Cho Yong-Hyung (talaffuzi: Cho Yon Hyon) (1983-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi. U oʻzining ampula tanlamasligi bilan mashhur, chunki u maydonning har ikki tomonida toʻliq harakat qila oladi.

Cho Yong-Hyung
조용형
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cho Yong-Hyung
Tavallud sanasi 3-noyabr 1983-yil (1983-11-03) (40 yosh)
Tavallud joyi Incheon, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyacgi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jeju United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006 Bucheon SK / Jeju United 47 (0)
2007 Gyeongnam FC 0 (0)
2007 Seongnam Ilhwa Chunma 18 (0)
2008—2010 Jeju United 57 (1)
2010—2014 Al Rayyan 80 (2)
2014—2015 Al Shamal 12 (2)
2015—2016 Shijiazhuang Ever Bright 52 (2)
2017—2018 Jeju United 33 (0)
2019 Jeju United 5 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2012 Janubiy Koreya 42 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 4-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2012-yil 31-may uchun)

Cho Yong-Hyung K-ligada oʻzining pozitsiasini munosib himoya qila olishi va hujumlarni tashkil etish bilan maqtovga sazovor[1]. Cho Xong Myung-Bo vorisi sifatida qabul qilingan.  Janubiy Koreyaning toʻrtta futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan afsonaviy markaziy yarim himoyachisi[2].

Klubdagi fafoliyati tahrir

K-liga tahrir

Cho 2005-yilgi mavsumda Bucheon SK safida debyut qilgan, oʻshanda u muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng K-liganing eng yaxshi XI tarkibiga kiritilgan. 2006-yilgi mavsumda u Jeju Unitedga oʻtgandan soʻng klubda oʻzining eng yaxshi oʻyinlarini koʻrsatgan. 2007-yilda u chempionatdagi gʻalabalar boʻyicha K-liganing eng muvaffaqiyatli klubi boʻlgan Seongnam Ilhwa Chunmada bir mavsum ijara asosida oʻtkazgan va 2008-yilgi mavsumda Jeju Unitedga qaytgan va xozir ham klub esafida oʻynashda davom etmoqda.

Premier-liga tahrir

2010-yilda Yevropaning Choga qiziqishi ortgani taʼkidlangan. Angliya premer-ligasining " Aston Villa ", „Fulxem“ va "Nyukasl United" klublari unga qiziqish bildirishgan va 2010-yilning yozida jahon chempionatidan soʻng uni oʻz jamoalariga qoʻshib olishni reja qilishgan[3].

Qatar Yulduzlar Ligasi tahrir

Cho 2010-yilgi jahon chempionati tugaganidan so‘ng Qatar Yulduzlar ligasiga „Al-Rayyan“ sport klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Cho 2011—2012-yilgi mavsum oxirigacha oʻynashi kerak edi[4]. 2011—2012-yilgi mavsum tugaganidan soʻng, Cho shartnomani yana bir yilga uzaytirgan, bu esa uni Qatar klubida 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha qolishini taʼminlagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Cho Janubiy Koreya terma jamoasi safida ilk bor 2008-yilning 30-yanvarida Chiliga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[5]. Cho 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida eng yaxshi himoyachi deb topilgan[6]. 2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi safida oʻynagan.

Yutuqlari tahrir

Shahsiy tahrir

K-liganing eng yaxshi oʻyinchisi : 2005-yilSharqiy Osiyo futbol chempionatining eng yaxshi himoyachisi: 2010-yil

Jamoa unvonlari tahrir

Al Rayyan: Shayx Jassim kubogi : 2012, 2013

Qatar valiahd shahzodasi kubogi : 2012-yil

Qatar Amir kubogi : 2011, 2013

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Janubiy Koreya Liga FA Kubogi K-Liga Kubogi Osiyo Jami
2005 Bucheon SK

Jeju United

K Liga 1 22 0 0 0 12 0 - 34 0
2006 25 0 0 0 10 0 - 35 0
2007 Seongnam Ilhwa Chunma 18 0 1 0 1 0 4 0 24 0
2008 Jeju United 24 0 1 0 7 0 - 32 0
2009 19 1 2 0 4 0 - 25 1
2010 14 0 1 0 1 0 - 16 0
Qatar Liga Amir Kubogi Shayx Jassim kubogi Osiyo Jami
2010-11 Al Rayyan Qatar Yulduzlar Ligasi 20 0 4 0 24 0
2011-12 21 1 21 1
2012-13 20 1 4 0 24 1
Davlat Janubiy Koreya 122 1 5 0 35 0 4 0 166 1
Qatar 61 2 8 0 69 2
Jami 183 3 5 0 35 0 12 0 235 3

Manbalar tahrir

  1. „Cho Yong-Hyung: South Korea's defensive everyman“. CBC.ca (2010-yil 9-iyun).
  2. „2010 FIFA World Cup South Africa Players“. FIFA. 2010-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „South Korea defender Cho Yong-hyung wanted by Aston Villa | Premiership News | tribalfootball.com“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-iyul.
  4. „Al Rayyan capture Cho“. FIFA.com. 2010-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.
  5. Saaid, Hamdan. „International Friendly Matches 2008“. RSSSF (2009-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
  6. „East Asian Football Federation“. EAFF. Qaraldi: 2010-yil 2-iyul.