Celina Jaitly[1] (1981-yil 24-noyabrda tugʻilgan)[2][3] hind aktrisasi boʻlib, u asosan Bollywood filmlarida suratga tushadi. U 2001-yilda Femina Miss India tanlovida gʻolib chiqdi va 2001 yilda „Miss World“ tanlovida 4-chi oʻrinni egallagan.[4] Celina 2003-yilda „Janasheen“ trillerida aktrisalik debyutini qilgan.

Celina Jaitly
Tavalludi 24-noyabr 1981-yil (1981-11-24) (42 yosh)
Faoliyat yillari 2001-2021
Turmush oʻrtogʻi
Peter Haag (turm. 2011)
Bolalari 3 dona

Yoshligi tahrir

Celina Jaitly Himachal-Pradesh shtatining Shimla shahrida[5][6] tugʻilgan. Uning otasi panjoblik polkovnik V.K Jaitly onasi esa avgʻon-hindu millatiga mansub Hindiston armiyasida hamshira boʻlgan.[7] Celinaning bir dona ukasi bor, u ham armiyada ishlaydi.[8]

Celina ulg‘ayib, xuddi otasi kabi uchuvchi yoki shifokor sifatida armiyada ish boshlamoqchi boʻlgan.[9] Bolaligining koʻp qismi otasi Hindistonning turli shaharlariga koʻchirilganligi sababli turli joylarda oʻtgan — natijada u oʻndan ortiq turli maktablarda oʻqigan.[9] Uning oilasi Laknauda boʻlganida, Celina Station Road, City Montessori maktabida oʻqigan. U Odishaning Berhampur shahrida ham tahsil olgan. Celina oʻz vaqtining asosiy qismini Gʻarbiy Bengaliyaning Kalkutta shahrida oʻtkazgan. Hozir oila Mhowda istiqomat qiladi.[10] Celina Indira Gandi nomidagi Milliy universitetining tijorat fakultetini tamomlagan.[11] Oʻqishni tugatgandan soʻng, Celina qisqa vaqt ichida uyali aloqa kompaniyasida ishlagan.

Faoliyati tahrir

Celina mahalliy goʻzallik tanlovida ishtirok etishga qaror qilishdan oldin oʻz faoliyatini Kalkuttadagi mobil telefon kompaniyasida marketing boʻyicha ish bilan boshlagan.[12][13] U Femina Miss India 2001-unvonini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Miss Margo Beautiful Skin, Indiatimes Surfer’s Choice va „MTV“ telekanalining Most Wanted mukofotiga sazovor boʻlgan. Keyinchalik u Hindistonning vakili sifatida Miss World 2001 tanloviga yuborilgan va u yerda 4-oʻrinni egallagan.

2001-yilda u Jazzy B ning „Oh Kehri“ klipida ishtirok etadi, klip ham qoʻshiq ham mashhur boʻlgan.[14] U shuningdek, „Bombay Vikings“ guruhi qoʻshiqlarining kliplarda suratga tushgan.[15]

2002-yilda Celina Feroz Khanning „Janashin“ filmida debyut qiladi. Film Hindistonda kassada oʻrtacha muvaffaqiyatga erishadi.[16] Ikkinchi chiqishi uchun u „Khel“ romantik filmida Sunny Deolga bilan birga juftlikda bosh rolni ijro etadi, ammo uning ijodi yahshi qabul qilinmaydi va kam daromad oladi.[17]

2004-yilda Celina „Juli“ filmidagi bosh roldan voz kechgan. „Stardust“ga bergan intervyusida Celina shunday degan: „Men Julini rad etdim, chunki hikoyadagi qahramonning fikriga qoʻshilmaganman, sababi u fohishalik bilan shugʻullanadi. Bunday o‘qimishli qiz nega bunday keskin qadam tashlashini tushunmaganman. Men oʻzim rozi boʻlgan rollarni ijro etaman.“[18] Xuddi shu yillarda Celina Vishnu Manchu bilan birga telugu dramasi „Suryam“da paydo boʻldi.

 
Celina LA1-da

Celina Jaitly avstriyalik tadbirkor va mehmonxonachi Piter Xaagga turmushga chiqqan va ular 2012-yil mart oyida dunyoga kelgan egizak o‘g‘il bolalarning ota-onasidir.[19] Jaitly 2017-yilda ikkinchi egizak o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi, ammo bir bolasi yurak nuqsoni tufayli vafot etadi.[20] Celina Jaitly hozirda Avstriya, Singapur va Dubayga xalqaro miqyosda oʻzining kino faoliyati uchun sayohat qiladi.

Filmografiyasi tahrir

Yil Film Rol Izohlar
2003 Janasheen Jessica Pereira
Khel — No Ordinary Game Saanjh Batra
2004 Suryam Madhulatha Telugu filmi
2005 Silsiilay Preeti
No Entry Sanjana Saxena
2006 Jawani Diwani: A Youthful Joyride Roma Fernandes
Zinda Nisha Roy
Tom, Dick, and Harry Celina
Apna Sapna Money Money Saania
2007 Red: The Dark Side Anahita Saxena
Shakalaka Boom Boom Sheena
Heyy Babyy - Maxsus koʻrinish
2008 C Kkompany - Maxsus koʻrinish
Money Hai Toh Honey Hai Shruti
Golmaal Returns Meera mena
2009 Paying Guests Kalpana
Accident on Hill Road Sonam Chopra
2010 Hello Darling Candy Fernandes
2011 Thank You Maya
Shrimathi Sonia Kannada filmi
2012 Will You Marry Me? Vaishali Maxsus koʻrinish
2020 Seasonʼs Greetings Romita

Manbalar tahrir

  1. Webonautics. „Celina Jaitly (Actress) – Official website – www.celinajaitlyofficial.com“. celinajaitlyofficial.com. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyul.
  2. „I am unlucky in love: Celina“. The Hindu (2008-yil 25-noyabr). 2010-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-may.
  3. Gavin Rasquinha, Reagan. „On your guard“. The Times of India (2006-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 13-may.
  4. „Miss Universe Pageant Palace – Where the Miss Universe Really Reigns!“. missuniversepageantpalace.50megs.com. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
  5. „At 32, Celina Jaitley is on top of the world“. NDTV (2013-yil 23-noyabr).
  6. Khan. „Film production’s tougher than acting: Celina Jaitley“. The Times of India (2012-yil 8-noyabr).
  7. „'Accident...' will show another side of me: Celina“. The Indian Express (2009-yil 26-dekabr). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-fevral.
  8. Subhash K Jha. „Actress Celina is shocked over public apathy“ (2008-yil 10-may). 2012-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-fevral.
  9. 9,0 9,1 Vajir Singh and Hiren Kotwani. „Bollywood beauties chant I-Day mantra“. Hindustan Times (2008-yil 14-avgust). 2010-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-fevral.
  10. „Celina Jaitly's father passes away due to prolonged illness“ (en). News Nation English. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  11. „Celina Jaitley“. The Times of India (2002-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2008-yil 11-noyabr.
  12. „Biography“. India celebrity.
  13. „Biography“. Filmi beat.
  14. Bhandari, Geetika Sasan. „How ice hockey made Jaswinder into Jazzy“. The Times of India (2001-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-fevral.
  15. „Celina Jaitly“. The Times of India. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.[sayt ishlamaydi]
  16. „Archived copy“. 2014-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-may.
  17. „The game that never began“. Rediff.com.
  18. „Celina Jaitly“. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
  19. „Celina to tie the knot in Egypt“. The Times of India (2011-yil 9-yanvar). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-yanvar.
  20. „Celina Jaitly welcomes her second set of twins but the announcement is "bittersweet"“ (2017-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.