Chili — Yaponiya munosabatlari
Chili — Yaponiya munosabatlari Chili va Yaponiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Davlatlar Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo.
Chili |
Yaponiya |
Mamlakatni taqqoslash
tahrirChili | Yaponiya | |
---|---|---|
Bayroq | ||
Gerb | ||
Aholisi | 17,37 million | 127,11 million (2015)[1] |
Hududi | 756,10 ming km² | 377 972 ming km²[2] |
Poytaxti | Santyago | Tokio |
Hukumat | Unitar prezidentlik respublikasi | Demokratik parlament tizimi |
Rasmiy tili | Ispan tili | Yapon tili |
Rasmiy dini | 63 % xristianlik: −45 % Rim-katolik, −15 % protestant, −3 % Boshqa xristianlar; 36 % dinsiz, 1 % boshqalar | Rasmiy din yoʻq |
YaIM (nominal) | 317.594 milliard dollar (2022) (aholi jon boshiga 13,42 ming dollar) | 5,819,969,540,000 dollar (2019) (aholi jon boshiga 34,52 ming dollar)[3] |
Inson taraqqiyoti indeksi | 0,832 | 0,903 |
Xalqaro qoʻngʻiroq kodi | +56 | +81 |
Tarixi
tahrirMamlakatlar oʻrtasidagi dastlabki aloqalar Akapulkodan Manilagacha boʻlgan hududdagi ispan savdogarlari, shuningdek, ispan missionerlari orqali amalga oshirilgan boʻlishi mumkin. Manilada ispanlar yapon savdogarlari bilan savdo qilishgan va bu mahsulotlarni Lotin Amerikasiga olib kelishgan (Chili oʻsha paytda Ispaniya imperiyasining bir qismi edi). 1818-yilda Chili Ispaniyadan mustaqilligini eʼlon qildi. 1860-yilda birinchi yapon kemasi Chilining Valparaiso portiga etib keldi. 1868-yil oktyabr oyida Yaponiya Meidzi inqilobi davriga kirdi va oʻnlab yillik izolyatsiyadan soʻng boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnata boshladi. 1890-yilda Chili Yaponiyaning port shahri Yokogamada konsullik ochdi[4].
1894-yilda Chili Yaponiyaga Esmeralda III nomli harbiy kemani sotdi, keyinchalik uning nomi Izumi deb oʻzgartirildi. 1897-yil sentabrda mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik, savdo va dengizchilik shartnomasi imzolangandan soʻng rasmiy ravishda diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. Oʻsha yili Chili Tokioda oʻz vakolatxonasini ochdi va ikki yil oʻtgach, birinchi Chili elchisi Yaponiyaga keldi va imperator Meydziga ishonch yorliqlarini topshirdi. 1909-yilda Yaponiya Santyagoda diplomatik vakolatxonasini ochdi[4][5].
1943-yil yanvar oyida Chili Ikkinchi Jahon urushi paytida Axis va ularning ittifoqchilari bilan diplomatik munosabatlarni uzdi, faqat Germaniya va Italiyaga urush eʼlon qildi. Chili 1943-yilda u Yaponiya fuqarolarini qamoqqa olishni boshlagan boʻlsa ham 1945-yil aprel oyida Yaponiyaga urush eʼlon qildi. Koʻpgina Lotin Amerikasi mamlakatlari singari, Chili ham bu urushda qatnashmadi. 1952-yilda mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar tiklandi[5].
1959-yilda Nobusuke Kishi Chiliga tashrif buyurgan birinchi Yaponiya Bosh vaziri boʻldi. Chilida demokratik boshqaruv tiklangach, Patrisio Aylvin 1992-yilda Yaponiyaga tashrif buyurgan birinchi Chili prezidenti boʻldi[4]. Mamlakatlar oʻrtasida koʻplab oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgan. Chili va Yaponiya birinchi boʻlib Trans-Tinch okeani hamkorligiga (Tinch okeani mintaqasining boshqa oʻnta davlati bilan yaqin hamkorlik toʻgʻrisida bitim) kirdilar. Qoʻshma Shtatlar 2017-yil yanvar oyida kelishuvdan chiqdi, Chili va Yaponiya qolgan toʻqqiz mamlakat bilan 2018-yil mart oyida Santyagoda[6] keng qamrovli keyingi Trans-Tinch okeani hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
2017-yil sentabr oyida mamlakatlar diplomatik munosabatlarning 120 yilligini nishonladi. Yaponiya valiahd shahzodasi Fumixito tantanalarda qatnashish uchun Chiliga 10 kunlik tashrif buyurdi[7].
Xalqaro tashkilotlarda hamkorlik
tahrirChili — Yaponiya bir qator xalqaro tashkilotlarga aʼzodir, jumladan:
|
Yuqori darajadagi tashriflar
tahrir- Prezident Patrisio Aylvin (1992);
- Prezident Eduardo Frei Ruiz-Tagle (1994, 1995 va 1997);
- Prezident Rikardo Lagos (2003);
- Prezident Mishel Bachelet (2007 va 2018);
- Prezident Sebastyan Pinera (2010 va 2012).
Yaponiyadan Chiliga:
- Bosh vazir Nobusuke Kishi (1959);
- Shahzoda Xitachi (1993 va 1997);
- Bosh vazir Ryutaro Xashimoto (1996);
- Bosh vazir Junichiro Koidzumi (2004);
- Bosh vazir Shinzo Abe (2014);
- Valiahd shahzoda Fumixito (2017).
Shartnomalar
tahrirMamlakatlar oʻrtasida bir qancha ikki tomonlama shartnomalar imzolangan, jumladan: Doʻstlik, savdo va dengizchilik shartnomasi (1897); Tinchlik shartnomasi (1951); Texnik hamkorlik shartnomasi (1978); Chilida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim (1988); Ikki davlat oʻrtasida texnik hamkorlik boʻyicha Yaponiya koʻngillilar dasturini taʼsis etish toʻgʻrisidagi bitim (1996); Chili oʻrmon ekotizimlarida uglerod chiqindilarini baholash toʻgʻrisidagi bitim (2005) va ikki tomonlama soliqqa tortish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (2016)[8] va hokazo.
Savdo aloqalari
tahrir2006-yilda mamlakatlar Erkin savdo shartnomasini imzoladilar. Shartnoma 2007-yil noyabr oyida kuchga kirgan[9]. 2017-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Chilining Yaponiyaga eksporti: mis va mis rudalari, baliq (losos va alabalık), yogʻoch chiplari, litiy va molibden. Yaponiyaning Chiliga eksporti: avtomobillar va avtomobil ehtiyot qismlari, shinalar, qurilish va togʻ-kon uskunalari. 2016-yilda Yaponiyaning Chiliga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyasi 237 million AQSh dollarini tashkil etdi[10]. Chilida Honda, Sony, Toshiba, Nissan, Komatsu va Toyota kabi bir nechta transmilliy yapon kompaniyalari mavjud.
Diplomatik missiyalar
tahrir- Chili Tokioda elchixonasiga ega[11].
- Yaponiyaning Santyagoda elchixonasi bor[12].
-
Tokiodagi Chili elchixonasi
-
Yaponiyaning Santyagodagi elchixonasi
Manbalar
tahrir- ↑ 平成27年国勢調査人口速報集計 結果の概要 — 2016年2月26日
- ↑ 日本の統計2016 第1章~第29章 | 総務省統計局
- ↑ The World Bank GDP (current US$) — Japan
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Bilateral relations between Chile and Japan (in Spanish)
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Resumen Historia de las Relaciones Bilaterales a Nivel Político (in Spanish)“. 2021-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ CSIS: From TPP to CPTPP
- ↑ „Prince Akishino, Princess Kiko leave for 10-day trip to Chile“. 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ Bilateral Agreements and Treaties between Chile and Japan (in Spanish)
- ↑ „Japan-Chile EPA“. 7-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
- ↑ Japan-Chile Relations (Basic Data)
- ↑ Embassy of Chile in Tokyo
- ↑ „Embassy of Japan in Santiago“. 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.