Olga Carmona
Olga Carmona García (2000-yil 12-iyunda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Liga F klubi „Real Madrid“ va Ispaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U Madrid klubiga qoʻshilishdan oldin „Sevilla“ ayollar jamoasida oʻynagan. U „Real Madrid“ sardori.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Olga Carmona García | ||
Tavallud sanasi | 12-iyun 2000-yil | ||
Tavallud joyi | Sevilla, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.59 m | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi, yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006–2007 | Sevilla Este | ||
2007–2017 | Sevilla | ||
Xalqaro medallar | |||
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-iyul uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirAndalusiyaning Sevilla shahrida tugʻilgan Carmona futbolchilik faoliyatini olti yoshida „Sevilla Este“ jamoasida boshladi[1].
Carmona oʻzining dastlabki professional mavsumida 25 ta oʻyinda beshta gol urdi. „Sevilla“ jamoasi esa oʻz ligasida 12-oʻrinni egalladi[2]. 2007-yilda u „Sevilla“ yoshlar jamoasiga oʻtdi va u yerda toʻqqiz yil davomida toʻp surdi. 2016-17-yilgi mavsumda Carmona oʻsha paytda Ispaniyaning ikkinchi divizioni boʻlgan Segunda divizionida oʻynagan asosiy jamoa tarkibiga kirdi. U oʻz jamoasi bilan birinchi mavsumda Primera divizioniga chiqishga muvaffaq boʻldi. Uning klubi keyingi uch mavsum davomida liga jadavalining quyi qismiga tushib qolgan boʻlsa-da, 2018-19 va 2019-20-yilgi ichki kuboklarning yarim finaliga chiqdi. Yarim finaldagi bahslarda esa yakunda chempionga aylangan „Real Sociedad“ va „Barcelona“ klublariga magʻlub boʻldi.
2020-yilning yozida Carmona „Real Madrid“ klubining yangi tashkil etilgan ayollar futbol jamoasi bilan shartnoma imzoladi[3].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirCarmona Ispaniya U-19 ayollar terma jamoasi bilan 2018-yilgi Yevropa chempionati finalda Germaniyani 1:0 hisobida magʻlub etib, turnir gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Uning oʻzi saralash va final abhslarida oʻnta oʻyinda maydonga tushib toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bir yil oʻtgach, u yana Ispaniya U-19 ayollar jamoasi bilan Yevropa chempionati finalida ishtirok etdi. U yerda Carmonaning jamoasi Fransiyaga qarshi kechgan oʻyinda qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 1:3 hisobida magʻlub boʻldi[4].
2021-yil 13-aprelda Carmona Meksikaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida Ispaniya milliy ayollar futbol terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi[5].
FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023)
tahrir2023-yilda 23 yoshli Carmona Ispaniyaning FIFA Jahon chempionatidagi gʻalabasida asosiy rol oʻynadi[6]. U yarim final va final bahslarida terma jamoa sardori sifatida jamoani maydonga olib tushdi va har ikki oʻyinda ham hal qiluvchi gollarni urdi[7][8][9].
15-avgust kuni Shvetsiyaga qarshi yarim final bahsida Carmona uzoq masofadan aniq zarba yoʻllagan holda hal qiluvchi golni kiritib, jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi[10]. Besh kundan soʻng, Angliyaga qarshi kechgan final bahsining 29-daqiqasida u oʻyindagi yagona golni urdi, Ispaniya 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritdi[11]. Carmona finalda oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[12].
2023-yil oktabr oyida Carmona rasman terma jamoaning 3 ta sardorlaridan biri sifatida eʼlon qilindi[13].
Shaxsiy hayoti
tahrirCarmonaning akasi Fran Carmona ham futbolchi. U „CD Teruel“ jamoasida himoyachi ampulasida oʻynaydi[14].
Carmona katta boʻlib qolganidan soʻng ota-onasi undan futbol oʻynamaslikni, aksincha suzish, tennis va flamenko raqslari bilan shugʻullanishini soʻrashdi. Olga bu fikrga qarchichiqqanidan keyin esa oxir-oqibat ota-onasi ham rozi boʻlishdi[15].
Carmonaning otasi uzoq davom etgan kasallikdan soʻng, u gʻalaba golini kiritgan 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan ikki kun oldin vafot etdi. Uning onasi va akalari uning oʻyinini tomosha qilish uchun Avstraliyaga kelishgan. Carmona esa Ispaniyaning gʻalabasi nishonlangan bayramlardan keyin otasining oʻlimidan xabar topdi[16][17].
Statistikasi
tahrirKlublardagi
tahrir- 2024-yil 14-iyun holatiga koʻra[18]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Mintaqaviy | Boshqa oʻyinlar | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Dvizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Sevilla | 2017–18 | Primera División | 25 | 5 | 0 | 0 | — | — | 25 | 5 | ||
2018–19 | Primera División | 30 | 2 | 3 | 0 | — | — | 33 | 2 | |||
2019–20 | Primera División | 20 | 0 | 2 | 0 | — | — | 22 | 0 | |||
Umumiy | 75 | 7 | 5 | 0 | — | — | 80 | 7 | ||||
Real Madrid | 2020–21 | Primera División | 28 | 5 | 1 | 0 | — | — | 29 | 5 | ||
2021–22 | Primera División | 28 | 2 | 3 | 1 | 8 | 3 | 1 | 0 | 40 | 6 | |
2022–23 | Liga F | 26 | 3 | 4 | 0 | 8 | 1 | 1 | 0 | 39 | 4 | |
2023–24 | Liga F | 27 | 6 | 1 | 0 | 7 | 2 | 1 | 0 | 36 | 8 | |
Umumiy | 109 | 16 | 9 | 1 | 23 | 6 | 3 | 0 | 144 | 23 | ||
Faoliyati davomida | 184 | 23 | 14 | 1 | 23 | 6 | 3 | 0 | 224 | 30 |
Terma jamoada
tahrir- 2024-yil 25-iyul holatiga koʻra[19]
Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2021 | 5 | 0 |
2022 | 13 | 0 | |
2023 | 18 | 3 | |
2024 | 7 | 0 | |
Total | 43 | 3 |
No. | Sana | Stadion | Raqib | Goldan keyingi vaziyat | Yakuniy natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2023-yil 19-fevral | CommBank Stadium, Sydney, Avstraliya | Avstraliya | 1–3 | 2–3 | Millatlar Ligasi (2023) |
2 | 2023-yil 15-avgust | Eden Park, Auckland, Yangi Zelandiya | Shvetsiya | 2–1 | 2–1 | FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023) |
3 | 2023-yil 20-avgust | Stadium Australia, Sydney, Avstraliya | Angliya | 1–0 | 1–0 |
Sovrinlari
tahrirIspaniya
- FIFA Jahon chempioni: 2023
- UEFA Millatlar ligasi: 2023–24[20]
Ispaniya U-19
- UEFA Yevropa chempioni: 2018
Individual
Manbalar
tahrir- ↑ „Olga Carmona: el futuro del Sevilla femenino“ [Olga Carmona: the future of Sevilla Women's] (es). Diario AS (2019-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
- ↑ „Olga Carmona, cinco goles esta campaña con el Sevilla FC Femenino“ [Olga Carmona, five goals this season with Sevilla FC Femenino] (es). El Corner de Sur (2018-yil 29-aprel). Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
- ↑ „La perla sevillana Olga Carmona fichará por el Real Madrid“ (es). Diario AS (2020-yil 30-iyun). Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
- ↑ „France-Spain line-ups | Women's Under-19 2019“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ EFE • •, Por „Quién es Olga Carmona, la jugadora que le dio la victoria a España en Copa Mundial Femenina 2023“ (es). Telemundo Dallas (39) (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ Witney, Lee „Who are the players who won the World Cup with Spain?“ (en-GB). Her Football Hub (2023-yil 27-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Olga Carmona, la flamenca que ha metido a España en la final del Mundial“. Vanity Fair (ispan (Yevropa)). 15 August 2023. Qaraldi: 18 September 2023.
- ↑ „Quién es Olga Carmona, la jugadora que ha marcado el gol que ha dado a España su primer Mundial Femenino | Onda Cero Radio“ (es). www.ondacero.es (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ Nowakowski, Wojciech „Spain's World Cup triumph: A win for Vilda and Rubiales, not the players“ (en-GB). Her Football Hub (2023-yil 27-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ Harris, Daniel. „Spain 2–1 Sweden: Olga Carmona Stunner Sees La Roja into First-Ever Women's World Cup Final After Goal-Laden Finale“. Eurosport (2023-yil 15-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ „Spain's Olga Carmona scores goal vs. England in 29'“. Fox Sports (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ „Spain 1-0 England match report“. FIFA (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ Chavala, Laura Busto „Olga Carmona becomes Spain captain over Bonmati and Mariona“ (en-GB). Her Football Hub (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Fran Carmona, primera renovación del CD Teruel“ (es-ES). CARTV (2023-yil 29-may). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Olga: Reaching a final was unthinkable a few years ago“. FIFA.com (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ „Spain's World Cup hero Carmona learns of father's death after final“. Reuters (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ „Olga Carmona told after Women's World Cup final that father has died“. BBC Sport (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ Olga Carmona Soccerway saytida
- ↑ „Olga Carmona National Team Stats, Goals, Records“. FBRef. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Women's Nations League final: World Cup winners Spain beat France 2–0 in Seville“. BBC Sport (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
- ↑ „Visa Player of the Match: Olga Carmona“. fifa.com (2023-yil 21-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Who made the 2023 FIFA FIFPRO Women's World 11?“. FIFPRO (2024-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 15-yanvar.
- ↑ „IFFHS WOMEN'S WORLD TEAM 2023“. IFFHS (2024-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.