Chol shutur qalʼasi
(Chol shutur qalasidan yoʻnaltirildi)
Chol shutur qalʼasi — Shahrekurd shahridan 5 km. uzoqlikda joylashgan qalʼa. Qalʼani Eron tosh oʻymakorlik sanʼatining nafis namunasi deb atasa boʻladi. Qalʼa bezaklari, ayniqsa, tosh ustunlarda Qojarlar davri meʼmorchiligi usullarining uygʻunligini kuzatish mumkin. Qalʼa Safaviylar davrida mahalliy hukmdorlar uchun qasr vazifasini oʻtagan. Qalʼa huhudida toshli asosiy darvoza, xon oʻtiradigan taxt, ichki hovli, hammom, omborlar, otxonalar mavjud. Birgina xon va ayonlar xonasida 38 ta toshli ustun mavjud. Qalʼa devorlarida afsonaviy sahnalarni hamda kundalik hayotni ifodalovchi rasmlar, gullar, parrandalar, farishtalar rasmlarini, koʻrish mumkin[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron boʻylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 255 bet. ISBN 978-600-9675-31-3