Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi (ispancha: Selección Española de Fútbol Femenina) 1980-yildan beri ayollar futboli doirasidagi xalqaro musobaqalarida Ispaniya sharafini himoya qiladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Ispaniya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2018-yil

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikki marta FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga va uch marta UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma olgan. 1997-yilda UEFA ayollar chempionatida yarim finalga chiqqan.

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yil boshida FIFA xalqaro reytingida kuchli 10 talikka kirdi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari UEFAning 2020-yilgi eng yaxshi darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi va umumiy eng yaxshi oʻyinchi mukofotlarini qoʻlga kiritishdi (birinchi marta bitta davlat futbolchilari barcha toifalarda gʻolib boʻlishdi).

Tarixi

tahrir

Taxminan 1970-yilda Ispaniyada ayollar futbol klublari paydo boʻla boshlaganidan soʻng, ayollar futboli tashabbuskorlaridan biri Rafael Muga milliy terma jamoa tuzishga qaror qildi. Bu norasmiy loyiha edi, chunki Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan ayollar sportini nazoratga oladigan Milliy Harakat Ayollar Seksiyasi qaroriga koʻra futbol ayollar uchun yaroqsiz sport turi hisoblangan. 1971-yil yanvar oyida RFEF prezidenti Jose Luis Perez Payadan ushbu tashabbus haqida soʻralganda: „Men ayollar futboliga qarshi emasman, lekin bu menga ham yoqmaydi. Menimcha, bu estetik nuqtai nazardan ayollarga mos emas. Ayollarga koʻylak va shim kiyish maʼqul kelmaydi. Bundan boshqa har qanday mintaqaviy kiyim ularga yaxshiroq mos keladi“, - deb javob berdi[1]. Ispaniya demokratik tuzimga oʻtgandan soʻng, 1980-yil noyabr oyida RFEF nihoyat ayollar futbolini qabul qilib, avvaliga milliy kubokni, keyin esa milliy terma jamoani shakllantirdi. 1983-yil 5-fevralda Pontevedraning A Guarda shahrida murabbiy Teodoro Nieto boshchiligida Ispaniya ayollar milliy terma jamoasi ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi. Raqib jamoa Portugaliyaiya ayollar terma jamoasi boʻlib, jamoa Ispaniya terma jamoasini 0:1 hisobida magʻlub etdi. Keyinchalik jamoa Fransiya va Shveysariya ayollar jamoalariga qarshi 2 oʻyindan iborat oʻrtoqlik oʻyinida Aranjuez va Barselona shaharlarining stadionlarida ikkala raqib bilan ham durang oʻynadi[2].

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1985-yil 27-aprelda 1987-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichidagi ilk rasmiy oʻyinini Vengriyaga qarshi oʻtkazib, 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Saralashning dastlabki toʻrtta oʻyinda magʻlub boʻlganidan soʻng Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shveysariya jamoasini magʻlub etdi, Italiya bilan durang oʻynadi va saralash oʻyinlarini uchinchi oʻrin bilan yakunladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1989 va 1991-yilgi saralash oʻyinlarini ham oʻz guruhining eng quyi pogʻonasida yakunlandi[3].

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilda 16 yillik tanaffusdan soʻng Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Jamoa saralash pley-offida Shotlandiya ayollar terma jamoasini magʻlub etib, UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasiga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Ikki yil oʻtib, Ispaniya saralash bosqichidagi oʻnta oʻyinning toʻqqiztasida gʻalaba qozonib, tarixda birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun falokat bilan yakunlandi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhdagi eng kuchsiz jamoa Kosta-Rika bilan faqat 1:1 hisobida durang oʻynab, Braziliya ayollar terma jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Janubiy Koreya bilan soʻnggi oʻyinda ular dastlabki ustunlikdan keyin 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi va Yevropaning turnirdagi eng yomon jamoasiga aylanishdi. Jahon chempionatidan soʻng, jahon chempionatiga roʻyxatga kiritilgan 23 nafar futbolchi Ignasio Keeredani bosh murabbiylikdan olish haqida jamoaviy bayonot berishdi[4]. Oʻsha yil yozi oxirida Keereda isteʼfoga chiqdi va uning oʻrniga 19 yoshgacha boʻlgan Ispaniya terma jamoani boshqargan va 2014-yil FIFA Jahonning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan Jorxe Vilda Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi boʻldi[5][6].

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashdagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, 11 ochko bilan 2-oʻrinni egallab, UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda milliy terma jamoa birinchi marta Algarve kubogida ishtirok etib, turnirda gʻolib boʻldi[7].

Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasiXitoy, Janubiy Afrika Respublikasi va Germaniya ayollar terma jamoalari bilan B guruhidan joy oldi. Ular guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, oʻz tarixlarida birinchi marta jahon chempionatining pley-off bosqichiga yoʻl oldilar[8]. Biroq, Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1/8 finalda ushbu musobaqaning boʻlajak chempioni boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi tomonidan magʻlub etildi[9].

Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijasi

tahrir

FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati

tahrir
FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
  1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 1991-yil UEFA ayollar chempionati
  1995-yil UEFA ayollar Yevro-1995
  1999-yil 6 0 2 4 5 10
  2003-yil 6 2 0 4 8 11
  2007-yil 8 4 2 2 19 14
  2011-yil 8 6 1 1 37 4
  2015-yil Guruh bosqichi 20 3 0 1 2 2 4 10 9 1 0 42 2
  2019 16-tur 12 4 1 1 2 4 4 8 8 0 0 25 2
  2023-yil Yoʻllanma oldi 8 8 0 0 53 0
Jami 3/9 7 1 2 4 6 8 55 38 6 11 189 43

UEFA ayollar chempionati

tahrir
UEFA ayollar chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1984 Ishtirok etmadi Ishtiroki bekor qilingan
  1987 Yoʻllanma ololmagan 6 1 1 4 7 9
  1989 8 2 2 4 4 8
  1991 6 0 2 4 3 13
  1993 4 1 1 2 2 6
       1995 6 3 3 0 29 0
    1997 Yarim final 4 4 1 1 2 3 4 6 1 2 3 8 15
  2001 Yoʻllanma ololmagan 6 1 1 4 6 17
  2005 8 2 1 5 10 10
  2009 8 5 2 1 24 7
  2013 Chorak final 7 4 1 1 2 5 7 10 6 2 2 43 14
  2017 Chorak final 8 4 1 1 2 2 3 8 8 0 0 40 2
  2022 Chorak final 6 4 2 0 2 6 5 8 7 1 0 48 1
Jami 4/13 16 5 3 8 16 19 84 37 18 29 224 102

Boshqa turnirlar

tahrir
Yil Musobaqa nomi Oʻrin Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1992-yil   Grand Hotel Varna (Albena kubogi) 4 4 3 0 1 8 1
1993-yil   Torneig Internacional Ciutat de Tarragona 4 2 0 1 1 2 3
1995-yil   Grand Hotel Varna (Albena kubogi) 3 5 2 1 2 9 12
1996-yil   Slovakiya ayollar turniri, 4 3 0 2 1 2 6
2005-yil   Torneo Internacional de Maspalomas 2 2 0 2 0 2 2
2017-yil   Algarve kubogi 1 4 3 1 0 6 1
2018-yil   Kipr kubogi 1 4 3 1 0 6 0
2019-yil   Algarve kubogi 7 3 2 0 1 4 3
2020-yil   SheBelieves kubogi 2 3 2 0 1 4 2
2022-yil   Arnold Clark kubogi 2 3 1 2 0 2 1

Ispaniya ayollar terma jamoasining umumiy natijalari tarixi

tahrir

Murabbiylar shtabi

tahrir

Hozirgi murabbiylar atrkibi

tahrir
Lavozimi Ismi
Bosh murabbiy Jorge Vilda
Bosh murabbiy yordamchisi Montserrat Tomé
Yordamchi murabbiy Kenio Gonzalo
Darvozabonlar murabbiyi Carlos Sánchez
Fitnes murabbiyi Blanca Romero
Javier Velázquez
Analyst technician Javier Egido
Video-montaj yordamchisi Rubén Jimenez
Doktor Joan Molera
Psixolog Javier López Vallejo

Bosh murabbiylar tarixi

tahrir
2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra.  
Bosh murabbiy Faoliyatini boshladi Faoliyatini tugatdi Record
Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Gʻalaba koʻrsatkichi

%

Teodoro Nieto Fevral,1983 Iyul, 1988 19 4 5 10 14 22 −8 34.21%
Ignacio Quereda Avgust, 1988 Iyul, 2015 142 52 38 52 304 207 +97 50%
Jorge Vilda Avgust, 2015 hozirga qadar 90 60 15 15 255 47 +208 75%
Jami 251 116 58 77 573 276 +297 57.77%

Oʻyinchilar

tahrir

Hozirgi tarkib

tahrir

2022-yil 2 va 6-sentabr kunlari Vengriya va Ukraina ayollar terma jamoalariga qarshi JCh-2023 saralash bosqichiga quyidagi futbolchilar Ispaniya milliy ayollar terma jamoasiga chaqirildi.

2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra.  
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1DA Dolores Gallardo 10-iyun 1993-yil (1993-06-10) (31 yosh) 38 0   ESP Atlético Madrid
1DA Sandra Paños 4-noyabr 1992-yil (1992-11-04) (31 yosh) 55 0   ESP Barcelona
1DA María Isabel Rodríguez 23-iyul 1999-yil (1999-07-23) (25 yosh) 6 0   ESP Real Madrid
2HM Laia Aleixandri 25-avgust 2000-yil (2000-08-25) (24 yosh) 16 2   ENG Manchester City
2HM Ivana Andrés 13-iyul 1994-yil (1994-07-13) (30 yosh) 38 0   ESP Real Madrid
2HM Ona Batlle 10-iyun 1999-yil (1999-06-10) (25 yosh) 28 0   ENG Manchester United
2HM Olga Carmona 12-iyun 2000-yil (2000-06-12) (24 yosh) 14 0   ESP Real Madrid
2HM Rocío Gálvez 14-aprel 1997-yil (1997-04-14) (27 yosh) 3 0   ESP Real Madrid
2HM Oihane Hernández 4-may 2000-yil (2000-05-04) (24 yosh) 2 0   ESP Athletic Bilbao
2HM Leila Ouahabi 22-mart 1993-yil (1993-03-22) (31 yosh) 53 1   ENG Manchester City
2HM Irene Paredes (captain) 4-iyul 1991-yil (1991-07-04) (33 yosh) 88 11   ESP Barcelona
2HM Andrea Pereira 19-sentyabr 1993-yil (1993-09-19) (31 yosh) 42 0   MEX América
2HM Ainhoa Vicente 20-avgust 1995-yil (1995-08-20) (29 yosh) 6 0   ESP Atlético de Madrid
3YH Teresa Abelleira 9-yanvar 2000-yil (2000-01-09) (24 yosh) 7 0   ESP Real Madrid
3YH Irene Guerrero 12-dekabr 1996-yil (1996-12-12) (27 yosh) 17 4   ESP Atlético Madrid
3YH Patricia Guijarro 17-may 1998-yil (1998-05-17) (26 yosh) 52 11   ESP Barcelona
3YH Claudia Zornoza 29-oktyabr 1990-yil (1990-10-29) (33 yosh) 5 0   ESP Real Madrid
4HJ Athenea del Castillo 24-oktyabr 2000-yil (2000-10-24) (23 yosh) 17 3   ESP Real Madrid
4HJ Lucía García 14-iyul 1998-yil (1998-07-14) (26 yosh) 37 9   ENG Manchester United
4HJ Esther González 8-dekabr 1992-yil (1992-12-08) (31 yosh) 28 19   ESP Real Madrid
4HJ Jennifer Hermoso 9-may 1990-yil (1990-05-09) (34 yosh) 93 46   MEX Pachuca
4HJ Alba Redondo 27-avgust 1996-yil (1996-08-27) (28 yosh) 17 7   ESP Levante
4HJ Amaiur Sarriegi 13-dekabr 2000-yil (2000-12-13) (23 yosh) 15 12   ESP Real Sociedad

Ispaniya ayollar milliy terma jamoasining yutuqlari

tahrir

Jamoaviy yutuqlari

tahrir
  • Algarve kubogi
Chempion: 2017
  • Kipr kubogi
Chempion: 2018
  • SheBelieves kubogi
2-oʻrin 2020
  • Arnold Clark kubogi
2-oʻrin 2022
  • Albena kubogi
3-oʻrin: 1995

Individual mukofotlar

tahrir

Boshqa mukofotlar

tahrir

Jamoaning ichki rekordlari

tahrir
Qalin yozilgan oʻyinchilar hali ham oʻz futbolchilik faoliyatini amalga oshiradi (hech boʻlmaganda klub darajasida). 2022-yil 7-sentabr holatiga koʻra

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar

tahrir
# Futbolchi Faoliyat yillari Oʻtkazgan oʻyinlar Gollar
1 Alexia Putellas 2013-hozirga qadar 100 27
2 Jennifer Hermoso 2011-hozirga qadar 93 46
3 Marta Torrejón 2007-2019 90 8
4 Irene Paredes 2011-hozirga qadar 88 11
5 Marta Corredera 2013-2021 85 5
6 Arantza del Puerto 1990-2005 71 0
7 Silvia Meseguer 2008-2019 67 5
8 Virginia Torrecilla 2013-2020 66 7
9 Victoria Losada 2010-2020 65 13
10 Mar Prieto 1989-2000 62 30

Eng yaxshi futbolchilar roʻyxati

tahrir
# Futbolchi Faoliyat yillari Gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Bir oʻyinga toʻgʻri keladigan

gol koʻrsatkichi

1 Jennifer Hermoso 2011-hozirga qadar 46 93 0.49
2 Verónica Boquete 2005-2017 38 56 0.68
3 Sonia Bermúdez 2008-2017 34 61 0.56
4 Adriana Martín 2005-2015 33 37 0.89
5 Mar Prieto 1985-2000 30 62 0.48
6 Alexia Putellas 2013-hozirga qadar 27 100 0.27
7 Eser González 2016-hozirga qadar 19 28 0.68
Mariona Caldentey 2017-hozirga qadar 19 53 0.36
9 Aitana Bonmatí 2017-hozirga qadar 16 46 0.35
10 Mari Paz Vilas 2008-2018 15 26 0.58

Jamoa safida urilgan xet-trik (bir oʻyinda uchta gol)lar roʻyxati

tahrir
Futbolchi (nechta gol urgani) Raqib jamoa Uy/safar Natija Musobaqa nomi
Mar Prieto7   Sloveniya Uy oʻyini 17-0 1995-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari
Mercedes González
Mar Prieto   Ruminiya Uy oʻyini 5-1 1997-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari
Laura del Río5   Belgiya Uy oʻyini 7-0 2005-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari
Adriana Martín5   Polsha Uy oʻyini 7-0 2007-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
Adriana Martín4   Malta Safarda 0-13 2011-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
Sonia Bermúdez
Ana „Willy“ Romero
Adriana Martín   Turkiya Safarda 0-5
Adriana Martín4   Malta Uy oʻyini 9-0
Verónica Boquete   Turkiya Safarda 1-10 2013-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari
Mari Paz Vilas7   Qozogʻiston Uy oʻyini 13-0
Natalia Pablos5   Shimoliy Makedoniya Uy oʻyini 12-0 2015-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
Sonia Bermúdez   Shimoliy Makedoniya Safarda 0-10
Jennifer Hermoso
Sonia Bermúdez5   Chernogoriya Uy oʻyini 13-0 2017-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari
Verónica Boquete4
Mariona Caldentey   Moldova Safarda 0-9 2021-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari
Jennifer Hermoso   Moldova Uy oʻyini 10-0
Eser González5   Ozarbayjon Safarda 0-13
Jennifer Hermoso5
Amaiur Sarriegi4   Farer orollari Safarda 0-10 2023-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
Eser González4   Farer orollari Uy oʻyini 12-0
Mariona Caldentey

Eng koʻp seyf (darvozaga yoʻllangan kuchli zarbani qaytarish) koʻrsatgan darvozabonlar

tahrir
# Futbolchi Faoliyat yillari Seyflar soni Oʻtkazgan oʻyinlar Oʻrtacha hisobda
1 Sandra Paños 2011-hozirga qadar 26 53 49.06%
2 Dolores Gallardo 2012-hozirga qadar 21 37 55.26%
3 Ainhoa Tirapu 2007-2015 20 46 43.48%
4 Roser Serra 1991-1998 13 33 39.39%
5 María Isabel Rodríguez 2021-hozirga qadar 5 6 83.33%
6 Elixabete Capa 1998-2005 4 26 15.38%
7 Lucía Muñoz 2005-2006 3 8 37.5%
Ana Ruiz 1984-1988 17 17.65%
9 Mariatxi Sánchez 2006-2007 2 2 100%

Jamoa reytingi

tahrir

FIFA Jahon reytingi (ayollar futbolida)

Qizil fonda berilgan yillar (Har yili 4 marta tuziladi)da jamoa reytingi pastga tushgan, yashilda berilgan yillarda esa jamoaning reytingi oʻsgan.

Mavsum Mart

(ochko)

Iyun/Iyul

(ochko)

Avgust/Sentabr

(ochko)

Dekabr

(ochko)

2003 19 (1767) 19 (1767) 20 (1767) 20 (1765)
2004 20 (1771) 21 (1756) 21 (1756) 20 (1756)
2005 20 (1754) 20 (1756) 20 (1756) 20 (1778)
2006 20 (1778) 20 (1793) 20 (1778) 20 (1778)
2007 20 (1778) 20 (1802) 20 (1802) 20 (1805)
2008 21 (1805) 19 (1819) 19 (1819) 20 (1796)
2009 20 (1796) 20 (1796) 20 (1797) 20 (1813)
2010 20 (1813) 20 (1812) 19 (1816) 19 (1816)
2011 18 (1816) 18 (1816) 18 (1819) 17 (1841)
2012 17 (1842) 16 (1841) 17 (1831) 18 (1823)
2013 18 (1824) 18 (1823) 17 (1831) 15 (1849)
2014 15 (1844) 16 (1854) 16 (1865) 15 (1865)
2015 14 (1867) 19 (1815) 18 (1824) 14 (1854)
2016 15 (1852) 14 (1861) 14 (1861) 14 (1862)
2017 13 (1885) 13 (1885) 17 (1849) 13 (1869)
2018 12 (1886) 12 (1911) 12 (1916) 12 (1920)
2019 13 (1913) 13 (1899) 13 (1897) 13 (1900)
2020 13 (1915) 13 (1915) 13 (1915) 13 (1919)
2021 13 (1929.14) 12 (1935.87) 10 (1935.87) 9 (1959.16)
2022 7 (1980.28) 7 (1985.84) 8 (1983.13) 8 (1985.69)

UEFA ayollar reytingi (ayollar futbolida)

Sana Reyting Ochko
9-mart 2011 12 32,679
25-oktabr, 2012 12 32,999
17-sentabr, 2014 7 35,941
8-iyun, 2016 6 37,363[12]
21-sentabr, 2016 6 37,655[13]
28-noyabr, r 2017 5 39,340[14]
13-iyun, 2018 6 39,139[15]
4-sentabr, 2018 5 39,181[16]
8-iyul, 2019 6 22,335
24-fevral, 2021 6 38,913[17]
Ziaian ayollar futboli reytingi[18]
Mavsum 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004
Reyting 15 16 16 16 28 23 26 24 24
Mavsum 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013
Reyting 24 24 24 24 22 23 15 19 18
Mavsum 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Reyting 15 14 11 8 8 10 4 1 4*

* 2022-yil 15-avgust holatiga koʻra

Yoshlar terma jamoalari

tahrir

Ispaniya 23 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi

tahrir

Ispaniyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamosi Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi homiyligida faoliyat yuritadigan futbol jamoasidir. Uning asosiy roli — Ispaniya ayollar terma jamoasiga tayyorgarlik koʻrish uchun futbolchilarni malakasini oshirishdan iborat.

Ispaniya 20 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi

tahrir
FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
2002: Ishtirik etmadi 2004: 1-tur 2006: Ishtirik etmadi
2008: Ishtirik etmadi 2010: Ishtirik etmadi 2012: Ishtirik etmadi
2014: Ishtirik etmadi 2016: 5-oʻrin 2018: Ikkinchi oʻrin
2020: COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2022:   Chempion

Ispaniya 19 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi

tahrir
19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati
2002: Yakuniy raund 2003: Yakuniy raund 2004:   Chempion
2005: Ikkinchi davra 2006: Ikkinchi davra 2007: Yakuniy raund
2008: Yakuniy raund 2009: Ikkinchi davra 2010: Yakuniy raund
2011: Yakuniy raund 2012: Ikkinchi oʻrin 2013: Ishtirik etmadi
2014: Ikkinchi oʻrin 2015: Ikkinchi oʻrin 2016: Ikkinchi oʻrin
2017:   Chempion 2018:   Chempion 2019: Uchinchi oʻrin
2020: COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2021: COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2022:   Chempion

Ispaniya 18 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi

tahrir
18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati
1998: Ishtirik etmadi 1999: Ishtirik etmadi 2000: Ikkinchi oʻrin 2001: 4

Ispaniya 17 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi

tahrir
FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
2008: Ishtirik etmadi 2010: Uchinchi oʻrin 2012: Ishtirik etmadi
2014: Ikkinchi oʻrin 2016: Uchinchi oʻrin 2018:   Chempion
2020: COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi
17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati
17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati
2008: Ishtirik etmadi 2009: Ikkinchi oʻrin 2010:   Chempion
2011:   Chempion 2012: Ishtirik etmadi 2013: Uchinchi oʻrin
2014: Ikkinchi oʻrin 2015:   Chempion 2016: Ikkinchi oʻrin
2017: Ikkinchi oʻrin 2018:   Chempion 2019: Uchinchi oʻrin
2020: COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2021: COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2022: Ikkinchi oʻrin

16 yoshgacha

tahrir

Shuningdek, Ispaniya sharafini 16 yoshgacha boʻlgan toifa boʻyicha xalqaro futbolda himoya qiladigan va Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan ayollar terma jamoasi ham mavjud. Bu jamoa, odatda, har-yili UEFA Ayollar U-16 rivojlanish turnirida (garchi bu rasmiy turnir boʻlmasa ham) muvaffaqiyat bilan ishtirok etadi[19].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. The underground origin of the womenʼs national team.
  2. The official baptism of the womenʼs national team.
  3. „Why Spain is absent from the World Cup“. Fox Soccer. Qaraldi: 5-avgust 2012-yil.
  4. Kassouf, Jeff. „Spain players call firing Ignacio Quereda women's World Cup exit“. Equalizer Soccer (19-iyun 2015-yil). Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
  5. „Quereda's reign as Spain coach ends after 27 years“. Equalizer Soccer (31-iyul 2015-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2015-yil.
  6. „Vilda appointed coach of Spain's women's team“. FIFA.com (30-iyul 2015-yil). 1-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2015-yil.
  7. Muñoz, Antonio D.. „Champions of Algarve Cup“. RFEF (8-mart 2017-yil). 25-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
  8. „South Africa 0–4 Germany, China 0–0 Spain: Women's World Cup clockwatch – live!“. The Guardian (17-iyun 2019-yil). Qaraldi: 17-iyun 2019-yil.
  9. Oficial: La RFEF crea la Selección Absoluta Promesas, una nueva selección femenina de fútbol (Official: The RFEF creates the Absolute Promises Selection, a new womenʼs team) (Wayback Machine saytida 15-noyabr 2021-yil sanasida arxivlangan), SEfutbol (in Spanish), 29 October 2019
  10. „Grand Hotel Varna Tournament official awards“. rsssf.com. Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
  11. „La Selección española Absoluta femenina, distinguida en los Premios Nacionales del Deporte 2014“ (ispancha). RFEF (10-iyul 2015-yil). 30-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
  12. „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (June 2016)“.
  13. „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (September 2016)“.
  14. UEFA Womenʼs National Team Coefficient Overview (November 2017)
  15. „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (June 2018)“.
  16. „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (September 2018)“.
  17. „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (February 2021)“.
  18. Ranking womenʼs national football teams based on a formula invented and developed by Mark Ziaian
  19. „The U16s debut with a brilliant victory at the UEFA Development Tournament“. 9-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.

Havolalar

tahrir