Charles H. Townes
Charles Townes (1915.28.7, Grinvill, Janubiy Karolina) — amerikalik fizik, kvant elektronika asoschilaridan biri. Grinvild (1931—37), Kaliforniya texnologiya instituti (1937—39) da oʻqigan. Kolumbiya universitetida (1948-yildan; 1950-yildan professor), Massachusets texnologiya institutida (1961—66 yildan professor) ishlagan. Kaliforniya universitetida fizika boʻlimi boshligʻi (1967-yildan). Asosiy ilmiy ishlari kvant elektronikaga oid. N.G.Basov va A.M.Proxorovdan mustaqil tarzda birinchi kvant generatori — mazerni yaratgan (1954). Amerikalik fizik A.Shavlov bilan birgalikda optik kvant generatori — lazernm yaratish mumkinligini asoslab bergan (1958). Kvant elektronika va chizikli boʻlmagan optika usullarini astrofizikata qoʻllab, boshqalar bilan hamkorlikda kosmosdagi mazer effektini ochgan (1969). Nobel mukofoti laureati (1964; Nikolay Basov va Aleksandr Proxorov bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |