Don Vito Korleone (tugʻilgan paytdagi ismi Vito Andolini (italyancha: Vito Andolini)) — Mario Puzoning „Choʻqintirgan ota“ filmining bosh qahramoni.

Vito Corleone
Don Vito Corleone
Portret
Ijodkor: Mario Puzo
Birinchi tilga olinishi: "Cho'qintirgan ota" filmi
Jinsi: erkak
Millati: italyan
Yoshi: 68 yosh
Tugʻilgan kuni: 1887-yil 29-aprel
Tugʻilgan joyi: Italiya, Karleone
Vafot kuni: 1955-yil 29-iyul
Vafot joyi: AQSh, Nyu-York, Long Bich

Sitsiliya mafiyasining boshligʻi Don Ciccio tomonidan Vitoning otasi Andolinining oʻldirilishi va uning akasi Paoloning qasos olishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinishi tufayli, oilaning barcha aʼzolari oʻldirilishi kerak edi. Sitsiliyada tugʻilgan va asli italyan boʻlgan Vito Andolini Amerikaga koʻchib ketishga majbur boʻlgan. Vito „Corleone“ familiyasini Qoʻshma Shtatlarga kirganida, roʻyxatga oluvchi tomonidan „familiya“ ustuniga yosh yigitning tugʻilgan joyini kiritib qoʻygani tufayli oldi. Kelajakda Vito Corleone italyan-amerika mafiyasining eng kuchli oilalaridan birini boshqargan.

1972-yilda Francis Ford Coppolaning „The Godfather“ filmida Vito Corleone rolini Marlon Brando ijro etgan. Robert De Niro “Choʻqintirgan ota” filmining 2-qismida (1974) yosh Don Corleone rolini oʻynadi. Ikkala aktyor ham kino tarixida birinchi marta ekranda bir xil obrazni aks ettirgani uchun “Oskar” oldi[1].

Frank Costello
Vito Genovese
Joseph Profaci
Don Carlo

Vito Corleone obrazi tarixi tahrir

Vito Corleone obrazi asos boʻlgan tarixiy shaxslar orasida tadqiqotchilar quyidagilarni ajratib koʻrsatishadi:

  • Frank Costello, xuddi Don Corleone kabi, oʻziga yaqin odamlarni siyosiy tuzilmalarga kiritish orqali oʻz taʼsirini kengaytirishga intilgan;
  • Xuddi Don Corleone taqdiriga oʻxshash hodisa, oʻziga nisbatan muvaffaqiyatsiz suiqasdlar koʻpayganidan keyin hokimiyatni oʻgʻliga topshirgan Vito Genovese;
  • Noqonuniy faoliyatini yashirish uchun niqob qilib olgan zaytun moyi savdosi bilan ham shugʻullangan Joe Profaci, Don Corleone ham zaytun importi bilan shugʻullangan;
  • Carlo Gambino ham Don Corleone kabi kamtarona odam sifatida obroʻga ega edi[2].

Roman muallifi Mario Puzo Vitoning xarakterlarini onasining xarakter xususiyatlaridan kelib chiqqanini tasvirlagan. Bir kuni Puzodan Vitoni onasi bilan solishtirishni soʻrashganda quyidagicha javob bergan: "U don kabi juda qiziqqon va juda shafqatsiz edi. Otasini jinnilar shifoxonasiga joylashtirishgandi va otasining uyga qaytish imkoniyatiga ega boʻlganda, onasi uni ichkariga kiritmaslikka qaror qilgan. U oilaga ortiqcha tashvish boʻladi deb hisoblagan. Bu mafiyaga mos keladigan qarordir”[3].



Ijro va kasting tahrir

Marlon Brando tahrir

"Cho'qintirgan ota" filmining suratga olish ustida ishlashni boshlagan Puzo Vito Corleone rolida faqat bitta aktyorni koʻrdi. Bu - Marlon Brando edi[4]. Puzoning tavsiyasiga qaramay, Brando Paramount Pictures tomonidan rad etildi. Bunga sabab uning soʻnggi filmlaridagi muvaffaqiyatsizligi, shuningdek, aktyorning jahldor tabiati edi[5][6]. Rejissiyor Koppola esa Brando va Laurens Olivierni[7][8] tanladi. Ammo Olivierning agenti aktyorning kasalligini aytib, taklifni rad etdi[9]. Ammo, oʻsha yili Olivier „Knock Out“ filmida rol oʻynadi[8][7][10][11].

Koppola va „Paramount“ kinokompaniyasi oʻrtasida Brandoning ishtiroki boʻyicha bir necha oylik munozaralardan soʻng, rol uchun ikkita tanlash mumkin boʻlgan nomzod, Borgnine va Brando qoldi. Borgnine uchun „Paramount“ prezidenti Stanley R. Jaffe kasting tashkil qilishni talab qildi[12]. Koppola Brandoni xafa qilishni istamadi va Brandoning Kaliforniyadagi uyida kasting tashkil qilishni buyuradi[4][12]. Yaxshi koʻrinish hosil qilish uchun Brando uning yonoqlarini shishirtirdi[7]. Sochlarini qorayishi uchun poyabzal lakini surtdi[4]. Koppola Paramount[4] rahbariyati tomonidan Boringe ishtirok etgan tasvirlarni koʻrib chiqilayotgan paytda, Brandoning tasvir lentasini tinglov videolari oʻrtasiga kirgizib qoʻygan. Studiya vakillari Brandoning ijrosidan qoyil qolishdi. Agar Brando kamroq maosh olishga rozi boʻlsa va suratga olish ishlariga halal berishini oldini olish uchun depozit qoʻya olsa, Kopolaga bosh rolni oʻynash imkoni beriladigan boʻldi[4][7][12]. Vito Corleone roli uchun Brando 1,6 million dollar gonorar oldi[13].

 
Robert De Niro

Brando oʻzidan koʻra hurmatliroq yoshdagi erkak rolini oʻynashi kerakligi sababli, aktyorga maxsus tish moslamasi berildi. Buning natijasida uning pastki jagʻi sezilarli darajada oldinga boʻrtib chiqadi[14]. Aktyor suratga olish jarayonida oʻziga tegishli soʻzlarni oʻqish uchun replikatsiya kartalaridan foydalanishni afzal koʻrdi[14]. Koppola Brandoga 1950-yilda bir nechta real hayotdagi mafiyachilar, jumladan Joseph Valachini tergovi suratga olingan yozuvlarini berdi. Soʻzlash uslubiga asoslanib, Brando Corleonega mos tushgan oʻziga xos tarzda gʻoʻldirab rol ijro qilardi. Ammo baʼzi Paramount boshliqlari qahramonning gaplarini tushunish qiyin deb topdilar[14]. Avvaliga Brando „Choʻqintirgan ota 2“ filmida ham paydo boʻlishi kerak edi. Aktyor Michael armiyaga qoʻshilish niyatini eʼlon qilgan epizodda rol oʻynashga rozi boʻlgan edi. Ammo keyinchalik Paramount[15] ning yomon munosabati tufayli suratga olishda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Robert De Niro tahrir

Yosh Vito Corleone rolini oʻynagan Robert De Niro dastlab Santino Corleone[16] roli uchun imtihondan oʻtgan edi. Keyin esa Paulie Gatto[17] rolini oʻynashi kerak edi. Boshqa aktyorlarning boshqa loyihalar sabab ketib qolishi natijasida, „Choʻqintirgan ota“ filmida, De Niro Vito Corleone roliga jiddiy yondashadi. U, shuningdek, birinchi filmdagi Brando ijrosiga taqlid qilish va oʻrganish uchun Brando qatnashgan yozuvlarini oʻrgangan[16].

Xayoliy harakter biografiyasi tahrir

Dastlabki yillar tahrir

Vito Andolini Italiyada joylashgan Sitsiliya shahridagi Corleone shahrida tugʻilgan. Romanda u 1887-yil 29-aprelda tugʻilgan deb aytiladi. Ammo birinchi filmda uning dafn marosimidagi qabr toshida 1891-yil 7-dekabr, tugʻilgan sanasi sifatida koʻrsatilgan[18]. 1901-yilda mahalliy mafiya boshligʻi Don Cicho Vitoning otasi Antonioni unga hurmat koʻrsatishdan bosh tortgani uchun uni oʻldirdi. Vitoning akasi Paolo qasos olishga qasam ichdi, lekin Chichoning odamlari uni ham oʻldirishdi. Bu voqeadan keyin, Vitoning onasi Chichodan Vitoning hayotini saqlab qolishini soʻradi. Ammo Chicho bola katta boʻlganida undan oʻch olishidan qoʻrqib, rozi boʻlmadi. Keyin Vitoning onasi pichoqni Chichoning tomogʻiga tutib, oʻgʻliga qochishini buyuradi. Chichoning odamlari esa onasini oʻldirishdi. Vitoning qarindoshlari Vitoni Sitsiliyadan yashirincha olib chiqib ketishdi va uni Amerikaga ketayotgan muhojirlar kemasiga oʻtkazishdi. Ellis orolida immigratsiya xizmati xodimi Vitonini familiyasini adashib, uning tugʻilgan joyini, familiyasi sifatida ishlatgan. Keyinchalik Vito oila merosiga hurmati sifatida, Andolini familiyasini otasining ismi sifatida ishlatgan.

Vito New Yorkning Lower East Side tomonidagi Kichik Italiyada, uning uzoq qarindoshlari hisoblangan Abbandando oilasida katta boʻlgan. Ularning oʻgʻli Gencoga juda yaqin boʻlib qoldi va u uni oʻz ukasi deb bilardi. Yosh Vito Abbandandoning oziq-ovqat doʻkonida halol kun kechirardi, biroq gangster va tovlamachi Don Fanucci doʻkondordan jiyanini ishga olishni talab qilganida, katta Abbandando uni ishdan boʻshatib yuborishga majbur boʻldi.

1920-yilda Vito mayda jinoyatchilar Peter Clemenza va Salvatore Tessio bilan doʻstlashdi. Ular unga oʻgʻirlik qilish orqali qanday qilib omon qolishni oʻrgatdi. Fanucci Vitoning faoliyatidan xabar topdi va ularning daromadlaridan bir qismini talab qildi. Aks holda Vito va uning sheriklarini haqida politsiyaga xabar berish bilan tahdid qildi. Gangsterning tahdidlariga javoban Vito Fanucciga suiqasd uyushtirish rejasini ishlab chiqdi: Saint Rocco festivali paytida Fanucci uyiga ketayotganda Kichik Italiyaning tomlari boʻylab harakatlanib, Fanuccini taʼqib qildi. Vito Fanuccining uyiga kirib, uning koʻkragiga, yuziga va tomogʻiga oʻq uzdi. Natijada Fanucci vafot etdi. Keyingi yillarda Vito Fanuccining oʻrnini egalladi. Ammo u aholiga mehribonlik va hurmat bilan munosabatda boʻldi.

Vito va Gencolar Genco Pura Olive Oil Company" deb nomlangan zaytun moyi import firmasini ochdilar. U mamlakatning eng yirik zaytun moyi import kompaniyasiga aylandi. Vitoning oʻsib borayotgan uyushgan jinoyatchilik ishlari uchun asosiy huquqiy imijga aylandi. „Genco Pura“ va uning noqonuniy operatsiyalari orqali Vito boylik va muvaffaqiyatga erishdi. 1923-yilda u bolaligida qochib ketganidan keyin birinchi marta Sitsiliyaga qaytib keldi. U va uning sherigi Don Tommasino Vito oilasini yoʻq qilgan Don Chichoning odamlarini oʻldirdi va Chichoning oʻzini pichoq bilan chavaqladi. Tommasino Don Chichoni oʻrnini egallab oldi va keyingi yarim asr davomida oilaning eng sodiq ittifoqchisiga aylandi.

1930-yillarning boshlariga kelib, Vito oʻzining jinoiy operatsiyalarini mamlakatdagi eng qudratlilardan biri boʻlgan Corleone jinoyatlar oilasi boshligʻi sifatida amalga oshirdi. Konsilyer oʻrnini Genco Abbandando, kaporejim lavozimini Clemenza va Tessio egalladi. Yillar oʻtib, u katta oʻgʻli Santinoning doʻsti Tom Hagenni asrab oldi. Sonni (Santino) uni otasini oldiga olib keladi. Sonni voyaga yetganida, Vito uni kaporejim qilib tayinladi va uni merosxoʻri sifatida tanladi. Vitoning oʻrta oʻgʻli Fredo, muhim oilaviy masalalarni hal qilish uchun juda zaif va ishonchsiz deb hisoblangan. Shuning uchun Carleone jiddiy ishlarni unga bermagan. Vito oʻzining kenja oʻgʻli Michael bilan sovuqroq munosabatlarga edi. U oilaviy biznes bilan hech qanday aloqada boʻlishni xohlamadi. Michael Ikkinchi Jahon urushi paytida Vitoning xohishiga qarshi ravishda armiyaga qoʻshildi. Michael jangda yaralanganida, Vito oʻz tanishlaridan foydalanib, uni hurmat bilan isteʼfoga chiqartiradi va Michaelning xabarisiz AQShga qaytarib olib keltiradi.

Taxminan 1939-yilda Vito yangi uyga koʻchib oʻtdi va oʻzining Long-Bichdagi (Nyu-York) operatsion bazasini Long-Aylendga koʻchirdi. U yerda Genko saraton kasalligiga chalingan va endi oʻz vazifalarini bajara olmaguncha unga ishonchli maslahatchi martabasi berildi. Oʻsha paytgacha tajribali advokatga aylangan Hagen Genconing oʻrnini egalladi.

Vito oʻzining ehtiyotkorlik va mulohazakorligi bilan mashhur edi. Lekin u zoʻravonlik ishlatishdan bosh tortmasdi. Uning tutingan oʻgʻli, qoʻshiqchi Johnny Fontane ovozli studiya rahbari bilan kelishmay qolganida Vito pora taklif etadi. Lekin u rad etdi. Bunga javoban Vito orkestr rahbariga “rad eta olmaydigan taklif” qildi: agar Fonteynni ozgina pul evaziga qoʻyib yubormasa, oʻldirish bilan tahdid qildi.

Choʻqintirgan ota tahrir

 
"Cho'qintirgan ota" filmidagi roli uchun Marlon Brando kiygann maxsus moslama.

1945-yilda Vito qizi Conni va Carlo Ritssining toʻyini tashkil qiladi. Don Corleone qizining toʻyi kuni mehmonlarning iltimosini rad qilmaslik haqidagi Sitsiliya anʼanasini davom ettiradi: u Clemenzening odamlariga oilaviy doʻsti Amerigo Bonaseraning qizini zoʻrlagan ikki kollej talabasini kaltaklashni buyuradi va Tom Hagenni kino magnatini koʻndirish uchun Hollywoodga yuboradi. Jack Volz oʻzining soʻnggi filmida Johnny Fontanega bosh rolni oʻynash imkoniyatini berishi kerak edi. Donning iltimosini rad etgan Volzning sevimli oti soʻyilib, boshi egasining yotogʻiga joylashtirilib ketiladi.

Koʻp oʻtmay, giyohvand moddalar guruhi rahbari Virgil Sollozzo Vitodan uning ishlariga sarmoya kiritishni soʻraydi. Raqib Tattaglia oilasining homiyligini olgan Sollozzo Vitoning siyosiy taʼsirini va huquqiy himoyasini ham xohlaydi. Vito giyohvand moddalar savdosiga aralashmasligini bildiradi va Sollozzaga rad javobini beradi. Uchrashuv davomida Sonni kelishuvga qiziqish bildiradi, muzokaralar tugagandan soʻng, Vito oʻgʻlini begona odam oldida ichingdagi narsani bildirmasligi haqida uqtirib quyadi. Bir muncha vaqt oʻtgach, Vito meva doʻkonida apelsin sotib olayotganda, Sollozzoning qotillari shay holda qurol bilan paydo boʻladi. Vito oʻzining Cadillaciga yuguradi, ammo u Sollozzoning odamlaridan beshta oʻq yeydi. Vitoga hamroh boʻlgan Fredo qoʻrqqanidan qurolini tashlab yuboradi va qotillarga javob qaytara olmaydi.

Vito omon qoladi, Sollozzo esa kasalxonada ikkinchi suiqasdni amalga oshiradi. Sollozzoning yugurdagi boʻlgan politsiya kapitani Mark McCluskey Vitoning qoʻriqchilarini olib chiqib, uni himoyasiz qoldiradi. Biroq, Michael kasalxonaga yaqinlashib kelayotgan hujumdan bir necha daqiqa oldin keladi. Otasining xavf ostida ekanligini tushunib, Michael Vitoni boshqa xonaga koʻchiradi va otasiga uni oʻzi qoʻriqlashini aytadi.

Vito tuzalib ketayotganda, Sonni oila boshligʻi sifatida ishlaydi. Michael, Sollozzo tirik ekan, otasi hech qachon xavfsiz boʻlmasligini bilib, Sonni unga Sollozzo va Mark McCluskeyni oʻldirishga ruxsat berishga koʻndiradi. Michael ikkala erkakni Bronksdagi restoranga uchrashuvga chaqiradi. Klemenzaning hojatxonada qoldirilgan qurolini oladi va ikkovini ham otib oʻldiradi. Keyin Michael Vitoning doʻsti va biznes sherigi Don Tommasino himoyasi ostida Sitsiliyaga olib ketiladi. Sollozzo va McCluskeyning oʻlimi Corleone va Tattaglia oilalari oʻrtasidagi urushni keltirib chiqardi va boshqa Nyu-York oilalari Tattaglia oilasini qoʻllab-quvvatladi. Sonni Barzinining odamlari qoʻlida oʻldirilganidan soʻng, Vito shahar ustidan nazoratni tiklaydi va oilalar oʻrtasida tinchlik bitimini tuzadi. Don Carleone oʻzining boshiga tushgan barcha kulfatlar ortida Don Barzini turganini anglaydi.

Michael Vitoning merosxoʻri boʻlish uchun uyiga qaytadi. U oʻzining qiz doʻsti Kay Adamsga uylanadi va Vito nafaqaga chiqib, Michaelni oila boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlaydi. Buni uning sevimli oʻgʻliga topshirishini hech qachon reja qilmagan edi. Don Corleone ham Hagen oʻrniga oʻgʻlining norasmiy konsilyeri boʻladi. Michael Vitoni Corleone jinoyat oilasini faol harakatlarni amalga oshirishni toʻxtatib turishga ishontiradi. Shu bilan birga, Michael va Vito yashirincha boshqa Nyu-York donlarini yoʻq qilishni reja qilayotgan edi.

Vito Michaelni Barzini uchrashuv niqobi ostida Michaelning oʻldirilishini uyushtirishi va Corleone oilasining eng ishonchli aʼzolaridan birini vositachi sifatida ishlatishi haqida ogohlantiradi. Koʻp oʻtmay, 1955-yil 29-iyulda Vito oʻz bogʻida nabirasi Michael oʻgʻli bilan oʻynab yurganida yurak xurujidan vafot etdi. Romanda uning soʻnggi soʻzlari quyidagicha edi: „Hayot juda goʻzal“.

Vitoning dafn marosimida, Tessio Michaelga Barzini Michael xavfsiz boʻladigan Bruklindagi mulkida uchrashuv oʻtkazmoqchi ekanligini aytganida beixtiyor oʻzining xiyonatini oshkor qiladi.Barchasi otasining nasihatlari bilan amalga oshirilayotgan edi. Bir necha kundan soʻng, Michael boshqa Nyu-York donlarini yoʻq qiladi. Shuningdek, Tessio va Rizzini Michaelning kazinoni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Las-Vegasdagi mobster Mo Green vositachiligi bilan Barzini bilan til biriktirgani uchun oʻldirishni buyuradi. Shunday qilib, Corleone oilasi mamlakatdagi eng kuchli jinoiy oila maqomini tiklaydi.

Boshqa koʻrinishlar tahrir

Vito Corleone „Choʻqintirgan ota: Oʻyin“ filmidagi kichik qahramon boʻlib, u yerda Marlon Brandoning arxiv yozuvlari yordamida ovoz berilgan[19]. U Johnny Trapanining oʻlimiga guvoh boʻlib, oʻgʻli Aldoga katta boʻlganida qasosini olishini aytadi. Yillar oʻtib, Connining toʻyi kuni Vito Luka Brasini Aldoni himoya qilish uchun yuboradi, uning onasi Serafina Aldo Bowery toʻdasi bilan aloqador boʻlib qolganidan xavotir bildiradi. Virgil Sollozzo Donda suiqasd uyushtirganida, Aldo va Freddo Vitoni kasalxonaga olib boradi. Kelajakda Carleone oʻyinning bosh qahramoniga bir nechta koʻrsatmalar beradi. Oxirida Vito Michaeldan Aldoga kaporejim tayinlashni soʻraydi. Carleoneni ishtiroki shundan iborat edi.

Eʼtiroflar tahrir

Don Vito Corleonening „Men unga rad eta olmaydigan taklifni aytaman“ deb aytgan iqtibosi, Amerika kino ijodkorlari institutining „100 yil... 100 film iqtiboslari“[20] degan reytingida kino tarixidagi eng esda qolarli 2-oʻrinni egallagan iqtibos sifatida koʻrildi.

Vito Corleone roli uchun Brando Oskar bilan taqdirlandi, ammo aktyor marosimda ishtirok etmadi va Amerika kino sanoatining hindu amerikaliklarga hunuk boʻlgan munosabatiga norozilik sifatida mafkuraviy sabablarga koʻra mukofotdan bosh tortdi[21]. De Niro 47- Oscar mukofotining eng yaxshi ikkinchi rejadagi aktyori nominatsiyasida gʻolib boʻldi. U va Brando tarixda bir xil obrazni oʻynagani uchun gʻolib chiqqan birinchi aktyorlar boʻldi[1].

Premiere jurnali Vito Corleoneni “kino tarixidagi eng buyuk personaj” deb atadi[22]. Empire uni „100 ta eng zoʻr film qahramoni“ roʻyxatida 53-oʻringa qoʻydi[23]. 2010-yilda Time gazetasi Vito Corleoneni Pop madaniyatidagi eng yaxshi 10 ta gangster gʻolibi sifatida tanladi[24]. 2010-yili Vito roli Paste jurnali[25] tomonidan „Eng yaxshi 20 xayoliy jinoyat boshligʻi“ orasida 1-oʻrinni egalladi. Vito Corleone Ranker portali[26] foydalanuvchilari boʻyicha “filmlar va seriallardagi eng zoʻr banditlar va gangsterlar” orasida 3-oʻrinni egalladi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Things You May Not Have Known About The Oscars (10/14)“. Pathé News. 18-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  2. Ferranti, Seth „Meet the Unconventional Mafia Boss Who Inspired 'Godfather' Don Corleone“. Vice. 19-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2018-yil.
  3. Chilton, Martin „Mario Puzo at 100: The Godfather author never met a real gangster, but his mafia melodrama remains timeless“. The Independent. 14-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2020-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Santopietro, Tom. The Godfather Effect: Changing Hollywood, America, and Me. New York, New York: Thomas Dunne Books, 2012. ISBN 978-1-250-00513-7. 2022-yil 16-yanvarda qaraldi. 
  5. United Press International. „Backstage Story of 'The Godfather'“ (1972-yil 14-mart). 2018-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  6. „What Could Have Been... 10 Movie Legends Who Almost Worked on The Godfather Trilogy“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (2-aprel 2012-yil). 2031-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Williams, Joe. Hollywood Myths: The Shocking Truths Behind Film's Most Incredible Secrets and Scandals. Minneapolis, Minnesota: MBI Pub. Co. and Voyageur Press, 2012. ISBN 978-1-250-03249-2. 2014-yil 15-iyulda qaraldi. 
  8. 8,0 8,1 „What Could Have Been... 10 Movie Legends Who Almost Worked on The Godfather Trilogy“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (2-aprel 2012-yil). 2013-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  9. Stanley, Timothy. Citizen Hollywood: How the Collaboration Between LA and DC Revolutionized American Politics. New York, New York: Thomas Dunne Books, 2014. ISBN 978-1-250-03249-2. 2014-yil 15-iyulda qaraldi. 
  10. Mayer, Geoff. Historical Dictionary of Crime Films. Scarecrow Press, 2012 — 176 bet. ISBN 978-0-8108-6769-7. 19-yanvar 2017-yilda qaraldi. 
  11. World Features Syndicate. „Marlon Brando played Don Vito Corleone in "The Godfather...“. Chicago Tribune (13-may 1991-yil). 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 Gelmis, Joseph (23–avgust 1971–yil). „Merciful Heavens, Is This The End of Don Corleone?“. New York. 4-jild, № 34. ISSN 0028-7369. 2014-09-21da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16–yanvar 2022–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  13. „Brando's $3-Mil Year“. Variety. 9–yanvar 1974–yil. 1-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  14. 14,0 14,1 14,2 Elvy, Graig „15 Things You Never Knew Know About The Godfather“. Screen Rant (2-iyul 2017-yil). 16-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  15. Jagernauth, Kevin „5 Things You May Not Know About the 'The Godfather Part II'“. IndieWire (9-aprel 2012-yil). 10-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  16. 16,0 16,1 Melas, Chloe „Robert De Niro explains his 'Godfather' experiment“. MailOnline (19-aprel 2017-yil). 18-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  17. Jones, Jenny M.. The Annotated Godfather: The Complete Screenplay. New York, New York: Black Dog & Leventhal, 2007. ISBN 978-1-57912-739-8. 2022-yil 18-yanvarda qaraldi. 
  18. Крёстный отец.
  19. „The Godfather: The Game: Full Cast & Crew“ (inglizcha). IMDB. 18-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  20. The American Film Institute. „AFI's 100 YEARS...100 MOVIE QUOTES“. The American Film Institute. 7-sentabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  21. Robinson, Melia „The unbelievable story of Why Marlon Brando rejected his 1973 Oscar for 'The Godfather'“. Business Insider (27-fevral 2014-yil). 18-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  22. Premiere. [https://www.filmsite.org/100characters4.html „100 Greatest Movie Characters of All Time“]. Premiere. 31-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  23. Empire. „The 100 Greatest Movie Characters“. Empire. 13-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  24. Webley, Kayla „Top 10 Pop-Culture Gangsters“. Time (17-sentabr 2010-yil). 19-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2022-yil.
  25. Jackson, Josh „The 20 Best Fictional Crime Bosses“. Paste (30-sentabr 2010-yil). 19-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2022-yil.
  26. Ranker. „The Greatest Mobsters & Gangster of Film and TV“. Ranker. 19-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2022-yil.