Choʻlpon Ergash – ''Qirgʻiz shoiri Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida 1937-yilda tavallud topgan.

Taʼlimi

tahrir

60-yillarda Toshkentga kelib madaniy-oqartuv texnikumini tamomladi. Soʻng teatr va rassomlik institutiga kirdi.1965-yilda uni tugatib, sahnaga emas, matbuot sari yoʻl oldi.

Faoliyati

tahrir

Uning birinchi sheʼri "O'zbekiston" jurnalida chop etildi.1970-yilda birinchi sheʼriy toʻplami "Tong yulduzi" nomi bilan bosilib chiqdi. Uning bolaligi urush davri qiyinchiliklariga toʻgʻri kelgan. Sakkiz yoshidan ishlab, toʻqqiz yoshda maktabga borgan. Askarlik burchini ham ado etgan. Keyinchalik kasallikka uchragan.

Sheʼriy toʻplamlari

tahrir

Choʻlpon Ergashning „Bizning uyimiz“ (1972), „Muborak kunlar“ (1972), „Umid chirogʻi“ (1979), „Bahor orzulari“ (1980), „Tong otar sadolari“ (1982), „Sehrli qoʻngʻiroq“, „Oy chodir tikmoqda“ (1985), „Eng baland qasr“ (1986), „Karvon kelar“ (1990), „Orzuning ogʻir kipriklari“ (1990) kabi oʻndan ortiq sheʼriy majmualari mavjud.

[1]

  1. Mirvaliyev, Sobir; Shokirova, Rixsiya. O'zbek adiblari. "Fan" nashriyoti, 2007 — 162-bet. ISBN 974-9943-09-088-9.