Chala maymunlar (Prosimii) maymunlar kenja turkumi. Tuzilishi va gavda oʻlchami har xil. Koʻpchiligining keyingi oyoqlari oddingilariga nisbatan uzun. Juni qalin, yumshoq. Koʻz kosalari bir biridan uzoqroqda joylashgan. Burun teshigi burnining uchki qismiga vergulsimon ochiladi. Sut bezlari soʻrgʻichlari 1—3 juft, tishlari 18—38 ta. Miyasi burmalari nisbatan kam. 6 oila 52 turi mavjud. Tropik Afrika (lorisimonlar), Madagaskar oroli (lemurlar, indriysimonlar, qoʻloyokdilar), Osiyo va Malayziya arxipelagida (tupayyasimonlar, lorisimonlar, uzuntovonlar) uchraydi: tungi yoki shomgi, kunduzgi hayvonlar. Koʻpchiligi daraxtda kichik guruh boʻlib, juft yoki yakka holda yashaydi. Hammaxoʻr, boʻgozlik davri 2— 5 oy, 1—4 (koʻpincha 1) ta bola tugʻadi. Lemursimonlar va lorisimonlar tutqinlikda ham kupaya oladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Chala maymunlar" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil