Mirobod koʻchasi – Mirobod va Yakkasaroy tumanlarini boglab turuvchi asosiy koʻchalardan biri. Nukus va Yusuf Xos Hojib koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida.

Mirobod koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Yakkasaroy
Uzunligi 4 km
Avvalgi nomlari Sapyorlar koʻchasi
D.Qunaev koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Mirobod dehqon bozori
„Grand Mir“ mehmonxonasi
Abdulla Avloniy uy-muzeyi
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining nemis tili fakulteti

1868-yil tashkil topgan. Koʻchada chor Rossiyasining sapyorlar bataloni joylashgani sababli, dastlab Sapyorlar koʻchasi deyilgan. 1994-yil 22-avgustda koʻchaga D.Qunaev nomi berilgan. 2005-yil 5-mayda joyning tarixiy nomi sifatida Mirobod nomi bilan atalgan[1].

Yoʻnalishida Mirobod dehqon bozori, „Aviabank“, „Kredit Standart“ banki, Oʻzbekiston xavo yoʻllari markaziy kassasi, notarial idora, "Grand Mir" mehmonxonasi, Abdulla Avloniy uy-muzeyi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining nemis tili fakulteti, shahar mudofaa boshqarmasi, "Vatanparvar" gazetasi tahririyati, koʻp qavatli turar joy va maʼmuriy binolar, „Grand raddus“, „Xarem“, „Perfetto“, „La shakar“, „Dugona“, „Oazis“ restoranlari, firma va kompaniya ofislari, savdo majmualari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.

Yaqinida Bangladeshning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, tuman xalq sudi, Oybek va Mingoʻrik metro bekatlari, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi bor.

Galereya

tahrir

Mirobod koʻchalari

tahrir


Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.