Futbol Olimpiada o‘yinlarida
Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi futbol musobaqasi birinchi marta 1900-yilda Parijdagi Yozgi Olimpiyada o‘yinlarida joriy qilingan. 1932-yildan Los-Anjelesdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari har bir o‘yinlar dasturiga kiritilgan.
Dastlab, musobaqa erkaklar uchun, 1996-yildn esa esa Atlantadagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida alohida turnir sifatida o‘tkazila boshlangan. Olimpiyadadagi erkaklar futboli (boks, golf, tennis va xokkey bilan bir qatorda) sport turlaridan biri bo‘lib, unda oltin medal oliy yutuq hisoblanmagan. Qolaversa, Olimpiya futboli maqomi jihatidan nafaqat jahon chempionati, balki Yevropa va Amerika qitʼa chempionatlaridan quyi o‘rinlarda turgan.
TarixiTahrirlash
Futbol sport turi sifatida birinchi marta Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida paydo bo‘lgan. Unda Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyaning uchta klubi ikkitadan o‘yin o‘tkazgan. Dastlab „Apton Park“(Londonda joylashgan sobiq futbol stadioni) maydonida Fransiyaning „Union France de Sports Athletic“ jamoasi Belgiyaning Bryussel erkin Frankofoniya universiteti klubi bilan to‘qnash kelgan va 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Britaniyaliklar esa fransuzlarni 4:0 hisobida mag‘lub etishgan va birinchi Olimpiya chempionlari deb eʼlon qilingan. Fransiya ikkinchi, Belgiya jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan.
Shuningdek, 1904-yilda Sent-Luise (AQShning Missuri shtatida joylashgan mustaqil shahar)da o‘tkazilgan navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida uchta jamoa futbol o‘ynagan. Turnirda Kanadaning „Galt“ (Kanadaning Galt shahrida joylashgan futbol klubi) klubi va Amerikaning ikki jamoasi ishtirok etgan: Sent-Rouz Paris va Christian Brothers College High School jamoalari. Kanadaliklar Amerikaning ikkala jamoasini mag‘lub etib, chempion bo‘lgan, AQShning ikki jamoasi esa olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Hozirda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bu ikkala musobaqani ham rasmiy Olimpiyada o‘yinlarining dasturiy qismi deb hisoblaydi, FIFA va IFFHS esa ularni ko‘rgazmali musobaqalar deb tasniflaydi va statistikaga kiritmaydi.
1904-yilga kelib, Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil topgan va keyingi 1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab bu tashkilot Olimpiya oʻyinlaridagi futbol musobaqalarini boshqarib borgan. O‘shandan beri futbol turnirida har bir mamlakatdan faqatgina bitta terma jamoalar ishtirok etgan (1908-yilgi o‘yinlarda Fransiyadan ikkita jamoaning ishtiroki bundan mustasno). Shuningdek, „Olimpiya tizimi“ bitta nokautli oʻyindan iborat boʻlgan musobaqa formati sifatida joriy etilgan va turnirda faqat havaskor futbolchilar ishtirok etishiga qaror qilingan.
1930-yil birinchi jahon chempionati oʻtkazilgunga qadar futbol boʻyicha Olimpiya turniri ushbu sport turidagi muhim xalqaro musobaqa hisoblangan. Ammo unda professional futbolchilarning ishtirok etishi taqiqlanganligi sababli bu maqom jahon chempionatiga oʻtkazilgan. FIFA 1924- va 1928-yillardagi Olimpiya turnirlarini rasman „havaskorlar jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionati“, yaʼni zamonaviy jahon chempionatining bevosita salaflari sifatida tan olgan[1].
1960-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab musobaqa formati o‘zgargan va ishtirokchilar soni cheklangan. Shu paytdan boshlab 16 ta jamoa to‘rtta jamoadan to‘rtta guruhga bo‘lingan va o‘z guruhlaridagilar bilan o‘ynagan. Guruhlardagi yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar pley-offga yo‘llanma olgan.
1984-yilga kelib cheklangan hududlar bo‘yicha professional oʻyinchilarga Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiyada oʻyinlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan. Jumladan, Osiyo, Afrika, KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi) hududi va Okean orti davlatlari ushbu ro‘yhatdan o‘rin olgan. Taqiq 1992-yilda butunlay olib tashlangan va shu bilan birga, futbolchilar uchun qisman yosh chegarasi joriy qilingan. Ular 23 yoshdan oshmasligi belgilangan.
1996-yildan boshlab esa har bir jamoada turli yoshdagi uchta futbolchi o‘ynashiga ruhsat etilgan, ammo qolgan o‘yinchlar 23 yosh katta bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan.
Musobaqa g‘oliblariTahrirlash
ErkaklarTahrirlash
1. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan rasmiy deb tan olingan turnirlar; FIFA ularni koʻrgazma deb biladi, chunki ular tashkil etilishidan oldin o‘tkazilgan. 2. Final uchrashuvining birinchi bo‘limida (Belgiya — Chexoslovakiya) 2:0 hisobida belgiyaliklar foydasiga hal bo‘lgan chexoslovakiyalik futbolchilar hakamlikdan norozi bo‘lib, maydonni tark etishgan va buning uchun diskvalifikasiya qilingan. Ikkita g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha turnir o‘tkazilib, final o‘yinida Ispaniya terma jamoasi Gollandiya termasini mag‘lub etgan (3:1) va ikkinchi o‘rinni egallagan. Gollandiya 3-o‘rinda qolgan. 3. Tashkiliy qo‘mita qarori bilan bronza uchun bahsda maydonga tushgan jamoalar qo‘shimcha o‘yindan ozod etilgan va har ikkisi ham bronza medallari bilan taqdirlangan.
AyollarTahrirlash
Yil | O‘tkazilgan joyi | Final | 3-o‘rin uchun o‘yin | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
1-o‘rin | Hisob | 2-o‘rin | 3-o‘rin | Hisob | 4-o‘rin | ||
1996-yil Ko‘rib chiqish |
Atlanta | AQSh | 2 : 1 | Xitoy | Norvegiya | 2 : 0 | Braziliya |
2000-yil Ko‘rib chiqish |
Sidney | Norvegiya | 3 : 2 qo‘sh. vaqt |
AQSh | Germaniya | 2 : 0 | Braziliya |
2004-yil Ko‘rib chiqish |
Afina | AQSh | 2 : 1 qo‘sh. vaqt |
Braziliya | Germaniya | 1 : 0 | Shvetsiya |
2008-yil Ko‘rib chiqish |
Xitoy | AQSh | 1 : 0 qo‘sh. vaqt |
Braziliya | Germaniya | 2 : 0 | Yaponiya |
2012-yil Ko‘rib chiqish |
London | AQSh | 2 : 1 | Yaponiya | Kanada | 1 : 0 | Fransiya |
2016-yil Ko‘rib chiqish |
Rio-de-Janeyro | Germaniya | 2 : 1 | Shvetsiya | Kanada | 2 : 1 | Braziliya |
2020-yil Ko‘rib chiqish |
Tokio | Kanada | 1 : 1 pen, bo‘yicha. 3 : 2 |
Shvetsiya | AQSh | 4 : 3 | Avstraliya |
Medallar reytingiTahrirlash
Umumiy reytingTahrirlash
Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
---|---|---|---|---|---|
1 | AQSh | 4 | 2 | 2 | 8 |
2 | Vengriya | 3 | 1 | 1 | 5 |
3 | GBR | 3 | 0 | 0 | 3 |
4 | Braziliya | 2 | 5 | 2 | 9 |
5 | Argentina | 2 | 2 | 0 | 4 |
6 | SSSR | 2 | 0 | 3 | 5 |
7 | Kanada | 2 | 0 | 2 | 4 |
8 | Urugvay | 2 | 0 | 0 | 2 |
9 | YUG | 1 | 3 | 1 | 5 |
10 | Ispaniya | 1 | 3 | 0 | 4 |
11 | Shvetsiya | 1 | 2 | 2 | 5 |
12 | Polsha | 1 | 2 | 0 | 3 |
13 | Germaniya | 1 | 1 | 3 | 5 |
14 | GDR | 1 | 1 | 1 | 3 |
Nigeriya | 1 | 1 | 1 | 3 | |
16 | Chexoslovakiya | 1 | 1 | 0 | 2 |
Fransiya | 1 | 1 | 0 | 2 | |
18 | Italiya | 1 | 0 | 2 | 3 |
Norvegiya | 1 | 0 | 2 | 3 | |
20 | Belgiya | 1 | 0 | 1 | 2 |
Meksika | 1 | 0 | 1 | 2 | |
22 | Kamerun | 1 | 0 | 0 | 1 |
23 | Daniya | 0 | 3 | 1 | 4 |
24 | Bolgariya | 0 | 1 | 1 | 2 |
Yaponiya | 0 | 1 | 1 | 2 | |
26 | SUI | 0 | 1 | 0 | 1 |
Avstriya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Xitoy | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Paragvay | 0 | 1 | 0 | 1 | |
30 | Niderlandiya | 0 | 0 | 3 | 3 |
31 | Gana | 0 | 0 | 1 | 1 |
Chili | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya birlashgan jamoasi | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Janubiy Koreya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Jami | 32 | 32 | 33 | 97 |
