Cheryl Ann Tweedy (talaffuzi: Sheril Enn Tvidi; 1983-yil 30-iyunda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi va teleboshlovchisidir. Buyuk Britaniyaning Nyukasl shahrida tugʻilib oʻsgan[2]. 2002-yili ITV telekanalida efirga uzatilgan Popstars: The Rivals nomli isteʼdodlar shousida Girls Aloud guruhi tarkibida gʻolib boʻlgani ortidan shuhrat qozongan. Shu kungacha hammasi boʻlib toʻrtta studiyaviy albom chiqargan: 3 Words (2009), Messy Little Raindrops (2010), A Million Lights (2012) va Only Human (2014). Mazkur albomlarga kiritilgan „Fight for This Love“, „Promise This“, „Call My Name“, „Crazy Stupid Love“ and „I Donʼt Care“ kabi qoʻshiqlar Buyuk Britaniya singllar xit-paradida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan.

Cheryl

Cheryl Cannes film festivalida (2014)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Cheryl Ann Tweedy[1]
30-iyun 1983-yil (1983-06-30) (40 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • teleboshlovchi
Leybl
  • Polydor
  • Fascination
  • 3 Beat
Turmush oʻrtogʻi
  • Ashley Cole
    (turm. 2006; ajr. 2010)
  • Jean-Bernard Fernandez-Versini
    (turm. 2014; ajr. 2016)
Bolalari 1
Janr
Faoliyat yillari 2002—hozirgacha
Veb-sayt cherylofficial.com

Filmografiyasi tahrir

  • St Trinian's (2007)
  • What to Expect When You're Expecting (2012)
  • Four Kids and It (2020)

Diskografiyasi tahrir

  • 3 Words (2009)
  • Messy Little Raindrops (2010)
  • A Million Lights (2012)
  • Only Human (2014)

Turnelari tahrir

  • A Million Lights Tour (2012)

Manbalar tahrir

  1. Alexander, Ella. „Cheryl Cole changes her name to Cheryl Fernandez-Versini after marriage to Jean-Bernard“. The Independent. Independent Print Limited (2014-yil 15-iyul). 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  2. „Cheryl Cole“. AllMusic. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.

Havolalar tahrir