ChodaksoyNamangan viloyatidagi soy. Qurama tizmasining yon bagridan boshlanadi. Shimoliy Fargʻona kanaliga quyiladi. Uz. 76 km, havzasi maydoni 566 km², oʻrtacha balandligi 2370 m. Suv sarfi 3,72 m³/sek., vegetatsiya davrida oʻrtacha 7,24 m³/sek. Qor va muzliklardan toʻyinadi. Ch. dan Pop tumanidagi ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.

Chodaksoy
Tavsif
Uzunligi 76 km
Davlat Oʻzbekiston