Monreal - Kanadaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Sanlavrentiy daryosi boʻyida, Kvebek provinsiyasida joylashgan. Transport yoʻllarining yirik tuguni; dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi), asosan, don eksporti uchun moʻljallangan. Aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 1,03 mln. kishi (.100V). M. — mamlakataing yirik savdomoliya va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik (umumiy, samolyotsozlik, kemasozlik, vagonsozlik va boshqalar), metallsozlik, neftni qayta ishlash va kimyo sanoatlari rivojlangan. Rangli metallurgiya, mebel, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 3 universitet, konservatoriya, kutubxonalar, nafis sanʼat muzeyi, metropoliten bor. Shaharga 1642-yilda indeyslarning Xochelaga qishlogʻi oʻrnida fransuzlar tomonidan faktoriya va fort (qalʼa) sifatida asos solingan. 18-asrning 1-yarmida muhim savdo markazi boʻlgan. 1760-yilda inglizlar bosib olgan. 1844—49 yillarda Kanada ingliz mustamlakasi poytaxti boʻlgan. 17—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy bi-nolardan cherkov, Ramze saroyi va boshqa saqlangan. M.da 1967-yilda Xalqaro koʻrgazma, 1976-yilda 11-Olimpiada boʻlib oʻtgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil