Choʻqintirgan ota yoki mafiya sardori

italyan-amerika yozuvchisi Mario Puzo qalamiga mansub roman

„Choʻqintirgan ota yoki mafiya sardori“ (inglizcha: The Godfather) – italyan-amerika yozuvchisi Mario Puzo qalamiga mansub roman. Ilk bor 1969-yil G. P. Putnam's Sons nashriyotida chop etilgan. Asarda Nyu-York shahrida yashovchi Don Vito Corleone boshchiligidagi mafiya oilasi haqida soʻz yuritiladi. Romandagi hodisalar 1945-1955-yillarda sodir boʻladi. Bundan tashqari, unda Don Vito Corleonening bolaligi va oʻsmirligi haqida ham hikoya qilinadi.

Choʻqintirgan ota yoki mafiya sardori
Asl nomi The Godfather
Muallif(lar) Mario Puzo
Tarjimon(lar) Tursunboy Adashboyev
Muhammadjon Oʻrinboyev
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1969
Nashriyot „Sharq“ nashriyoti
Sahifalar soni 384 (2000-yilgi nashr)
544 (2015-yilgi nashr)
ISBN ISBN 978-9943-27-659-8‎ (2015-yilgi nashr)

Roman asosida 1972-yil film suratga olingan. 1974- hamda 1990-yillarda Puzo koʻmagi bilan filming davomi suratga olingan. Birinchi va ikkinchi filmlar eng sara filmlar qatoriga kiradi.

Asarni rus tilidan oʻzbek tiliga Tursunboy Adashboyev va Muhammadjon Oʻrinboyev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 2000-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan. 2015-yil „Yangi asr avlodi“ nashriyot-matbaasida qayta nashr qilingan.

Havolalar

tahrir