekabrda DePecol Naked and Afraid (Kiyimsiz va Qoʻrqqan) ning „Qoʻshaloq xavf“ deya maxsus nomlangan koʻrsatuvida ishtirok etgan[20][21]. U birinchi mavsumda 21 kunlik tanlovni yakunlagan barcha ishtirokchilar ichidan eng past ballni olgan[21].
Yana qarang
tahrirDorothy Pine, ehtimol dunyodagi har bir mamlakatga sayohat qilgan amerikalik birinchi ayol boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Peace through sustainable tourism is possible: World Traveler Cassandra De Pecol, tells the Oslo Times“. The Oslo Times (2015-yil 12-noyabr). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-mart.
- ↑ „This woman visited every country on Earth“ (en). CNN Travel (2017-yil 10-fevral). Qaraldi: 2017-yil 20-noyabr.
- ↑ „Monday Motivation: Around the world in 558 days“ (en-GB). Guinness World Records (2017-yil 31-mart). Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „From Iran to Iceland: One woman's adventure to visit every country in the world in 18 months“ (en-GB). Guinness World Records (2019-yil 10-iyun). Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
- ↑ Lippe-McGraw. „How this woman funded her record-breaking trip to every country in the world“. Today (2017-yil 20-fevral). 2017-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-mart.
- ↑ Stephenson, Kristen. „Monday Motivation: Around the world in 558 days“ (en-GB). Guinness World Records (2017-yil 31-mart). Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ „Fastest time to visit all sovereign countries (overall)“. Guinness World Records.
- ↑ „Fastest time to visit all sovereign countries (female)“. Guinness World Records.
- ↑ Gore. „24-year-old Alabama woman now holds 4 Guinness World Records“ (en). al (2019-yil 14-iyun). Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
- ↑ Writer. „Tuscaloosa native sets Guinness records for world travels“ (en). Tuscaloosa News. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
- ↑ 11,0 11,1 Del Valle. „This woman visited every country on Earth in record time“. CNN (2017-yil 10-fevral). Qaraldi: 2017-yil 11-mart.
- ↑ Schwarz. „Cassie De Pecol traveled to every country in the world, but we have some questions“. News.com.au (2016-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ Quezada, Veronica (April 13, 2017). "This 27-Year-Old Is the Fastest Woman to Visit Every Country in the World. Here's How She Paid for It". Money.com. Archived from the original on May 10, 2021. https://web.archive.org/web/20210510190723/https://money.com/cassie-de-pecol-guinness-world-records-travel-paid/. Qaraldi: 2017-11-20.Cassandra De Pecol]]
- ↑ Rachel Hosie. „Woman breaks world record for visiting every country in the world in fastest time“. The Independent (2017-yil 13-fevral). Qaraldi: 2017-yil 11-mart.
- ↑ „Travel influencer sued over claim she is ‘first woman to visit every country’“. The Independent (2022-yil 14-aprel).
- ↑ „De Pecol Case Documents“ (en-US). Travelers United. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ Lorenz, Taylor. „Does traveling to every country count if you don’t post on the Internet?“. The Washington Post (2022-yil 13-aprel), s. 1. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ „Travel Influencer Sued for Telling "Increasingly Bold Lies" to Build Her Brand | Frommer’s“ (en). www.frommers.com. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ GlobalGaz. „Cassie De Pecol Lawsuit“ (en-US). GlobalGaz (2022-yil 20-aprel). Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ „Cassie DePecol“ (en-US). Discovery (2013-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.
- ↑ 21,0 21,1 Vorel, Jim. „Naked, afraid and hostile: The Discovery Channel's human drama“ (en). Herald-Review.com. Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.