ErkaklarTahrirlash
Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
---|---|---|---|---|---|
1 | Vengriya | 3 | 1 | 1 | 5 |
2 | GBR | 3 | 0 | 0 | 3 |
3 | Braziliya | 2 | 3 | 2 | 7 |
4 | Argentina | 2 | 2 | 0 | 4 |
5 | SSSR | 2 | 0 | 3 | 5 |
6 | Urugvay | 2 | 0 | 0 | 2 |
7 | YUG | 1 | 3 | 1 | 5 |
8 | Ispaniya | 1 | 3 | 0 | 4 |
9 | Polsha | 1 | 2 | 0 | 3 |
10 | GDR | 1 | 1 | 1 | 3 |
Nigeriya | 1 | 1 | 1 | 3 | |
12 | Chexoslovakiya | 1 | 1 | 0 | 2 |
Fransiya | 1 | 1 | 0 | 2 | |
14 | Shvetsiya | 1 | 0 | 2 | 3 |
Italiya | 1 | 0 | 2 | 3 | |
16 | Belgiya | 1 | 0 | 1 | 2 |
Meksika | 1 | 0 | 1 | 2 | |
18 | Kanada | 1 | 0 | 0 | 1 |
Kamerun | 1 | 0 | 0 | 1 | |
20 | Daniya | 0 | 3 | 1 | 4 |
21 | AQSh | 0 | 1 | 1 | 2 |
Bolgariya | 0 | 1 | 1 | 2 | |
23 | SUI | 0 | 1 | 0 | 1 |
Avstriya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Germaniya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Paragvay | 0 | 1 | 0 | 1 | |
27 | Niderlandiya | 0 | 0 | 3 | 3 |
28 | Norvegiya | 0 | 0 | 1 | 1 |
Yaponiya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Gana | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Chili | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya birlashgan jamoasi | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Koreya Respublikasi | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Jami | 26 | 26 | 27 | 79 |
AyollarTahrirlash
Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
---|---|---|---|---|---|
1 | AQSh | 4 | 1 | 1 | 6 |
2 | Germaniya | 1 | 0 | 3 | 4 |
3 | Kanada | 1 | 0 | 2 | 3 |
4 | Norvegiya | 1 | 0 | 1 | 2 |
5 | Braziliya | 0 | 2 | 0 | 2 |
6 | Xitoy | 0 | 1 | 0 | 1 |
Yaponiya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Shvetsiya | 0 | 2 | 0 | 2 | |
Jami | 7 | 7 | 7 | 21 |
Gol mualliflariTahrirlash
ErkaklarTahrirlash
O‘rin | O‘yinchi | Mamlakat | Gollar | Turnirlar |
---|---|---|---|---|
1. | Antal Dunai | Vengriya | 13 | 1968 (6), 1972 (7) |
1. | Sofus Nilsen | Daniya | 13 | 1908 (11), 1912 (2) |
3. | Ferens Bene | Vengriya | 12 | 1964 (12) |
4. | Domingo Taraskoni | Argentina | 11 | 1928 (11) |
Pedro Petrone | Urugvay | 11 | 1924 (7), 1928 (4) | |
6. | Kazimej Deyna | Polsha | 10 | 1972 (9), 1976 (1) |
Gotfrid Fuks | Germaniya | 10 | 1912 (10) | |
8. | Garold Uolden | Buyuk Britaniya | 9 | 1912 (9) |
Vilgelm Volfhagen | Daniya | 9 | 1908 (8), 1912 (1) | |
10. | Ektor Skarone | Urugvay | 8 | 1924 (5), 1928 (3) |
AyollarTahrirlash
O‘rin | O‘yinchilar | Mamlakat | Gollar | Turnirlar |
---|---|---|---|---|
1. | Kristina | Braziliya | 14 | 2004 (5), 2008 (5), 2012 (2), 2016 (2) |
1. | Birgit Prins | GBR Germaniya | 10 | 1996 (1), 2000 (3), 2004 (5), 2008 (1) |
3. | Pretinya | Braziliya | 8 | 1996 (4), 2000 (1), 2004 (3) |
4. | Marta | Braziliya | 6 | 2004 (3), 2008 (3) |
5. | Tiffeni Milbrett | AQSh | 5 | 1996 (2), 2000 (3) |
5. | Sun Ven | Xitoy | 5 | 1996 (1), 2000 (4) |
5. | Mia Hemm | AQSh | 5 | 1996 (1), 2000 (2), 2004 (2) |
ManbalarTahrirlash
HavolalarTahrirlash
AdabiyotlarTahrirlash
Мохов Ю. Ф.. Футбол на Олимпиадах. Минск: Полымя, 1980.