Gumus

gumus chirindi
(Chirindidan yoʻnaltirildi)

Gumus (lot. humus – tuproq), chirindi – tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui; nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvon organizmining biologik hamda biokimyoviy oʻzgarishi (chirishi va undan murakkab yangi moddalarning sintezlanishi) natijasida hosil boʻladi. Gumus tarkibiga organik qoldiq moddalar (oqsillar, uglevodlar, lignin, yogʻlar va boshqalar), ularning oʻzgarishi vaqtida vujudga kelgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, oksikislotalar, fenollar, monosaharidlar va hokazo) va guminli moddalar kiradi. Gumus tuproq unumdorligini taʼminlovchi eng muhim qismdir. Unda oʻsimlikning asosiy oziq elementlari (uglerod, azot, fosfor va boshqalar) bor. Oʻsimlik krldiklarining chirishidan oddiy birikmalar vujudga keladi. Mas, mikroorganizmlar taʼsirida ulardan uglerod, karbonat angidrid, azot, fosfor va oltingugurt nitratlar hamda sulfatlar shaklida, shuningdek, boshqa elementlar oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan birikmalar holida ajralib chiqadi. Gumus kalsiy, magniy va boshqa kimyoviy elementlarni singdiradi hamda tuproqda ushlab turadi, tuproqning mineral qismini bir-biri bilan biriktirib, donadorlikni vujudga keltiradi. Buning natijasida tuproqning mustahkam, suvga bardoshli tarkibi hosil boʻladi. Gumusning toʻplanishi har yili tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar (ildiz)ning miqdori, ularning biologik hamda kimyoviy oʻzgarishi va tuproq mikroflorasi harakteri (zamburugʻli, bakteriyali, anaerob yoki aerobligi) bilan belgilanadi. Gumus birikmalari va ularning tuproqda tarqalishi tuproq tipining muhim belgisi qisoblanadi.

Ergash Ziyamuhamedov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil