Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (koreys tilida: 대한민국 여자 축구 국가대표팀) Xalqaro ayollar futboli musobaqalarida Janubiy Koreya sharafini himoya qiladi. Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi 2003, 2015 (shu-yilgi Jahon chempionatida (nimchorak) 1/8 finalga chiqqan) va 2019-yillarda, jami uchta FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.
Tarixi
tahrir1949-2002: Boshlanishi
tahrirKoreya Respublikasi hukumati tashkil etilganidan bir-yil o‘tmay, 1949-yil 28 va 29-iyun kunlari Seulda qizlar va ayollar milliy sport o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi birinchi rasmiy futbol o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu oʻyinlar orqali ayollar basketboli va voleyboli sprot turlari jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan boʻlsa-da, futbol ayollar uchun mos emas va jamoatchilik uchun yoqimsiz sifatida qabul qilindi. Natijada, tadbirdan koʻp oʻtmay ayollar jamoalari tarqatib yuborildi[1].
1990-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari turnirida ayollar futboli ham musoqaba sprot turlari safiga rasman qabul qilinganida, Janubiy Koreya sport maʼmuriyati boshqa sport turlari kabi futbolchilarda iborat ayollar jamoasini shakllantirish va jamoani Osiyo oʻyinlariga yuborishga qaror qildi[2]. Lekin Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlabki turnirda Yaponiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarshi barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchragan[3]. Shunga qaramay, kollejlar va korporatsiyalar 1990-yillargacha xususiy ayollar futbol jamoalarini ishga tushirishni boshladilar va Koreyada birinchi milliy ayollar futboli turniri, Qirolicha kubogi, 1993-yilda boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻzgarishlar tufayli Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilda Malayziyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[4].
1999-yilda Janubiy Koreyaning Sport vazirligi oʻrta maktab qizlari, universitet jamoalari va xususiy jamoalar uchun yangi musobaqa va turnirlar tashkil etishga homiylik qildi. Ayollar futbolini ommalashtirish maqsadida 2001-yilning mart oyida Koreya Futbol Assotsiatsiyasi (KFA) bilan hamkorlikda mustaqil tashkilot sifatida Koreya Ayollar Futbol Federatsiyasi (KWFF) tashkil etilgan[5].
2003-2013: Birinchi jahon chempionati
tahrirJanubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003-yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi va birinchi marta jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (laqabi:Taegeuk Ladies) ushbu chempionatda Norvegiya, Fransiya va Braziliya bilan B guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatidagi birinchi oʻyinida 2003-yil 21-sentyabrda Braziliyaga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Ular Fransiyaga 1:0, Norvegiyaga 7:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Kim Jin-Hee 2003-yilning 27-sentyabrida Norvegiyaga qarshi o‘yinda Janubiy Koreyaning jahon chempionatidagi ilk golini kiritdi.
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda oʻz maydonida oʻtkazilgan EAFF E-1 futbol chempionatida gʻalaba qozonganiga qaramay, 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqa olmadi. Taegeuk Ladies jamoasi 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2010-yilgi EAFF ayollar futbol chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yana bir bor qatnasha olmadi.
2015-yilgi jahon chempionati
tahrirJanubiy Koreya 2014-yilgi OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 2015-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va u yerda birinchi marta guruh bosqichidan chiqdi. Bu safar Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya, Ispaniya va Kosta-Rika bilan E guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab 2015-yil 9-iyun kuni Braziliyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan, biroq 13-iyun kuni Kosta-Rika bilan 2:2 hisobida durang va 17-iyun kuni Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yil 21-iyun kuni 1/8 finalda Fransiyaga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
2019-yilgi jahon chempionati
tahrirAvvalgi o‘yinda yaxshilangan o‘yin natijalari hisobiga Janubiy Koreya ayollar o‘rtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va Fransiya, Norvegiya va Nigeriya bilan „A“ guruhidan joy oldi. Biroq ular 2015-yildagi oldingi muvaffaqiyatlarini takrorlay olmadilar va uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishdi va guruh bosqichida turnirni tark etishdi. Butun turnirda davomida atigi bitta gol va hatto avtogol urishdi.
Jamoa tasviri
tahrirTaxalluslar
tahrirJanubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining laqabi „Taegeuk Ladies“ (koreyscha: 태극 낭자) hisoblanadi.
Sport formasi
tahrirAyollar jamoasi odatda Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi bilan bir xil sport toʻplamdan foydalanadi. Biroq, ayollar terma jamoasi formasida erkaklar jamoasi hech qachon foydalanmagan koʻplab kombinatsiyalarni uchratish mumkin. Quyida Janubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining turli yillarda kiygan futbol formalari keltirilgan.
Azaliy raqiblar
tahrirYaponiya
tahrirJanubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya terma jamosi bilan azaliy raqobatga ega. Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasining ancha ustunligidan farqli oʻlaroq, Janubiy Koreya ayollar jamoasi Yaponiyaga qarshi gʻalaba qozonganidan koʻra koʻproq magʻlub boʻlgan. Ikki jamoa birinchi marta 1990-yilda uchrashishgan vaJanubiy Koreya Yaponiyaga 1:13 hisobida magʻlub boʻlgan. 2022-yil holatiga koʻra, Janubiy Koreya oʻza oʻyinlarda 4 gʻalaba, 11 durang va 18 magʻlubiyat bilan ortda qolmoqda. Janubiy Koreyaning Yaponiyaga qarshi o‘yinlarda zaif o‘yin ko‘rsatishining sabablari bor edi: Janubiy Koreya, Yaponiyadan farqli o‘laroq, ayollar futbolini Yaponiyadan ancha kech rivojlantirgan, shuningdek, Yaponiyadan farqli o‘laroq, Janubiy Koreyada professional ayollar ligasi yo‘q.
Chet ellik futbolchilar
tahrir2014-yildan beri koreyalik eng yaxshi futbolchilar xorijda, ayniqsa Angliyada oʻynashga intila boshladi. Hozirda FAWSL ligasida uchta koreys ayol oʻynamoqda. Ular: „Tottenham“ jamoasida Cho So-hyon, „Brayton va Xov Albion“ jamoasida Li Geum Min Park Ye Eun.
FIFA Jahon reytingi
tahrirFIFA Jahon reytingi | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
FIFA Jahon reytingi | Reyting | Yil | Jami oʻyinlar soni | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Eng yaxshi | Eng yomoni | |||
Reyting | Koʻchish | Reyting | Koʻchish | ||||||||
18 | 2022 | 6 | 4 | 1 | 1 | 18 | ▬ | 18 | ▬ | ||
18 | 2021 | 8 | 3 | 3 | 2 | 18 | 0 | 19 | 1 |
Barcha vaqt natijalari
tahrir- Quyidagi jadvalda Janubiy Koreya ayollar terma jamoasining 2021-yil 1-yanvar holatidagi xalqaro oʻyinlardagi natijalari ko‘rsatilgan.
Jami oʻyinlar soni | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtakazib yuborilgan
gollar | |
---|---|---|---|---|---|---|
Jami | 213 | 91 | 34 | 85 | 473 | 255 |
- Manba: Worldfootball.net sayti
Murabbiylar shtabi
tahrirHozirgi murabbiylar shtabi
tahrir- 18-iyun 2022-yil[6]
Lavozim | Ism | Boshlanish sanasi |
---|---|---|
Menejer | Kolin Bell | 2019-yil 18 oktyabr |
Boshqaruvchi yordamchisi | Mett Ross Kim Eun Jung |
Nomaʼlum |
Darvozabonlar murabbiyi | Chung Yu Suk | Nomaʼlum |
Fitnes murabbiyi | Jung Xyun-gyu | Nomaʼlum |
Bosh murabbiylar roʻyxati
tahrirBosh murabbiy | Murabbiylik faoliayti | Oʻtkazgan oʻyinlari | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Gʻalaba koʻrsatkichi % | Yutuqlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|
An Jong-goan | 2003-2010 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Lee Sang-yup | 2010-2011 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Choi In-cheol[7] | 2010-2011 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari: 3-oʻrin |
Yoon Deok-yeo[7] | 2013-2019 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Choi In-cheol[7] | 2019 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
Colin Bell[8] | 2019-hozirga qadar | 19 | 10 | 4 | 5 | 52.63% | 1-xorijiy bosh murabbiy
2022-yilgi Osiyo kubogi: 2-oʻrin |
Oʻyinchilar
tahrirQuyidagi futbolchilarga 2022-yil 3 va 6-sentabrdagi Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan[9].
Statistika 2022-yil 3-sentabr holatiga ko‘ra to‘g‘ri keladi.
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasitahrir* Qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar hozirda ham oʻz faoliyatini olib borishadi. 2020-yil 9-fevral holatiga koʻra. Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilartahrir
Eng yaxshi toʻpurarlar futbolchilartahrir
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlaritahrirMintaqaviytahrir
Janubiy Koreya terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijalaritahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatitahrir
Olimpiya oʻyinlaritahrir
OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogitahrir
Osiyo oʻyinlaritahrir
EAFF E-1 futbol chempionatitahrir
Algarve kubogitahrirAlgarve kubogi Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futbol assotsiatsiyasi boʻyicha terma jamoalar turniridir. 1994-yildan beri har-yili Portugaliyaning Algarve shahrida o‘tkazib kelinayotgan bu musobaqa ayollar o‘rtasidagi eng nufuzli va eng uzoq davom etgan xalqaro futbol tadbirlaridan biri bo‘lib, „Kichik FIFA Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati“ nomini olgan[10].
Kipr ayollar kubogitahrir
Peace Queen kubogitahrir
Manbalar:
Yana qarangtahrirManbalartahrir
Havolalartahrir
|