Cheburashka Cheburashka – 2022-yilgi rus oilaviy komediya filmi, rejissyor Dmitriy Dyachenko tomonidan zamonaviy dunyoga kirib kelayotgan Cheburashka ismli quloqli hayvon haqida. Film Eduard Uspenskiyning ekran uchun yaratilgan hikoyalari emas unda yangi personajlar va ishlanmalardan foydalanilgan[1]. Kinofilm gʻoyasi 2020-yilda paydo boʻlgan, ammo suratga olish 2021-yil boshida boshlangan[2][3][4][5][6][7].

Tashqi mediafayllar

Film premyerasi 2022-yil 23-dekabr „Oktyabr“ kinoteatrida boʻlib oʻtdi[8]. Rossiyada bu filmning omma uchun katta taqdimoti 2023-yil 1-yanvarda boʻlib oʻtdi[9]. Uch kun ichida film oʻzining dastlabki byudjeti 850 million rublni toʻladi va keyinchalik butun Rossiya tarixidagi prokati eng yuqori daromad keltiruvchi filmga aylandi[10] va jurnalistlarning turli xil ijobiy fikrlarini oldi[11].

Film syujeti

tahrir

Film Ispaniyadagi apelsin plantatsiyasida boshlanadi, fermerlar apelsinlarni yigʻib yurishar edi, yangi apelsinlarni isteʼmol qilishni yaxshi koʻradigan va apelsinlarni koʻp miqdorda plantatsiyadan oʻgʻirlaydigan katta tukli quloqli hayvon paydo boʻladi. Kunlar oʻtib dehqonlarning toqadlari toq boʻlib, uni tutishga qaror qilishadi. Apelsin shaklidagi tuzoq yordamida ular hayvonni tutishga muvaffaq boʻlishadi. Biroq, toʻsatdan tornado boshlanib, hayvonchaniva oʻzi bilan birga barcha apelsinlarni uchirib yuboradi, fermerlar boʻlsa qochishga muvaffaq boʻlishadi.

Ayni paytda, Rossiyaning Qora dengiz qirgʻogʻida, ogʻir bosiq chol Gena (Timsoh Gena prototepi) dendro parkida bogʻbon boʻlib ishlamoqda va allaqachon katta boʻlgan qizi Tanya bilan uzoq vaqtdan beri munosabatlarini tiklashga harakat qilmoqda. U Otasini laʼnatlagan va uni haydab yuborgan edi, chunki onasi Lyuba vafot etganidan keyin uni xolasi bilan yashashga tashlab ketgan edi. Tanya eri Tolya, oʻgʻli Grisha bilan birgalikda eng mazali shokolad sotadigan mini-doʻkonda yashashardi. Hozir har yili oʻtkaziladigan festivalga tayyorgarlik koʻrmoqda edilar. Qolaversa, Gena ayni vaqtda yanada qoʻpollashib, Rimmani (Shokolad fabrikaning prototepi qariya Shapoklyak) haqorat qilgani sababli, uni ishdan boʻshatishlari bilan hayoti yanada ogʻirlashadi. Shahar uzra Ispaniyadan olib kelingan apelsin doʻli boshlanganda, apelsinlar bilan birga hayvonning oʻzi ham bu shaharchaga kelib qoldi. Hayvoncha Genaning uyiga kirib, toʻq sariq dubulgʻani katta apelsin deb oʻylab, uni poʻstlogʻini archishga harakat qiladi va xonadagi hamma narsani sindirib tashlaydi, shundan soʻng u Genaning qoʻliga tushadi. Avvaliga Gena hayvonga qarshilik koʻrsatadi va undan qutulish uchun har xil choralarni qoʻllaydi, lekin vaqt oʻtishi bilan unga koʻnikishni boshlaydi va koʻpchilikning oldida uni „Belarus choʻpon iti“ deb ataydi.

Bir marta, Gena Tanyaning soqov oʻgʻli Grishaning tugʻilgan kunida uylariga tashrif buyurib, nabirasini tabriklash va qizidan oʻtmish uchun kechirim soʻrash uchun kelganida, hayvon ham u erga keladi. Grisha bu turdagi hayvonga koʻrib hayron qoladi, birinchi marta gapira boshlaydi. Hayvon juda aqlli boʻlib chiqadi: u bir harakatda Valeriyni shaxmat oʻyinida magʻlub qiladi va Grisha tufayli rus tilida gapirishni oʻrganadi. Shundan soʻng, Gena unga turli xil kitoblarni oʻqishni oʻrgatishni boshlaydi va shu hayvon tufayli Grisha Gena boboning oldiga borishni xohlaydigan boʻlib qoladi. Tanya otasi bilan yana gaplasha boshlaydi. Bu vaqtda Rimmaning yordamchisi Larion (prototipi – Lariska, kalamush Shapoklyak) Tanyadan oshpazlik kitobini oʻgʻirlaydi, Tanya eri bilan bilan birgalikda bu kitob bilan shokolod pishirib sotayotgan edi. Oʻgʻirlik haqida bilib, Tanya shirinliklar festivalida qatnashishdan bosh tortmoqchi boʻladi. Gena doʻsti Valeriy bilan Rimmaning uyiga kelib, kitobni qaytarib berishni talab qiladi. Rimma injiq nabirasi Sonyaga juda yoqqan hayvonchani berish sharti bilan kitobni qaytarishga rozi boʻladi.

Genaning kitob evaziga hayvonni berishdan boshqa chorasi qolmaydi. Gena yoʻlda yosh Tanyani vaqtincha berishga majbur boʻlganini eslaydi. Gena retseptlar kitobini hayvonga almashtirishga va kitobni qiziga qaytarishga muvaffaq boʻladi. Biroq, hayvoncha uni kitob evaziga berganligini bilgach, otasidan avvalgidan koʻra nafratlana boshlaydi. Gena uzoq vaqtdan beri qilgan ishini kechira olmaydi va hayvonni Rimma uyidan olib chiqishga qaror qiladi. U uchta haqiqiy doʻsti – Valeriy, Gali va farroshdan yordam soʻraydi. Ular bilan birga ular Rimmaning uyiga yoʻl olishdi, lekin hayvoncha uyda emas edi. Sonya uni festevalga olib boradi, Rimma osmonda hammaga salom oʻrniga konfet yogʻiladigan raketani portlatib uchirishni rejalashtirmoqda edi.

Kechasi, hayvon chodirlardan birida qoldirilganida, Gena yashirincha kirib, u bilan qilgan ishi uchun quloqchadan kechirim soʻraydi, shundan soʻng u yoshligida nimalarga chidaganligi gapiradi. Uning ancha oldin vafot etgan rafiqasi Lyuba deltplanda uchish musobaqasida gʻalaba qozonishga urinib vafot etgandi u Tanyani xuddi shunday yoʻqotishdan qoʻrqdi, ammo hozirda u bundan juda chuqur afsusda edi. Hayvoncha Genani kechiradi, ular yarmarkani tark etishga qaror qilishadi. Kutilmaganda, Grisha osmonga uchib ketmoqchi boʻlgan shirinliklar toʻla raketa ichidan topiladi. Hayvoncha bolaga yordam berish uchun yugurib chiqib oladi va raketa portlashdan oldin u bilan birga pastga sakrab, soxta quloqlariga sirpanadi va odamlar ularni tutib olishga muvaffaq boʻlishadi.

Ertasi kuni hayvonchaning tugʻilgan kunini Genaning barcha doʻstlari va qarindoshlari, Tanya, Tolya va Grisha birgalikda nishonlashadi, chunki ular hayvonchani qachon tugʻilganini aniq bilishmasdi. Oʻsha vaqtda hayvoncha oʻzi oʻylab topgan ismini aytadi – Cheburashka, chunki u vaqti-vaqti bilan yiqilib, film davomida „chebura“ soʻzini baland ovozda aytardi. Rimma ham Cheburashkaning tugʻilgan kuniga keladi, u Gena va uning butun oilasidan raketa bilan sodir boʻlgan voqea uchun kechirim soʻraydi. Gena Rimmani kechiradi uni stolga oʻtirishga taklif qiladi, shundan soʻng u qoʻlda garmonikada „Afsuski, tugʻilgan kun yiliga bir marta“ qoʻshigʻini ijro etishni boshlaydi.

Aktyor Rol
Сергей Гармаш Геннадий Петрович (Гена) (прототипКрокодил Гена) bog`bon Геннадий Петрович (Гена) (прототипКрокодил Гена)
Ольга Кузьмина Чебурашка (ovozlashtirish) Чебурашка (ovozlashtirish)
Елена Яковлева Римма (прототип — Старуха Шапокляк) Shokolod fabrikasi rahbari Римма (прототип — Старуха Шапокляк)
Фёдор Добронравов Валерий Завгородний Валерий Завгородний Ajabtovur hayvonlar mutahasisi, Genaning do`sti
Полина Максимова Таня Таня Grishaning onasi, Genaning qizi
Сергей Лавыгин Толя Толя Grishani otasi, Tanyaning eri
Дмитрий Лысенков Ларион Ларион Rimmaning yordamchisi (прототип — Лариска, крыса Шапокляк)
Илья Кондратенко Гриша Гриша Tanya Tolyaning o`g`li
Ева Смирнова Соня Соня Rimmaning nevarasi
Софья Зайка Галя Галя Musqaymoq va suv sotuvchisi
Наталья Щукина Наталья Николаевна Наталья Николаевна Rahbar дендрария, Genaning boshlig`i
Жаннат Керимбаев Mardikor
Оливье Сиу oshpaz
Артём Быстров Genaning yoshligi Genaning yoshligi
Марина Коняшкина Люба Люба Genaning xotini, Tanyaning oyisi
Алиса Мынай Tanya yoshligi
Арсений Фогелев Qorovul
Константин Фадеев Василий Василий Rimmaning haydovchisi

Sovrinlar va mukofotlar

tahrir
  • „ Kumush kamonchi“ jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish sohasidagi milliy mukofotning "Shaxs " nominatsiyasidagi mukofoti[12].

Havolalar

tahrir
  1. „НАПРОЛОМ.КИНО: В сети появился первый тизер-трейлер фильма“. smotrim.ru. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  2. „Фильм Чебурашка (2022): дата выхода, трейлер, фото, актеры“ (ru). Комсомольская правда. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  3. „Любимый герой возвращается на экраны: начались съемки фильма "Чебурашка"“ (ru). Вести.ru (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  4. „Съемки полнометражного фильма про Чебурашку начнутся в 2021 году“. TACC. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  5. „Кто сыграет главную роль в художественном фильме про Чебурашку“. Российская газета (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  6. „Что известно про фильм «Чебурашка» с Сергеем Гармашом?“ (ru). AiF (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  7. „Гармаш сыграет крокодила Гену, а Чебурашка оживет в полнометражном фильме“ (ru). РИА Новости (20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  8. „Максимова с цветами в голове, уютная Елена Яковлева, Кузьмина с сыном: премьера фильма «Чебурашка»“. StarHit. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  9. „Премьеру семейной комедии о Чебурашке запланировали на 1 января 2023 года“. TACC. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  10. „Мнение эксперта: российскому кинопрокату потребуется минимум 10 фильмов уровня «Чебурашки» для выхода из кризиса“ (ru). Вестник лицензионного рынка. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  11. „Рецензии на фильм «Чебурашка» (2023)“. Критиканство. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  12. Маркина, Мира „«Чебурашка» получил премию «Серебряный лучник»“. Рамблер/кино (2023-yil 4-mart). Qaraldi: 2023-yil 4-mart.