Cata Coll

ispaniyalik darvozabon

Catalina Tomàs „Cata“ Coll Lluch (talaffuzi: Katalina Tomas Kata Kol Lyuch; 2001-yil 23-aprelda tugʻilgan) – Ispaniya ayollar Premyer-ligasida FC Barcelona klubi va Ispaniya terma jamoasi tarkibida darvozabon sifatida oʻynovchi professional futbolchi. 2018-yil yozida 17 yoshli Cata Coll 2018-yilgi ayollar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati U-17da Ispaniya U-17 ayollar jamoasi safidagi sardorlardan biri sifatida qatnashgan hamda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shu yilning oʻzida u FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati U-20 musobaqasida Ispaniyaning Fransiya termasiga qarshi asosiy tarkibida maydonga tushgan[4].

Cata Coll
Cata Coll Barcelona tarkibida (2024-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Catalina Tomàs Coll Lluch[1]
Tavallud sanasi 23-aprel 2001-yil[2]
Tavallud joyi PòrtolIspaniya[3]
Boʻyi 1.70 mm[1]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona
Raqami 13
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2016 Athletic Marratxí
2016–2019 Collerense
2019– Barcelona 23
2019–2020 Sevilla (ijara asosida) 16
Milliy terma jamoa
2016–2018 Ispaniya U-17 18
2018 Ispaniya U-20 6
2019 Ispaniya U-19 9
2023 Ispaniya 2
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti

tahrir

Catalina Tomàs Coll Lluch 2001-yil 23-aprelda Mallorkadagi Mattarxí provinsiyasida joylashgan Pòrtol qishlogʻida tugʻilgan[1]. Uning ismi Mallorka cherkov rohibasi Catherine of Palma sharafiga qoʻyilgan[5].

Klubdagi faoliyati

tahrir

Cata Coll oʻz futbolchilik faoliyatini 6 yoshida Sant Marça jamoasida boshlagan. Darvozabonlikni 11 yoshidan boshlagan va ungacha markaziy himoyachi ampluasida oʻynagan. 14 yoshga toʻlgunga qadar oʻgil bolalar jamoasida oʻynagan. Collerence klubiga oʻtishidan oldin Cata Coll Athletic Marratxí ayollar jamoasi sharafini himoya qilgan[6]. Ushbu ayollar jamoasida oʻtkazgan oxirgi mavsumida yangi tashkil etilgan Iberdrola Challenge ligasining eng yaxshi oʻyinchisi mukofotiga asosiy nomzod boʻlgan[7]. Oʻz jamoasida mashhurlikka erishgan Cata Collga Primera División klublari qiziqish bildirgan va u Barcelona futbol klubining taklifini qabul qilgan. 2019-yil iyul oyida Cata Coll Barcelona ayollar jamoasi bilan 2023-yilgacha davom etadigan shartnoma imzolaydi va unga koʻra ilk mavsumida Primera Divisiónning Sevilla FC klubi tarkibida ijara asosida oʻynaydi[8][9]. Cata Coll mavsumni Sara Serrat va Noelia Ramos bilan birgalikda boshlaydi, biroq oʻyindan oʻyinga Cata Coll murabbiyning asosiy darvozaboniga aylanadi. Birinchi diviziondagi oʻzining ilk mavsumida Cata Coll 16 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2020-yil iyul oyida Barcelona rahbariyati Cata Collni 1 yillik ijaradan qaytganini rasman eʼlon qildi. 2020-yilning oktyabr oyida futbolchi jarohati sababli bir necha haftaga safdan chiqqan Sandra Paños oʻrniga darvozada turadi. Cata Coll Sandra Pañosni oʻzining bolalikdagi kumiri deb aytgan[10]. U Atlético Madrid klubiga qarshi liga oʻyinida raqiblar penaltisini qaytargan va hisob 0:0 tarzida yakunlangan[11]. Cata oʻzining Chempionlar ligasidagi ilk oʻyinini 4:1 hisobida magʻlub etilgan PSV ayollar jamoasiga qarshi oʻtkazgan[12][13]. 2020-yilning dekabr oyida Cata Coll Sevilla klubiga qarshi oʻyinda jarohat olib maydondan chiqib ketadi. Klub shifokorlarining xabar berishicha, u oʻng oyogʻidagi xochsimon tomirlaridagi jarohat sababli maydondan olingan[14][15]. Mart oyi oxirlariga kelib Cata Coll tibbiy muolaja olgan.

 
Coll mart oyida Barcelona tarkibida (2024)

2023-yil fevral oyida Cata Coll Barcelona bilan 2026-yilning iyunigacha yangi shartnoma imzoladi[16]. 2023–2024-yilgi mavsum davomida u koʻplab oʻyinlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda oʻz formasini qayta tiklab olgan. Ushbu mavsumda Cata Coll oʻz darvozasidan umumiy 6 ta: 3 ta Chempionlar ligasi hamda 3 ta Liga Fda toʻp oʻtkazib yuborgan[17].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2016-yil yanvar oyida 15 yoshli Cata Coll Chexiya Respublikasida oʻtkazilayotgan U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun taklif qilindi. Ispaniya termasi Germaniya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[18]. 2018-yil may oyida Litvada oʻtkazilgan U-17 Yevropa chempionatiga u yana taklif etilgan. Bu paytga kelib Cata Coll jamoaning sardoriga aylangan va finalda Germaniya termasi magʻlub etilib Ispaniya chempionlikni qoʻlga kiritgan[19].

Shu yilning oxirida, Ispaniya yoshlar jamoasi Jahon chempionati U-17da ishtirok etish uchun Urugvayga bordi. Jamoa finalda Meksika termasini magʻlub etgan holda tarixda birinchi marta jahon chempioni boʻldi. Cata Coll ushbu turnirda yarim finaldagi Koreya jamoasiga qarshi penaltilar seriyasidagi ikkita penaltini qaytarganligi bilan jamoa qahramonlaridan biri boʻlgan[20][21][11]. Turnir oxirida u turnir davomida eng yaxshi darvozabonga beriladigan Oltin qoʻlqop mukofoti bilan taqdirlangan.

2020-yilning yanvar oyida Cata Coll Irlandiyada oʻtkazilishi kerak boʻlgan U-19 Yevropa chempionatida qatnashish uchun taklif oladi[22]. Biroq, UEFA COVID-19 sababli turnir bekor qilinganligini eʼlon qiladi.

2018-yil avgust oyida Cata Coll Fransiyadagi U-20 Jahon chempionatida jamoaning asosiy darvozaboni sifatida oʻynagan[23]. U yarim finaldagi Fransiyaga qarshi oʻyinda penaltini qaytarib, jamoasini finalga olib chiqadi[24]. Biroq finalda Yaponiya termasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻlishadi hamda ikkinchi oʻrinni egallashadi.

2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Cata Coll Ispaniya terma jamoasining asosiy oʻyinchilari qatorida eʼtirof etiladi. Bir necha oʻyinlardan keyin Cata oʻzining milliy terma jamoadagi ilk oʻyinida maydonga tushadi va turnirning nimchorak final oʻyinida Shveysariya ayollar terma jamoasi 5:1 hisobida magʻlub etiladi. U Angliya ayollar terma jamoasiga qarshi kechgan final oʻyinida ham asosiy tarkibda maydonga tushadi va oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi hamda yakunda Ispaniya terma jamoasi 1:0 hisobida gʻoliblikka erishadi va Jahon chempioni unvoniga sazovor boʻladi[25].

Faoliyat statistikasi

tahrir

Klublar

tahrir
Klub, mavsum va musobaqalar doirasidagi oʻyinlarda ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Kubok[lower-alpha 1] Boshqa[lower-alpha 2] Yevropa[lower-alpha 3] Umumiy
Divizion Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar
Barcelona Primera División / Liga F 2019–2020 0 0 1 0 1 0
2020–2021 7 0 3 0 0 0 1 0 11 0
2021–2022 8 0 0 0 0 0 1 0 9 0
2022–2023 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
2023–2024 5 0 0 0 0 0 1 0 6 0
Umumiy 23 0 4 0 0 0 3 0 30 0
Sevilla (ijara) Primera División 2019–2020 16 0 2 0 0 0 0 0 18 0
Faoliyatidagi umumiy 39 0 6 0 0 0 3 0 48 0

Xalqaro

tahrir
Milliy terma jamoada yil hisobida ishtiroki va gollari
Milliy terma jamoa Yil Isht Gollar
Ispaniya
2023 8 0
Umumiy 8 0

Yutuqlari

tahrir

FC Barcelona

Ispaniya

Ispaniya U-20

Ispaniya U-17

Shaxsiy

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „FIFA Women's World Cup Australia & New Zealand 2023 Squad Lists“. FIFA (2023-yil 20-avgust).
  2. Cata Coll Soccerway saytida. Qaralgan sana: 31 October 2021.
  3. „Cata Coll“. BDFutbol. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
  4. „Cata Coll“. FC Barcelona. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
  5. Hidalgo, Daniel „La mallorquina Cata Coll, nominada al premio The Best a la mejor portera de la FIFA“ (es). Diario de Mallorca (2023-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-may.[sayt ishlamaydi]
  6. „Cata Coll“. Txapeldunak. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
  7. „El Collerense logra el ascenso a Primera B“ (es). Ultima Hora (2019-yil 14-aprel). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  8. „Cata Coll: "El Barça es un club con futuro y yo vengo para el futuro"“ (es). Mundo Deportivo (2019-yil 9-iyul). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  9. „Cata Coll“. FC Barcelona. Qaraldi: 2019-yil 9-iyul.
  10. Ràdio, Catalunya „Tot gira - Cata Coll: "Vinc per aprendre de la Sandra Paños"“ (ca). CCMA (2020-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  11. 11,0 11,1 „Cata Coll, la parapenaltis del Barça femenino“ (es). Mundo Deportivo (2020-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  12. „Cata Coll: "En el Barça, juegue quien juegue, lo hace bien"“ (es). La Vanguardia (2020-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  13. „Cata Coll debutó en Champions y lo celebró con un triunfo“ (es). es.besoccer.com. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  14. VAVEL.com „Cata Coll, con una lesión en el menisco“ (es). VAVEL (2022-yil 8-iyun). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  15. RD „La mallorquina Cata Coll sufre una lesión en el menisco de la rodilla derecha“ (es). Diario de Mallorca (2020-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  16. „Cata renueva hasta 2026“ (es). F.C. Barcelona (2023-yil 21-fevral). Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
  17. Tikas, Maria „El 1x1 de una temporada perfecta“ (es). Diario Sport (2024-yil 30-may). Qaraldi: 2024-yil 7-iyul.[sayt ishlamaydi]
  18. „Cata Coll subcampeona de Europa - Femenino, Selecciones“ (es). FutbolBalear.es (2016-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  19. „Cata Coll, campeona de Europa sub-17 - Federación, Femenino, Selecciones“ (es). FutbolBalear.es (2018-yil 23-may). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  20. „Cata Coll, la atrapasueños de 'La Rojita'“ (es). Marca.com (2018-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  21. „Cata Coll: "Somos la generación de oro y volveremos a hacer historia"“ (es). La Vanguardia (2018-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  22. „Cata Coll, convocada con la Sub-19“ (es). Estadio Deportivo (2020-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  23. Tronchoni, Nadia. „Cata Coll, puro instinto“ (es). El País (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  24. „Catalina Coll, una heroína bajo palos con tan sólo 17 años“ (es). Diario AS (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  25. „Spain 1-0 England - FIFA Women's World Cup 2023 Live“ (en). Who Scored (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
  26. Wrack, Suzanne. „Rolfö caps Barcelona comeback against Wolfsburg to win thrilling WCL final“. The Guardian (2023-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  27. „Barcelona retains Women's Champions League title, completing historic quadruple“. CNN (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 25-may.
  28. „Women's Nations League final: World Cup winners Spain beat France 2–0 in Seville“. BBC Sport (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.