Chaldiron jangi (turkcha: Çaldıran Savaşı; 1514-yil 23-avgust) — Usmonlilarning Safaviylar ustidan qozongan hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlangan jang[9][10]. Jang natijasida Usmonlilar Sharqiy Onadoʻli va Shimoliy Iroq hududlarini Safaviylardan tortib olishgan. Gʻalaba Sharqiy Onadoʻliga (Gʻarbiy Armaniston) dastlabki Usmonlilar bosqinining boshlanishi boʻlgan. Shuningdek, ushbu jang natijasida Safaviylarning gʻarbga tomon bosqini toʻxtatilgan[11]. Chaldiron jangi 41 yillik halokatli urushning boshlanishi edi. U 1555-yilda Amasiya shartnomasi bilan yakunlangan. Mesopotamiya va Sharqiy Onadoʻli (Gʻarbiy Armaniston) Shoh Abbos I (15881629) davrida Safaviylar tomonidan qayta bosib olingan boʻlsada, 1639-yilgi Zuhob sulhiga koʻra, Usmonlilar qoʻliga butunlay oʻtgan[12].

Chaldiron jangi
Usmonli—Safaviy urushlari
Chehel Sotoundagi rasm
Chehel Sotoundagi rasm

Sanalar 23-avgust 1514-yil
Urush yeri Chaldiron,Janubiy Ozarbayjon
Natija Usmonli imperiyasi gʻalabasi[1],
Raqiblar
Usmonli imperiyasi Safaviylar davlati
Qoʻmondonlar
Sulton Salim I
Hasan Posho [2]
Hadım Sinan Posho
Shoh Ismoil I
Abdulboqiy Yazdiy 
Husayn Bek Shamlu 
Saru Pira Ustajlu 
Durmish Xob Shamlu
Nur-Ali Xalifa
Muhammad Xon Ustajlu 

Sayyid Sharifiddin Ali Sheroziy 
Sayid Sadriddin
Kuchlar
60,000[3]
yoki 100,000[4][5]
100-150 toʻp[6] yoki 200 toʻp va 100 oʻqotar qurollar[2]
40,000[7][5]
yoki 55,000[8]
yoki 80,000[4]
Yoʻqotishlar
Ogʻir yoʻqotishlar Ogʻir yoʻqotishlar
Map
Chaldiron jangi boʻlib oʻtgan joy xaritada

Usmonlilar jang maydonida 60000—100000 kishilik yaxshi qurollangan armiya hamda koʻplab ogʻir artilleriya qurollariga ega boʻlsa, Safaviylar qoʻshini 40000—80000 kishini tashkil etgan va shu bilan birga ularning ixtiyorida ogʻir artilleriya boʻlmagan. Safaviylar hukmdori Ismoil I jangda yaralanib, asirga tushishiga sal qolgan. Uning zavjalari Usmonli hukmdori Salim I tomonidan asirga olingan[13]. Bir nafari Salimning davlat arboblaridan biriga xotinlikka berilgan[14]. Ismoil bu magʻlubiyatdan keyin hukumat boshqaruvini[15] tark etadi va boshqa hech qachon harbiy yurishlarda qatnashmadi[11]. Gʻalabadan soʻng Usmonlilar Safaviylarga qarshi harbiy yurish maydonini kengaytirgan. Safaviylar poytaxti Tabrizni qisqa muddat bosib olishgan. Davlat xazinasini butunlay talon-toroj qilishgan[16][17].

Tarixi tahrir

Ilgari Sulton Salim I bir necha bor Safaviylarga qarshi kurashgan. 1505-yilda Shoh Ismoilning akasi boshchiligidagi Safaviylar qoʻshinini magʻlub etib, mamlakat hududidan quvib chiqargan, koʻplarini qirgʻin qilgan[18][19]. 1507-yilda Arzinjon jangida Shoh Ismoil Usmonlilar yerlari boʻylab Dulqodiriylarga hujum boshlagandan soʻng,Sulton Salim Arzinjonga yurish qilib, Shoh Ismoil tomonidan unga qarshi yuborilgan Safaviylar qoʻshinini magʻlub etdi[20][21]. U 1510-yil Trabzon yurishida Safaviylarga qarshi yana bir bor kurash olib borib, Shoh Ismoilning akasi ustidan gʻalaba qozonadi[22].

Salim I Usmonli imperiyasi taxti uchun akalariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. Taxtni egallagandan soʻng oʻz eʼtiborini unga qarshi Usmonli sulolasining boshqa aʼzolari tomonidan gijgijlangan qizilboshlilar qoʻzgʻatgan ichki tartibsizliklarga qaratadi. Sulton Salim Ismoil va qizilboshlarni „kofirlar va bidʼatchilar“, deya hisoblovchi fiqhiy fikrga ega boʻlgan, shuningdek, shoh Ismoilni dindan chiqishda ayblagan[23].

Muhammad alayhissalomning solih ummatini oʻz makkor irodangga boʻysundirding va iymonning mustahkam poydevoriga putur yetkazding. Sizlar tajovuz yoʻlida zulm bayrogʻini koʻtardingiz. Endi esa Ilohiy Qonunning amr va taqiqlariga amal qilmayapsiz. Siz oʻzingizning jirkanch shia oqimingizni qonuniy boʻlmagan jinsiy birlashuvga va begunohlar qonini toʻkishga undayapsiz.

Salim yurishni boshlashidan oldin, Onadoʻlidagi 40000 ga yaqin Qizilboshlar „isyonkor xatti-harakatlari uchun jazo sifatida“ qatl qilishni buyurdi[24]. Shuningdek, Usmonli Sultoni Eron ipagining oʻz davlatiga olib kirilishini taqiqladi[25].

Salim I tomonidan urush eʼlon qilish xat shaklida yuborilgan[26].

Men, buyuk Sulton, zulmda Zahhok va Afrosiyob kabi, soʻnggi Doro singari halokat ila yuzlashmoqqa mahkum fors qoʻshinlari bosh qoʻmondoni, Amir Ismoil senga yuzlanaman.

Salim I sharqqa yurishini boshlaganda, Safaviylar Buxoro xonligi tomonidan bosqinga uchraydi. Ikki frontda urushga kirmaslikka uringan Ismoil gʻarbda Salimga qarshi kuydirilgan yer taktikasini qoʻllaydi[27]. Arman togʻlari orqali musulmonlarga qarshi yurishlari sababli sulton Salimdan oʻz qoʻshini ham norozi boʻladi. Hattoki, yanicharlar sultonning chodiriga yaqin kelib norozilik bildirishgan. Safaviylar qoʻshini Chaldironda toʻplanganidan xabar topgan Salim tezda Ismoil bilan jangga kirishadi[28].

Jang tahrir

Usmonli imperiyasi askarlari (XVII asr miniatyurasi)
Shoh Ismoil Chaldiron jangida, „Tarixi Jahonkushoyi Xoqon Sohibqiron“ asaridan
Chaldiron jangi boʻlib oʻtgan maydonda qurilgan yodgorlik

Usmonlilar aravalar toʻsigʻi orqasida ogʻir artilleriya va porox qurollari bilan jihozlangan minglab yanichalarni joylashtirdilar. Chaldironda oʻgir artilleriyasi boʻlmagan Safaviylar[29] Usmonli qoʻshinlari bilan jang qilish uchun otliqlardan foydalanishgan. Safaviylar markazda joylashgan Usmonli artilleriyasidan qochish uchun, dushman qoʻshinining qanot qismiga hujum qildilar. Biroq, Usmonlilar artilleriyasi oʻylangandan koʻra tezroq harakat qildi. Shu sabab oʻlaroq Safaviylar halokatli yoʻqotishlarga duch kelishdi[30]. Usmonlilarning ilgʻor qurollari (yanicharlar qoʻllagan toʻp va mushketlar) jangning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Chunki faqatgina anʼanaviy qurollar bilan taʼminlangan Safaviy qoʻshinlarining ancha qismi shu qurollar orqali yoʻq qilingan[31].

Natija tahrir

Usmonlilar ushbu gʻalabadan soʻng, 7-sentyabr kuni Safaviylarning poytaxti Tabrizni egallab oldilar hamda shaharni talon-toroj qildilar[11]. Oʻsha haftaning juma namozi paytida butun shahardagi masjidlarda sulton Salim I nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan[32]. Ammo, Salim I yanichalar oʻrtasidagi ziddiyatlar tufayli boshqa harbiy yurish qila olmadi[11]. Usmonlilar imperiyasi Sharqiy Onadoʻlini (Gʻarbiy Armaniston) va Shimoliy Mesopotamiyani Safaviylardan tortib oldi. Biroq, keyingi oʻn yilliklar davomida bu hududlar hukmronlari bir necha marta almashgan[33].

 
Shoh Ismoilning Chaldiron jangida qoʻlga kiritilgan shaxsiy buyumlari. Koʻza va kamarga Ismoil nomi yozilgan. Kamarda uni yasagan inson Enverullohning ismi ham yozilgan. Toʻpqopi saroyi. Istanbul

Salim I tomonidan oʻlja sifatida qoʻlga olingan Ismoilning ikki xotini va butun harami sababli[34][11], Shoh Ismoil siqilib, mayxoʻrlikka ruju qoʻyadi[35], irodasi sinadi[36]. Oʻziga boʻlgan ishonchning yoʻqolishi tufayli hukumat va harbiy ishlarda ishtirok etishni toʻxtatadi[37][11][38].

Salim I Shoh Ismoilning xotinlaridan birini oʻz qoʻlida xizmat qiluvchi qozilardan biriga nikohlaydi. Shoh Ismoil Salim I ga toʻrt nafar elchi bilan birgalikda sovgʻalar, shuningdek, oldingi nomalardan farqli oʻlaroq, xotinini qaytarib olish ilinjida, unga maqtov soʻzlari yozilgan xatlar yuborgan. Hukmdor Salim I esa, oʻz navbatida shoh Ismoilning zavjasini qaytarib berish o‘rniga elchilarning burunlarini kesib, ortlariga qaytarib yuboradi[39].

Chaldirondagi magʻlubiyatdan soʻng, Safaviylar imperiyasi ichki ishlar tizimida keskin oʻzgarish sodir boʻladi. Oʻshandan keyin oʻqotar qurollar qoʻshinning ajralmas qismiga aylandi. Ismoilning oʻgʻli Tahmasp I keyingi janglarda toʻplardan foydalana boshlaydi[40][41][42].

Chaldirondagi gʻalabali jangdan soʻng, Salim I Mamluklar sultonligiga qarshi jang qilish uchun oʻz qoʻshinlarini janubga tashlaydi (Usmonli—Mamluk urushi, 15161517)[43].

Jang maydoni tahrir

Jang boʻlib oʻtgan joy Chala Ashaqi qishlogʻi yaqinida, Siyah Cheshmeh shahridan gʻarbda, Maku janubida, Qareh Ziyaeddindan shimolda joylashgan. 2003-yilda jang maydonida katta g‘ishtin gumbazli bino qurilgan hamda Safaviylarning asosiy qo‘mondonlaridan biri Seyid Sadriddin haykali o‘rnatilgan[44][45]

Iqtiboslar tahrir

Jangdan keyin Salim Ismoil haqida shunday degan[46]:

U har doim aqlini yoʻqotadigan darajada mast va davlat ishlariga mutlaq beparvo edi.

Mirzo Muhammad Haydar Duglat[47]:

… Oʻsha paytda Shoh Ismoil Iroqqa qaytib keldi va u yerda Rum sultoni Sulton Salim tomonidan bir necha yuz ming kishilik qoʻshin bilan hujumga uchradi. Shoh Ismoil uni 30000 kishilik qoʻshin bilan kutib oldi va qonli jang boʻlib, undan bor-yoʻgʻi olti kishi bilan qochib qutuldi, qolgan qoʻshinlari Rumlik Salim tomonidan yoʻq qilindi. Sulton Salim bundan keyin boshqa bu yerga bosqinchilik qilmadi, Rumga qaytdi, Shoh Ismoil davlati esa parchalanib,(qoʻshinlari ham) tarqalib Iroqda qoldi. Bu voqeadan koʻp oʻtmay Shoh vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Shoh Tahmasp keldi. Bu Shoh ham bir necha marta Rum lashkarining zarbalariga duchor bo'lgan. Bundan tashqari, u Rumlikdan qo'rqib oʻz dinini targʻib qila olmadi va otasining ishlarini davom ettira olmadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East. ABC-CLIO, 2010 — 483 bet. ISBN 978-1851096725. 
  2. 2,0 2,1 Savory 2007, s. 42.
  3. Keegan & Wheatcroft, Whoʻs Who in Military History, Routledge, 1996. p. 268 „In 1515 Selim marched east with some 60,000 men; a proportion of these were skilled Janissaries, certainly the best infantry in Asia, and the sipahis, equally well-trained and disciplined cavalry. […] The Persian army, under Shah Ismail, was almost entirely composed of Turcoman tribal levies, a courageous but ill-disciplined cavalry army. Slightly inferior in numbers to the Turks, their charges broke against the Janissaries, who had taken up fixed positions behind rudimentary field works.“
  4. 4,0 4,1 Encyclopedia of the Ottoman Empire, ed. Gábor Ágoston,Bruce Alan Masters, page 286, 2009
  5. 5,0 5,1 McCaffrey 1990, ss. 656–658.
  6. Ágoston, Gábor (2014). "Firearms and Military Adaptation: The Ottomans and the European Military Revolution, 1450–1800". Journal of World History 25: 110. doi:10.1353/jwh.2014.0005. 
  7. Roger M. Savory, Iran under the Safavids, Cambridge, 1980, p. 41
  8. Keegan & Wheatcroft, Whoʻs Who in Military History, Routledge, 1996. p. 268
  9. Ira M. Lapidus.
  10. Mustafa Çetin Varlık (1988—2016). „ÇALDIRAN SAVAŞI Yavuz Sultan Selim ile Safevî Hükümdarı Şah İsmâil arasında Çaldıran ovasında 23 Ağustos 1514’te yapılan meydan savaşı“. TDV Encyclopedia of Islam (44+2 vols.) (in Turkish). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Mikaberidze 2015.
  12. Leslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.
  13. The Cambridge History of Iran, ed.
  14. Leslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.
  15. Moojan Momen, An Introduction to Shiʻi Islam: The History and Doctrines of Twelver Shiʻism, (Yale University Press, 1985), 107.
  16. Leslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.
  17. Aktürk, Ahmet Serdar (2018). „Family, Empire, and Nation: Kurdish Bedirkhanis and the Politics of Origins in a Changing Era“. Journal of Global South Studies. 35 (2): 393. doi:10.1353/gss.2018.0032. ISSN 2476-1419. S2CID 158487762.
  18. God’s Shadow: The Ottoman Sultan Who Shaped the Modern World.
  19. Tucker, Spencer C., ed. (2010). A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East. ABC-CLIO. p. 483. ISBN 978-1851096725.
  20. The Last Muslim Conquest: The Ottoman Empire and Its Wars in Europe.
  21. Matthee, Rudolph (Rudi). „Safavid Persia:The History and Politics of an Islamic Empire“. Retrieved 26 May 2014.
  22. Osmanʼs Dream.
  23. Caroline Finkel, Osmanʼs Dream, 105.
  24. McCaffrey 1990.
  25. Caroline Finkel, Osmanʼs Dream, 105.
  26. "The Encyclopaedia Britannica; A Dictionary of Arts, Sciences, and General Literature Volume 18.". Encyclopaedia Britannica. 18. 1894. p. 635. 
  27. Caroline Finkel, Osmanʼs Dream, 105
  28. Caroline Finkel, Osmanʼs Dream, 106.
  29. Floor 2001.
  30. Andrew James McGregor, A Military History of Modern Egypt: From the Ottoman Conquest to the Ramadan War, (Greenwood Publishing, 2006), 17.
  31. Caroline Finkel, Osmanʼs Dream, 105.
  32. Mikhail, Alan. God's Shadow: Sultan Selim, His Ottoman Empire, and the Making of the Modern World. Liveright, 2020. ISBN 978-1631492396. 
  33. Mikhail, Alan. God's Shadow: Sultan Selim, His Ottoman Empire, and the Making of the Modern World. Liveright, 2020. ISBN 978-1631492396. 
  34. The Cambridge history of Iran, ed.
  35. The Cambridge history of Islam, Part 1, ed.
  36. The Cambridge History of Islam, Part 1, By Peter Malcolm Holt, Ann K. S. Lambton, Bernard Lewis, p. 401.
  37. Elton L. Daniel, The History of Iran (ABC-CLIO, 2012) 86
  38. Elton L. Daniel, The History of Iran (ABC-CLIO, 2012) 86
  39. Mikhail, Alan. God's Shadow: Sultan Selim, His Ottoman Empire, and the Making of the Modern World. Liveright, 2020. ISBN 978-1631492396. 
  40. Gunpowder and Firearms in the Mamluk Sultanate Reconsidered, Robert Irwin, The Mamluks in Egyptian and Syrian politics and society, ed.
  41. Matthee. „Safavid Persia:The History and Politics of an Islamic Empire“. Qaraldi: 2014-yil 26-may.
  42. Matthee, Rudolph (Rudi). „Safavid Persia:The History and Politics of an Islamic Empire“. Retrieved 26 May 2014.
  43. Faroqhi, Suraiya. The Ottoman Empire: A Short History. Markus Wiener Publishers, 20 January 2018. ISBN 9781558764491. 
  44. Gunpowder and Firearms in the Mamluk Sultanate Reconsidered, Robert Irwin, The Mamluks in Egyptian and Syrian politics and society, ed.
  45. Morgan, David O. The New Cambridge History of Islam Volume 3. The Eastern Islamic World, Eleventh to Eighteenth Centuries. Cambridge: Cambridge U, 2010. p.210 „Although the Safavids experienced military defeat at Chāldirān, the political outcome of the battle was a stalemate between the Ottomans and Safavids, even though the Ottomans ultimately won some territory from the Safavids. The stalemate was largely due to the ‘scorched earth’ strategy that the Safavids employed, making it impossible for the Ottomans to remain in the region“
  46. Rudi Matthee, The Pursuit of Leasure: Eron tarixida giyohvand moddalar va stimulyatorlar, 1500-1900 , (Princeton University Press, 2005), 77
  47. N. Elias (ed.). The Tarikh-i-Rashidi. Translated by E. Denison Ross. p. 247.

Adabiyotlar tahrir

  • Yves Bomati and Houchang Nahavandi,Shah Abbas, Emperor of Persia,1587-1629, 2017, ed. Ketab Corporation, Los Angeles, ISBN 978-1595845672, English translation by Azizeh Azodi.
  • Floor, Willem (2001). Safavid Government Institutions. Costa Mesa, California: Mazda Publishers. ISBN 978-1568591353.
  • McCaffrey, Michael J. (1990). „ČĀLDERĀN“. Encyclopaedia Iranica, Vol. IV, Fasc. 6. pp. 656-658.
  • Mikaberidze, Alexander (2015). Historical Dictionary of Georgia (2 ed.). Rowman & Littlefield. ISBN 978-1442241466.
  • Savory, Roger (2007). Iran Under the Safavids. Cambridge: Cambridge University Press. ISBN 978-0521042512.