Cecilio Andrés Domínguez Ruiz (talaffuzi: Sesilio Andres Dominges Ruiz; 1994-yil 11-avgustda Paragvayning Asunsion shahrida tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, „Santos Laguna“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasi hujumchisi.

Cecilio Domínguez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cecilio Andrés Domínguez Ruiz
Tavallud sanasi 11-avgust 1994-yil (1994-08-11) (29 yosh)
Tavallud joyi Asunción, Paragvay
Boʻyi 1.77 m[1]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Santos Laguna
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sol de América
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Sol de América 89 (11)
2014Nacional (ijara) 0 (0)
2015—2017 Cerro Porteño 69 (25)
2017—2019 América 58 (13)
2019—2020 Independiente 29 (3)
2020—2022 Austin FC 38 (9)
2020Guaraní (ijara) 14 (4)
2022— Santos Laguna 10 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Paragvay U17 9 (2)
2012—2013 Paragvay U20 20 (9)
2013- Paragvay 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-sentyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Cecilio Domínguez „Sol de América“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 20-noyabrda „Guarani“ futbol klubi bilan oʻyinda u debyut qildi[2]. 18-dekabr kuni „Serro Porteño“ futbol klubiga qarshi bahsda Cecilio Domínguez „Sol de América“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[3]. 2014-yilda Cecilio Domínguez „Nacional“ futbol klubi safida ijara asosida oʻynagan va u jamoasining Libertadores kubogi finaliga chiqishga yordam berdi.

2015-yilda u „Serro Porteño“ futbol klubiga oʻtdi. 31-yanvar kuni „Libertad“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Cecilio Domínguez yangi klubi safida debyut qildi[4]. Oʻsha oʻyinda Domínguez „Serro Porteño“ futbol klubi safida birinchi golini kiritdi. 11-fevral kuni Libertadores kubogi doirasida Venesuelaning „Deportivo Táchira“ jamoasiga qarshi oʻyinda Domínguez gol urgan[5][6]. 2016-yilda Sudamerikana kubogi bahslarida Cecilio Domínguez Kolumbiyaning „Santa Fe“, „Independiente Medellin“ va „Atlético Nacional“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda oltita gol urdi va turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[7][8][9]. 29-aprel kuni Cecilio Domínguez Libertadores kubogi doirasida Argentinaning „Boca Juniors“ jamoasiga qarshi oʻyinda gol urdi. Oʻsha yili u Paragvay chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2017-yil boshida Cecilio Domínguez meksikaning „América“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 29-yanvar kuni „Veracruz“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qildi[10]. Xuddi shu uchrashuvda Cecilio Domínguez „América“ futbol klubi tarkibidagi ilk golini urdi.

2019-yil boshida Cecilio Domínguez Argentinaning „Independiente“ futbol klubiga oʻtgan[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

2013-yil boshida Cecilio Domínguez Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Turnirda Argentina, Boliviya, Peru, Ekvador, Urugvay va ikki marta Kolumbiya va Chili bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Argentinaliklarga qarshi kechgan bahsda Cecilio Domínguez gol urdi.

Oʻsha yilning yozida Cecilio Domínguez Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Mali, Meksika va Iroq jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[21][22][23].

2014-yil 10-oktyabrda Cecilio Domínguez Shimoliy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Paragvay terma jamoasi safida debyut qildi[24].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
C. Sol de América  Paragvay 2011 2 1 2 1
2012 24 2 24 2
2013 25 5 25 5
2014 38 3 38 3
Jami 89 11 0 0 0 0 89 11
C. Nacional  Paragvay 2014 2 0 2 0
Jami 0 0 0 0 2 0 2 0
C. Cerro Porteño  Paragvay 2015 37 6 2 1 39 7
2016 32 19 10 7 42 26
Jami 69 25 0 0 12 8 81 33
C. América  Meksika 2016—2017 6 3 2 0 8 1
2017—2018 33 8 5 0 4 3 42 11
2018—2019 19 2 5 5 24 7
Jami 58 13 12 5 4 3 74 25
Independiente  Argentina 2018—2019 8 1 3 2 4 3 15 6
2019—2020 21 2 1 0 5 0 27 2
Jami 29 3 4 2 9 3 42 8
Guaraní  Paragvay 2020 3 2 3 2
Jami 0 0 0 0 3 2 3 2
Umumiy faoliyatida 245 52 16 7 30 16 291 79

Manbalar tahrir

  1. „Cecilio Domínguez - Player Profile - Football“ (en). Eurosport. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  2. „Соль де Америка VS. Гуарани 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (20-noyabr 2011-yil).
  3. „Соль де Америка VS. Серро Портеньо 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (18-dekabr 2011-yil).
  4. „Либертад VS. Серро Портеньо 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (31-yanvar 2015-yil).
  5. „Серро Портеньо VS. Депортиво Тачира 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (11-fevral 2015-yil).
  6. „Серро Портеньо VS. Санта-Фе 4:1“ (inglizcha). soccerway.com (30-sentabr 2016-yil).
  7. „Серро Портеньо VS. Индепендьенте Медельин 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (26-oktabr 2016-yil).
  8. „Серро Портеньо VS. Атлетико Насьональ 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (2-noyabr 2016-yil).
  9. „Серро Портеньо VS. Бока Хуниорс 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (29-aprel 2016-yil).
  10. „Америка Мехико VS. Веракрус 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (29-yanvar 2017-yil).
  11. „Cecilio Domínguez dejó al América; ya es de Independiente“ (ispancha). AS México (24/01/2019). Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  12. „Аргентина (до 20) VS. Парагвая (до 20) 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (12-yanvar 2013-yil).
  13. „Парагвая (до 20) VS. Боливия (до 20) 5:1“ (inglizcha). soccerway.com (17-yanvar 2013-yil).
  14. „Перу (до 20) VS. Парагвая (до 20) 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-yanvar 2013-yil).
  15. „Парагвая (до 20) VS. Эквадор (до 20) 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-yanvar 2013-yil).
  16. „Парагвай (до 20) VS. Уругвай (до 20) 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (31-yanvar 2013-yil).
  17. „Парагвай (до 20) VS. Колумбия (до 20) 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (10-yanvar 2013-yil).
  18. „Колумбия (до 20) VS. Парагвая (до 20) 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (4-fevral 2013-yil).
  19. „Чили (до 20) VS. Парагвая (до 20) 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (16-yanvar 2013-yil).
  20. „Чили (до 20) VS. Парагвая (до 20) 1:3“ (inglizcha). soccerway.com (20-yanvar 2013-yil).
  21. „Парагвай (до 20) VS. Мали (до 20) 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (22-iyun 2013-yil).
  22. „Мексика (до 20) VS. Парагвай (до 20) 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (25-iyun 2013-yil).
  23. „Ирак (до 20) VS. Парагвай (до 20) 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (3-iyul 2013-yil).
  24. „Северная Корея VS. Парагвай 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (10-oktabr 2014-yil).