Chiapas
Chiapas — Meksikaning jan.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 73,8 ming km². Aholisi 3,92 mln. kishi (2000), asosan, indeyslar. Maʼmuriy markazi — TustlaGutyerres shahri Relyefi Tinch okean sohili boʻylab choʻzilgan togʻlardan (eng baland joyi, 4117 m, Takana vulkani), markaziy qismida yassitogʻliklardan (balandligi 500–1500 m) iborat. Shim.da pasttekisliklar bor. Iqlimi tropik, issiq va sernam iqlim. Oʻrtacha oylik tra 22—27°. Yillik yogʻin 1200–1500 mm. Nam tropik oʻrmonlar, savannalar, togʻlarda igna bargli oʻrmonlar bor. Plantatsiya xoʻjaligi rivojlangan. Makkajoʻxori, loviya ekiladi. Neft va gazning yirik konlari topilgan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Indeys xalqining badiiy hunarmandchiligi rivojlangan. Ch. hududidan Panamerika shossesi oʻtadi.
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Madhiya: | Chiapas madhiyasi (isp.) | ||
Tarkibida | 118 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Tustla-Gutyerres | ||
Yirik shahari | Tustla-Gutyerres | ||
Asos solingan sanasi | 14-oktabr 1824-yil | ||
Gubernator | Manuel Velasko Koelo 8.12.2012 | ||
Senatorlar |
Mariya Yelena Orantes Lopes Manuel Velasko Koelo | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 4 796 580[1] | ||
Zichligi | 64,92 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Sosoli, seltali, metislar, choli, guarixio, matlatsinka, kakchikeli, tepeua, lakandoni, kanxobal, guarixio v. b. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (63,8 %), protestantlar va evangellar (13,9 %), boshqa nasroniylar(9 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(shahri musulmonlar) (0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (13,1 %). | ||
Maydoni | 73 887 km² (10-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
Takana vulqoni — 4080 m | ||
Kengligi | N 17°59'—14°32' | ||
Uzunligi | E 90°22'—94°14' | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Qisqacha | Chis. | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-CHP | ||
Rasmiy sayti | http://www.chiapas.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
16°24′36″N 92°24′31″W / 16.41000°N 92.40861°W |
Manbalar
tahrir- ↑ „Mexico en Cifras“. INEGI. 2012-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2011-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |