Chimbayev Yernar Saditovich (1988-yil 13-aprelda tugʻilgan, Nukus, Qoraqalpogʻiston) – qozogʻistonlik professional rus bilyard oʻyinchisi, Qozogʻiston Respublikasi xalqaro sport ustasi. U zamonaviy rus bilyardining mashhur va katta muvaffaqiyatlarga erishgan oʻyinchilaridan biri hisoblanadi.

Chimbayev Yernar Saditovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Taxallusi/Laqabi Chimboylik
Fuqaroligi qozoq
Tavallud sanasi

1988-yil 13-aprel (35 yosh)
Nukus,

Qoraqalpog‘iston
Faoliyat yillari 2005-yildan hozirgacha
Sport
Mamlakat Qozog'iston
Qaysi sport Bilyard
Faol tomoni o'ng qo'li
Medallar

Jahon chempioni, Qozog'iston chempioni, Kreml kubogi,

Qozog'iston kubogi

2010[1]—2022[2]- yillarda bilyard boʻyicha ikki karra jahon chempioni unvoniga erishgan. Bundan tashqari, u bilyard boʻyicha Kreml kubogini[3] ham qoʻlga kiritgan va boshqa bir qator yirik turnirlarda gʻolib chiqgan. Uning yutuqlari uni dunyodagi eng mashhur va iqtidorli oʻyinchilardan biriga aylantirgan.

Faoliyati

tahrir

2007-yildan boshlab Chimbayev muntazam ravishda Osiyo chempionatida qatnashgan, biroq dastlabki saralashda chiqib ketgan. 2008-yil fevral oyida u oʻzining birinchi jahon chempionatida, Olmaotada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida qatnashgan va u yerda ham dastlabki saralash bosqichida gʻalaba qozona olmagan[4]. U 2009-yilgi Jahon chempionatining saralash bosqichida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlgan, ammo ikkita magʻlubiyatdan soʻng yana turnirdan chiqib ketgan. 2009-yilgi Osiyo chempionati va Kreml kubogilari uning faoliyati davomidagi ilk turnirlardan hisoblanadi[5].

2017-yilgi Jahon chempionatida 64-oʻrindan joy olgan Chimbayev 2017-yil may oyida u Rossiya chempionati finaliga chiqqan va Sergey Goryslavetsga 2:6 hisobida magʻlub boʻlgan. 2017-yil sentabr oyida Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida Chimboyev qozogʻistonning ikki vakilidan biri sifatida musobaqada ishtirok etgan va finalga yoʻl olgan.

Finalda turkmanistonlik Ybabekir Bekdurdiyevga 1:5 hisobida magʻlub boʻlgan[6].

Finallardagi ishtiroki

tahrir
Natija Yil Turnir Finalist Natija
Gʻolib 2010 Jahon chempionati   Qirgʻiziston Qanibek Sagʻinboyev 6:2
Finalist 2012 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Asat Tumenov 4:5
Gʻolib 2012 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Alibek Omarov 7:5
Gʻolib 2013 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Oydos Tugʻanbayev 7:6
Finalist 2014 Prince Open   Oʻzbekiston Aleksandr Sidorov 5:6
Finalist 2014 Qozogʻiston Mustaqillik kubogi   Qozogʻiston Maksim Pan 4:5
Finalist 2015 Jahon chempionati   Rossiya Vladislav Osminin 4:7
Gʻolib 2016 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Dauren Urinbayev 7:5
Gʻolib 2016 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Dauren Urinbayev 6:5, 5:1, 5:3
Finalist 2017 Rossiya chempionati   Rossiya Sergey Goryslavets 2:6
Finalist 2017 Osiyo chempionati   Turkmaniston Ybabekir Bekdurdiyev 1:5
Gʻolib 2018 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Shanserik Nijetaliyev 6:2
Gʻolib 2019 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Alibek Omarov 6:4
Gʻolib 2020 Qozogʻiston kubogi   Qozogʻiston Arbi Muziyev 5:0
Finalist 2021 Qozogʻiston chempionati   Qozogʻiston Almas Absejit 2:5
Gʻolib 2021 Jahon chempionati   Rossiya Nikita Livada 7:4

2021-yilgi Qozogʻiston chempionatida Chimboyev finalda Almas Absejitga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 2021-yil avgust oyida Chimboyev Jahon chempionatida Seymur Mammadov, Iossif Abramov va Uladsislau Radzivonauni magʻlub etib, finalga yoʻl olgan va Nikita Livadaga qarshi 7:4 hisobida gʻalaba qozonib yana bir-bor jahon chempioni boʻlgan[7]. U shu yili 33 yosh, 4 oy va 15 kunligida hozirgi kunga qadar eng keksa ikkinchi jahon chempionlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek Aelichan Qaraneyevdan keyin Chimbayev Rossiya davlati nomidan qatnashgan oʻyinchi sifatida bilyardning ikki yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni boʻlgan ikkinchi qozogʻistonlik boʻldi.

Manbalar

tahrir