Oksitan tili, provansal tili — roman tillariaan biri; Jan. Fransiyada, shuningdek, Italiya shim.da tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq. Laxjalari 2 guruhga bulinadi: shim. oksitan (limuzin, overn, provans-alp) va urta oksitan (langedok, pro-vans), shu bilan birga alohida gaskon lahjasi ham mavjud. Oksitan tili fransuz tiliga yaqin bulsada, bir qancha fonetik va morfologik jihatlari bilan undan farq qiladi. Adabiy tili 11-asrdan mavjud, 12—13-asrlarda adabiyot taraqqiyot choʻqkisiga koʻtarilgan. Ana shu davrda bir qancha lahjalarning qoʻshilishidan umumprovansal adabiy tili shakllangan. 13-asrda Pirovansning Shim. Fransiyaga qoʻshib olinishi Oksitan tili vazifa doi-rasining keskin qisqarishiga, uning bir necha alohida lahjalarga boʻlinib ketishiga olib keldi. Hozirgi Oksitan tilidagi adabiyot cheklangan holda, koʻpincha ogʻzaki muomalada qoʻllanadi. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Kad- yozuv yodgorliklari 10—11-asrlarda yaratilgan.[4]

Oksitan tili
Milliy nomi occitan, lenga d'òc
Mamlakatlar Fransiya, Ispaniya, Italiya, Monako
Rasmiylik holati  Ispaniya (Val d'Aran)
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2 000 000 (1999)[1]
Tartiblovchi tashkilot Conselh de la Lenga Occitana/CLO (Occitan Language Council);[2] Congrès Permanent de la Lenga Occitana[3]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiya tillari
Til oilasi

Hind-yevropa tillari

Roman tillari
Oksitan-roman ostguruhi
Alifbosi Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 oc
ISO 639-2 oci
ISO 639-3 oci

Oksitan tili (oksitancha talaffuzi: utsiˈta; fransuzcha talaffuzi: ɔk.si'tɑ̃) yoki Lenga d'òc (ˈleŋɡɔ ˈðɔ(k); fransuzcha: Langue d'oc) roman tillaridan biri boʻlib, unda Fransiya janubi, Italiyaning Oksitan vodiyi, Monako va Ispaniyaning Val d'Aran mintaqasida yashovchi qariyb 2 million aholi gaplashadi. Oksitan tili Kataloniya rasmiy tillaridan biri.[5] Oksitanchaga yaqin til katalan tilidir.

ManbalarTahrirlash

Vikipediya oksitan tilida
boʻlimga ega:
«Acuèlh»