Momaqaldiroq energetikasi
(Chaqmoq energiyasidan yoʻnaltirildi)
Momaqaldiroq energetikasi - chaqmoq energiyasini tutib olib, elektr tarmog‘iga yo‘naltirish orqali energiya hosil qilish usuli. Energetikaning bu turi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi va muqobil energiya manbalari qatoriga kiradi.
Momaqaldiroq faolligini o‘rganish
tahrir2006-yilda NASA ning "Tropik bo‘ronlarni o‘lchash missiyasi" sun’iy yo‘ldoshi bilan ishlaydigan mutaxassislar sayyoraning turli hududlaridagi momaqaldiroqlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ba’zi hududlarda yil davomida har bir kvadrat kilometr maydonda 70 tagacha chaqmoq urilishi kuzatilishi aniqlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „NASA — NASA Satellite Identifies the World’s Most Intense Thunderstorms“. 2011-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
Havolalar
tahrir- Fiziklar chaqmoqni boshqarish usulini topdilar // Vesti – Nauka, 13-noyabr, 2020-yil