Chandler Blue Isip McDaniel (1998-yil, 4-fevralda tug'ilgan)[1] - asli amerikada tug'ilgan filippinlik futbolchi, Filippin ayollar terma jamoasida hujumchisi sifatida o'ynaydi.

Chandler McDaniel
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Chandler Blue Isip McDaniel
Tavallud sanasi 4-fevral, 1998-yil
Tavallud joyi Qo'shma shtatlar
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Hujumchi va yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Golden State

Yoshligi

tahrir

McDaniel Kaliforniyaning Orange shahrida Pampanga va Davao City bilan aloqasi bo'lgan filippinlik Lindi va futbol murabbiyi bo'lib ishlaydigan Klint oilasida tug'ilgan.[2] U Norko o'rta maktabining ayollar jamoasida o'ynagan.[3]

Kollej karyerasi

tahrir

Kollejda McDaniel Virginia Tech Hokies va keyinchalik Milwaukee Panthers jamoasida o'ynagan. U 2016-yilda Virjiniya Politexnika Institutiga birinchi kurs talabasi sifatida o'qishga kirdi va 2017-yilda ikkinchi kursga qadar „Hokies" jamoasida o'ynadi. Keyinchalik u Viskonsin-Miluoki universitetiga o'tdi va o'zining yoshlar va kattalar (2018-19) „Miluoki Panthers" tarkibida 37 o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan.[1][4]

Xalqaro martaba

tahrir

McDanielning Filippin ayollar terma jamoasidagi ilk uchrashuvi 2021-yil, 18-sentyabr kuni Filippinning Nepal ustidan 2-1 hisobida gʻalaba qozongan OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi-2022 saralash bosqichida boʻlgan. McDaniel jamoadoshlari Tahnai Annis va Camille Wilsonning gollariga hissa qo'shdi va o'yinning so'nggi daqiqalarida Nepalning bir to'p farqi bilan ustunligini yo'qqa chiqardi.[5] U oʻzining ilk golini Filippinda 2021-yil, 24-sentyabr kuni Gonkongga qarshi 2-1 hisobi bilan yakunlangan o'yinda kiritdi va uning goli oʻz mamlakatiga Osiyo Kubogiga yoʻllanmani taqdim etdi.[6]

McDaniel avvalroq 2018-yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogida Filippinni himoya qilish uchun chaqirilgan edi, ammo yakuniy tarkibda emas edi.[7][8] U shuningdek, 2016-yilgi AFF ayollar chempionati uchun Filippin milliy sinovlarida qatnashgan.[9] U 2022-yilgi OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida ishtirok etdi va u oʻz jamoasini 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga saralashda yordam berdi, ammo bu jarayonda jiddiy jarohat oldi.[10]

Xalqaro o'yindagi gollari

tahrir
Ballar va natijalar birinchi bo'lib Filippinning gollari ro'yxatini ko'rsatadi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 24-sentyabr, 2021-yil JAR stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Gonkong
2–1
2–1
2022-yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralashi
2. 2022-yil, 21-yanvar DY Patil stadioni, Navi Mumbay, Hindiston Tailand
1–0
1–0
2022-yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi

Shaxsiy hayoti

tahrir

Chandlerning ukalari ham futbolchi. Uning opasi Olivia Filippin terma jamoasining zaxira darvozaboni, ukasi Griffin esa Filippinning Stallion Laguna klubida o'ynagan.[5]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 "Chandler McDaniel - 2019 - Women's Soccer". Milwaukee Athletics. Retrieved September 22, 2021.
  2. „McDaniel sisters’ World Cup berth a testimony to their love of the game, parents say“. ABS-CBN News (3-fevral 2022-yil). Qaraldi: 3-fevral 2022-yil.
  3. „GIRLS SOCCER: Norco’s Chandler McDaniel has a busy year ahead“. Press Enterprise (14-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  4. „Virginia Tech women's soccer adds three recruits for 2016“ (en). SoccerWire. Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  5. 5,0 5,1 Naredo, Camille. „Football: McDaniel has debut to remember for Malditas“ (en). ABS-CBN News (20-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  6. del Carmen, Lorenzo. „Clutch McDaniel goal vs HK lifts PWNFT to Asian Cup“. Tiebreaker Times (24-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2021-yil.
  7. Carlton, Jimmy. „Three local players will try to help Philippines qualify for Women's World Cup“. OnMilwaukee (28-fevral 2018-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  8. „Group A - Final squad list“. the-afc.com (29-mart 2018-yil). Qaraldi: 29-mart 2018-yil.
  9. Montayre, Mia. „RP Women gearing up for ASEAN meet“. Tiebreaker Times (18-iyun 2016-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  10. „Football: PWNFT's Chandler McDaniel vows comeback from 'major injury'“. ABS-CBN News (17-fevral 2022-yil). Qaraldi: 17-fevral 2022-yil.