Davao
Fillippindagi shahar
Davao — Filippindagi shahar. Davao provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mindanao oroldagi Davao buxtasidagi port. Xalqaro aeroport bor. Aholisi 1,1 mln. kishi (2000). Abaka yetishtiriladigan va ularga ishlov beriladigan rayonning muhim markazi hamda Mindanao o.ning asosiy savdo shahri. Yogʻoch-sozlik, oziq-ovqat sanoati korxona-lari bor. D. orqali chetga abaka, kopra va yogʻochtaxta chiqariladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |