Fidokor koʻchasi (Toshkent)

(Chexov koʻchasi (Toshkent)dan yoʻnaltirildi)

Fidokor koʻchasi – Mirobod tumani hududida. Amir Temur shoxkoʻchasi va Mirobod koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.

Fidokor koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Uzunligi 2 km
Avvalgi nomlari Vladimir koʻchasi
Chexov koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi binosi
Eronning „Sadoratbank“i

Tarixi

tahrir

19-asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab chor Rossiyasi maʼmuriyati tomonidan Vladimir koʻchasi deb nomlangan. 1924-yil 19-yanvarda rus yozuvchisi Anton Chexov (1860-1904) nomi berilgan. 2015-yil noyabr oyida Fidokor koʻchasi deb oʻzgartirildi[1].

Binolar

tahrir

Yoʻnalishida Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi binosi, Eronning „Sadoratbank“i, „Perfektum“ kompaniyasi, tuman xalq sudi, 1-oilaviy poliklinika, „Tong“ korxonasi, „Toj“ restorani, Gyote nomidagi 60-sonli IDUM, harbiy atele, engil-sanoat kasb-hunar kolleji, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, dorixona, bogʻcha, tashqi reklama vositalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari, koʻp qavatli maʼmuriy va turar joy binolari va boshqalar joylashgan. Yoʻnalishida Taras Shevchenko koʻchasi bilan kesishgan[2].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „В Ташкенте переименован ряд улиц“. www.uznews.uz.
  2. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.