Chap oshqozon venasi oshqozonning kichik egriligiga qarab yoʻnalgan oshqozonning kichik venalari qoʻshilishidan hosil boʻladigan vena[1].

Tuzilishi

tahrir

Chap oshqozon venasi oshqozonning kichik egriligi boʻylab oʻngdan chapga yoʻnaladi. Oshqozonning qiziloʻngach teshigiga yoʻnalib, u yerda qiziloʻngach venalari ushbu venaga quyiladi. Keyin orqaga burilib, charvi qopchasi orqasida chapdan oʻngga oʻtadi. Oshqozon osti bezining yuqori chegarasi yaqinida darvoza venasiga quyiladi[2].

Funksiyasi

tahrir

Chap oshqozon venasi oshqozonning kichik egriligidan kislorodsiz qonni olib ketadi. Shuningdek, u portal vena va qiziloʻngachning pastki qismi venoz tizimi (toq vena) oʻrtasida kollateral vazifasini bajaradi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Hackert, T; Weitz, J; Büchler, MW (April 2015). "Reinsertion of the gastric coronary vein to avoid venous gastric congestion in pancreatic surgery.". HPB 17 (4): 368–70. doi:10.1111/hpb.12321. PMID 25059096. PMC 4368403. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4368403. 
  2. Chiva, Luis M.; Magrina, Javier (2018-01-01), Ramirez, Pedro T.; Frumovitz, Michael; Abu-Rustum, Nadeem R. (muh.), „Chapter 2 - Abdominal and Pelvic Anatomy“, Principles of Gynecologic Oncology Surgery (inglizcha), Elsevier, 3–49-bet, doi:10.1016/b978-0-323-42878-1.00002-x, ISBN 978-0-323-42878-1, qaraldi: 2021-01-24
  3. Snell, Richard S.. Clinical Anatomy By Regions, 9th, Wolters Kluwer, 2012 — 194–195-bet. ISBN 978-1-60913-446-4.