Chjou — qadimgi Xitoy tarixida xitoy sulolasi va davri nomi [miloddan avvalgi 1027— 256(yoxud 249)]; Gʻarbiy Chjou (miloddan avvalgi 1027-771) va Sharqiy Chjou [770-256(yoxud 249)]. Sulolaga Chjou qabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027-yil In davlatini tormor qilib Shimoliy Xitoydagi barcha qabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindosh-urugʻlarga, van (podshoh)ning safdoshlari va ittifoqchilariga udel(mulklar) ajratib berish usulidan foydalanilgan. Chjou zodagonlari harbiy drujinachilarga tayanib ish koʻrgan, ular orasida begona qabila, t...illari koʻp boʻlgan. Shuning uchun Chjou hukmronligi nafaqat ijtimoiy, balki qabilaviy zulmning ham kuchayishiga olib kelgan. Udellarning markaziy hukumat bilan kurashi va udellar o'rtasidagi oʻzaro nizolar ularning ayrimlarini yoʻq boʻlishiga va yangi podsholiklar — mustaqil yoki yarim mustaqil davlatlarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi 8-asrdan, Chuntsyu davridan eʼtiboran Chjou vanlari hokimiyati zaiflashgan, miloddan avvalgi 7— 6-asrlarda mamlakatda amalda eng qudratli podsholiklar — "gegemonlar" hukm sura boshlagan. Chjango davrida (miloddan avvalgi 5—3-asrlar) mamlakatda hukmronlik qilish uchun kurashayotgan yettita kuchli podsholik ajralib chiqqan. Chjou sulolasi hokimiyati zaiflashib, u faqat Chjoularning urugʻlariga tegishli mulklarga tarqalgan, xolos. Ularni ham Sin podsholigi miloddan avvalgi 256—249 yillarda bosib olgan.

CHjou davrida miloddan avvalgi 6-asrdan boshlab temir tarqala boshlagan, bu ishlab chiqarish kuchlarini keskin oshishiga, yer haydashni yaxshilanishiga olib kelgan. Chjou


davri bir qancha falsafa maktablari (konfutsiylik, daosizm, fatszya va boshqalar) vujudga kelishi, adabiyot, tasviriy va musiqa sanʼatining taraqqiy etishi bilan ajralib turadi.

AdabiyotTahrirlash

  • Istoriya Kitaya s drevneyshix vremyon do nashix dney, M., 1974.