Choi Soon-ho
Choi Soon-ho (talaffuzi: Sun Ho) (1962-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyaning sobiq futbol murabbiyi va futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Choi Soon-ho | ||
Tavallud sanasi | 10-yanvar 1962-yil | ||
Tavallud joyi | Cheongju, Chungbuk, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Cheongju oʻrta maktab jamoasi | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980—1987 | POSCO Atoms | 55 | (21) |
1988—1990 | Lucky-Goldstar Hwangso | 28 | (2) |
1991 | POSCO Atoms | 16 | (0) |
1992—1993 | Rodez | 18 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
1979—1981 | Janubiy Koreya U20 | 10 | (6) |
1980—1991 | Janubiy Koreya | 96 | (30) |
Boshqargan klublari | |||
2000—2004 | Pohang Steelers | ||
2006—2008 | Hyundai Mipo Dockyard | ||
2009—2011 | Gangwon FC | ||
2016—2019 | Pohang Steelers | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Xalqaro faoliyati
tahrirChoi 1980-yilgi Osiyo Kubogi uchun Janubiy Koreya terma jamoasiga kiritilgan. U musobaqada yettita gol urgan, shu jumladan, Quvaytga qarshi ikkita gol va guruh bosqichida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻyinda xet-trikka erishgan. Janubiy Koreya finalda Quvayt bilan yana to‘qnash kelgan, ammo bu safar mag‘lub bo‘lishgan. Choi 18 yoshida Osiyo Kubogi tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylangan.
1981-yil mart oyida Choi 20 yoshgacha boʻlgan Janubiy Koreya termasi bilan 1980-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqgan, unda Choi toʻrtta gol urgan. U oʻsha yili 1981 FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham oʻynagan. Choi birinchi oʻyinda ikki gol va ikkita golli uzatma qayd etib, jamoasiga Italiyani 4:1 hisobida magʻlub etishga yordam bergan[1]. Ammo Janubiy Koreya Ruminiya va Braziliyaga yutqazib, guruh bosqichidan musobaqani tark etgan.
Choi 1986-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Janubiy Koreya terma jamoasiga chaqirilgan. U saralashning sakkizta oʻyinida bitta gol va sakkizta golli uzatma bilan jamoaning 17 golining yarmidan koʻpiga hissa qoʻshgan. Italiya darvozasiga jarima maydonchasi tashqarisida gol urgan[2]. Nihoyat u jahon chempionatida ikkita golli uzatma hamda bir golga mualliflik qilib, Osiyodan tashqarida ham oʻzini koʻrsatgan.
A Seriyaning „Juventus“ klubi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng Choiga qiziqish bildirgan edi. Uning qiziqishi 1986-yilgi Jahon chempionatining oxirigacha davom etgan, ammo Choining jamoasi POSCO Juvening taklifini doimiy ravishda rad etgan[3][4].
Oʻyin uslubi
tahrirJanubiy Koreyada texnik jihatdan eng qobiliyatli hujumchilardan biri sifatida eʼtirof etilgan Cho zarba, dribling, toʻp uchun kurash va pas berish kabi koʻnikmalar boʻyicha tengsiz boʻlgan. Shuningdek, unda yuqori tezlik, maydonni koʻra olish qobilyatlari ham mavjud boʻlib deyarli hech qanday zaif nuqtaga ega emas edi. Choi odatda hujumchi sifatida oʻynagan, ammo vaziyatlar yaratish uchun hujumkor yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Apps | Gol | Apps | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
POSCO Atoms | 1980 | Sempiro Ligasi | ? | ? | ? | ? | — | ? | ? | ? | ? | |
1981 | Sempiro Ligasi | ? | ? | ? | ? | — | ? | ? | ? | ? | ||
1982 | Sempiro Ligasi | ? | ? | ? | ? | — | ? | ? | ? | ? | ||
1983 | K Ligasi | 2 | 2 | ? | ? | — | ? | ? | 2 | 2 | ||
1984 | K Ligasi | 24 | 14 | — | — | — | 24 | 14 | ||||
1985 | K Ligasi | 5 | 2 | — | — | — | 5 | 2 | ||||
1986 | K Ligasi | 8 | 1 | — | 1 | 0 | — | 9 | 1 | |||
1987 | K Ligasi | 16 | 2 | — | — | — | 16 | 2 | ||||
Jami | 55 | 21 | ? | ? | 1 | 0 | — | 56 | 21 | |||
Lucky-Goldstar Hwangso | 1988 | K Ligasi | 11 | 1 | ? | ? | — | — | 11 | 1 | ||
1989 | K Ligasi | 9 | 0 | ? | ? | — | — | 9 | 0 | |||
1990 | K Ligasi | 8 | 1 | — | — | — | 8 | 1 | ||||
Jami | 28 | 2 | ? | ? | — | — | 28 | 2 | ||||
POSCO Atoms | 1991 | K Ligasi | 16 | 0 | — | — | — | 16 | 0 | |||
Rodez | 1992-93 | Fransiya2-divizioni | 18 | 2 | ? | ? | — | — | 18 | 2 | ||
Karyerada jami | 117 | 25 | ? | ? | 1 | 0 | ? | ? | 118 | 25 |
Xalqaro
tahrirYutuqlar
tahrirFutbolchilik faoliyatida
tahrirPOSCO Atoms
- K ligasi 1 : 1986[5]
- Koreya yarim professional ligasi : 1982[5]
- Koreya yarim professional ligasi (kuz) : 1981[6]
- Koreya milliy chempionatining ikkinchi sovrindori: 1985[5]
Lucky-Goldstar Hwangso
Janubiy Koreya U20
- Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 1980[8]
Janubiy Koreya
- Osiyo oʻyinlari : 1986[9]
- OFK Osiyo kubogi gʻolibi: 1980[10]
- Dynasty Cup : 1990[11]
- Afro-Osiyo Millatlar Kubogi : 1987[12]
Shaxsiy yutuqlar
- Osiyo Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 1980[13]
- OFK Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi jamoasi: 1980[14]
- Koreya futbol federatsiyasining eng yaxshi XI : 1980, 1984, 1985, 1986[15][16][17][18]
- Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng qimmat futbolchisi: 1980[19]
- Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1980[20]
- K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 1984[21]
- Koreyalik FA yilning eng yaxshi futbolchisi : 1990[22]
- K ligasining 30 yilligi uchun eng yaxshi oʻyinchi : 2013[23]
Murabbiylik
tahrirHyundai Mipo dockyard
Manbalar
tahrir- ↑ „https://sports.news.naver.com/kfootball/news/read.nhn?oid=436&aid=0000025327“ (ko). Naver.com. Footballist (2017-yil 12-may).
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1986071000209205010&editNo=2&printCount=1&publishDate=1986-07-10&officeId=00020&pageNo=5&printNo=19930&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Dong-A Ilbo (1986-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-may.
- ↑ „https://www.youtube.com/watch?v=iwwg1eKO5oM&t=3085s“ (ko). YouTube.com. GAMST TV (2016-yil 3-sentyabr). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
- ↑ „https://sports.news.naver.com/general/news/read.nhn?oid=020&aid=0002231538“ (ko). Naver.com. Dong-A Ilbo (2011-yil 17-aprel).
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Lee. „South Korea - List of Champions“. RSSSF (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1981092300329208001&editNo=2&printCount=1&publishDate=1981-09-23&officeId=00032&pageNo=8&printNo=11072&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Kyunghyang (1981-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-may.
- ↑ Lee. „South Korea - List of Champions“. RSSSF (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ Di Maggio. „Asian U-19/U-20 Championship“. RSSSF (2018-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
- ↑ Stokkermans. „Asian Games“. RSSSF (2018-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
- ↑ Stokkermans, Karel. „Asian Nations Cup“. RSSSF (2019-yil 7-fevral). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ Bobrowsky, Josef; Stokkermans, Karel. „Dynasty Cup“. RSSSF (2007-yil 20-iyun). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Egypt v Korea Republic, 06 January 1988“. 11v11. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Asian Nations Cup 1980“. RSSSF (2010-yil 16-dekabr).
- ↑ „Chin Aun gets the vote too“. Google.com. New Straits Times (1980-yil 2-oktyabr).
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1981012100329208016&editNo=2&printCount=1&publishDate=1981-01-21&officeId=00032&pageNo=8&printNo=10864&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Kyunghyang (1981-yil 21-yanvar).
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1985011700329208016&editNo=2&printCount=1&publishDate=1985-01-17&officeId=00032&pageNo=8&printNo=12094&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Kyunghyang (1985-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar.
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1986012200329208003&editNo=2&printCount=1&publishDate=1986-01-22&officeId=00032&pageNo=8&printNo=12406&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Kyunghyang (1986-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1986121700209205006&editNo=2&printCount=1&publishDate=1986-12-17&officeId=00020&pageNo=5&printNo=20066&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Dong-A Ilbo (1986-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1981030200209208001&editNo=2&printCount=1&publishDate=1981-03-02&officeId=00020&pageNo=8&printNo=18278&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Dong-A Ilbo (1981-yil 2-mart).
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1981030200329208005&editNo=2&printCount=1&publishDate=1981-03-02&officeId=00032&pageNo=8&printNo=10898&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Kyunghyang (1981-yil 2-mart).
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1984111200209209001&editNo=2&printCount=1&publishDate=1984-11-12&officeId=00020&pageNo=9&printNo=19420&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Dong-A Ilbo (1984-yil 12-noyabr).
- ↑ „https://newslibrary.naver.com/viewer/index.nhn?articleId=1990121200209211010&editNo=2&printCount=1&publishDate=1990-12-12&officeId=00020&pageNo=11&printNo=21327&publishType=00020“ (ko). Naver.com. Dong-A Ilbo (1990-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ „https://www.ytn.co.kr/_ln/0107_201305310856320188“ (ko). YTN (2013-yil 31-may).
- ↑ Schöggl. „South Korea - List of Second Level Champions“. RSSSF (2019-yil 21-fevral). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ Lee. „South Korea - List of Cup Winners“. RSSSF (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ „https://sports.news.naver.com/general/news/read.nhn?oid=076&aid=0000083798“ (ko). Naver.com. Sports Chosun (2007-yil 29-noyabr).
- ↑ „https://sports.news.naver.com/general/news/read.nhn?oid=003&aid=0002396202“ (ko). Naver.com. Newsis (2008-yil 25-noyabr).
- ↑ „https://sports.news.naver.com/kfootball/news/read.nhn?oid=139&aid=0001939494“ (ko). Naver.com. Sportalkorea (2008-yil 27-mart).