TepaqoʻrgʻonChust shahrining yonginasida joylashgan boʻlib, qadimiy qishloqlardan biri hisoblanadi.

Aholisi

tahrir

Bu qishloqdagi Munchoqtepa tarixiy yodgorligi qishloqning yoshi ulugʻligidan dalolat beradi. Bu qishloqdan oʻqimishli, ziyoli insonlar koʻplab yetishib chiqqan. Aholi asosan anorchilik, xurmochilik va dehqonchilik bilan daromad topadi. Deyarli, aholining 99%ini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, bu qishloqda koʻplab xoʻjalarni uchratish mumkin. Qishloq ahli sahiy, hatto Tojikistondan qochib kelgan qochoq tojiklarga oʻz yerlaridan joy ajratib berishgan.

Maorif

tahrir

Qishloqda bitta maktab, bitta gimnaziya joylashgan. 16-maktab Chust maktablari orasida eng qadimiy maktablaridan biri hisoblanadi. Dastlab, Pushkin, keyinchalik Shodlik deb nomlanagan bu maktabda yaqin oʻtmishda nafaqat tepaqoʻrgʻonliklar, balki, qoʻshni qishloqlardan ham koʻplab oʻquvchilar taʼlim olgan. Hozirda maktab 9 yillik taʼlim bermoqda. Bu maktab koʻplab oʼqimishli isteʼdodlarni yetishirib chiqargan. Shulardan biri rahmatli Rashidxon Nurdinov. Yana bir oʻquv dargohi bu — 49-gimnaziya. Bu oʻquv dargohi yosh maktablardan biri boʻlsada, Chust tumani orasida yaxshigina obroʻ topgan. Qishloqda shuningdek Qishloq vrachlik punkti, kichik konsert zali, bitta stadion mavjud. Qishloqda 2 ta qabriston bor.

Iqtisodiyoti

tahrir

Tepaqoʻrgʻon qishlogʻidagi aksariyat yigitlar Rossiyada ishlashadi. Kichik biznesga davlat rahbariyati tomonidan koʻplab eʼtibor tufayli Tepaqoʻrgʻonda koʻplab doʻkonlar qurilmoqda. Shuningdek qishloqda Gʻisht ishlab chiqaradigan mini-sex faoliyat yuritmoqda.