Dengiz toshbaqalari

(Cheloniidaedan yoʻnaltirildi)

Dengiz toshbaqalari (Cheloniidae) — toshbaqalar oilasi. Suyri shaklidagi kosasi muguz qalqonlar bilan qoplangan boʻlib, 80 sm dan 1,4 m gacha, ogʻirligi 600 kg ga yaqin, boshi va kalta boʻyni kosasi ostiga toʻliq joylashmaydi. Oyoklari suzgich kurakka aylangan, ichkariga tortilmaydi; eshkaksimon (1—2 tirnoqli) oldingi oyoklari orqa oyoqlaridan uzunroq boʻlib, harakatlanish vazifasini bajaradi. 6 turi (4 urugʻi) tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan. Tez suzadi, chuqur shoʻngʻiydi. Oziq va koʻpa-yish joyini qidirib yuzlab va minglab km yoʻl bosadi. Faqat tuxum qoʻyish uchun urgʻochisi quruqlikka chiqadi, 200 va undan koʻproq terisimon poʻstli tuxum qoʻyadi. Mollyuska, baliq va suv oʻtlari bilan oziqlanadi. Eng yirik yashil, yaʼni shoʻrvalik toshbaqa (Chelonia medas)ning uz. 1,4 m, ogʻirligi 600 kg gacha. Goʻshti, tuxumi, kosasi uchun ovlanadi. Koʻp ovlanishi tufayli soni kamayib ketgan. Yirik D. t.ga loggerxed, yaʼni boshli toshbaqa (Caretta Caretta) kosasining uz. 1 m gacha, zaytun toshbaqasi, yaʼni tinch okean toshbaqasi (Lepidochelys olivacea) kosasining uz. 80 sm gacha, atlantika ridleyasi (L. Kempi) ham kiradi. D. t.ga bissani, baʼzan terili toshbaqa (Dermochelus sopasea)ni ham kiritishadi. Terili toshbaqa kosasi 2 m gacha, ogʻirligi 600 kg gacha boʻladi. Barcha turlari Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan.

Dengiz toshbaqalari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil