Marlon Brando

amerikalik aktyor

Marlon Brando (3-aprel 1924-yilda tugʻilgan; 1-iyul 2004-yilda vafot etgan) — amerikalik aktyor, rejissor va siyosiy faol. Ikkita Oscar, ikkita Oltin Globus va uch karra BAFTA mukofoti sovrindori. Tarixdagi eng buyuk aktyorlardan biri.

Marlon Brando
Tavalludi 3-aprel 1924-yil
Vafoti 1-iyul 2004-yil(2004-07-01)
(80 yoshda)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor, rejissor
Mukofotlari
  • Oscar (1955, 1973)
  • Oltin globus (1955, 1973)
  • BAFTA (1953, 1954, 1955)
  • Kann kinofestivalining eng yaxshi aktyor mukofoti (1952)

The Godfather filmidagi mafiya sardori obrazi bilan mashhurlikka erishgan. Marlon Brando 1955-yilda Oscarning „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasini olgan. 1973-yilda esa The Godfather filmi uchun berilgan „Eng yaxshi aktyor“ uchun Oscarni rad etgan va marosimga kelmagan yagona aktyor.[1]

Marlon Brando 2004-yil 1-iyulda nafas yetishmovchiligidan vafot etgan. Soʻnggi yillarda u semirib ketgan va deyarli uydan chiqmagan.

Oʻlimidan sal oldin aktyor Amerika Film Instituti tomonidan tuzilgan "100 yillikning 100 ta eng buyuk kino yulduzlari " roʻyxatida toʻrtinchi oʻringa joylashtirildi.

Time jurnali esa uni 20-asrning eng nufuzli odamlari roʻyxatiga kiritgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir