Charos Qayumova (tugʻ. 1999-yil 1-iyul) — oʻzbeklik taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2021-yilgi Osiyo chempioni, 2022-yilgi taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 2019-yilgi Jahon Harbiy oʻyinlarida chempioni.

Charos Qayumova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1-iyul 1999-yil (1999-07-01) (24 yosh)
Sport
Qaysi sport taekvondo
Sport mukofotlari
Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati
Oltin Bayrut 2021 53 kg gacha
Kumush Chuncheon 2022 53 kg gacha
Jahon Harbiy oʻyinlari
Oltin Uxan 2019 53 kg gacha

Faoliyati tahrir

2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida u ayollar oʻrtasida 57 kg gacha vazn toifasida chiqish qilgan. U birinchi uchrashuvida gʻalaba qozondi, keyin esa keyingi bahsda Tailand sportchi Vipawan Siripornpermsakga imkoniyatni boy berdi[1]. Oʻsha yili Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati gʻolibi boʻldi[2].

2019-yilda Manchesterda (Birlashgan Qirollik) Taekvondo boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi, ammo magʻlub boʻldi. Oʻsha yili Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida u 53 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[3]. Keyin birinchi davrada „Katta Dubulgʻa“ turnirda magʻlub boʻldi[4].

2021-yilda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos Qayumova 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida Xitoy Respublikasi sportchi Su Po-yani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[5][6]. 2022-yilda Eronda „Fajr Open“ xalqaro musobaqasi 53 kg gacha vazn toifasida Charos Qayumova finalga qadar etib bordi va eronlik taekvondochi Nahid Kiyanichandehga 6:7 hisobida yutqazib qoʻyib, kumush medal sohibasiga aylandi[7].

2022-yilda 24-iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida eronlik sportchi Nahid Kiyanchandehni yutqazib, kumush medalini qoʻlga kiritdi[8].

Manbalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 4-iyul, 2022-yil(2022-07-04) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.